07:23 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Analitika
Havola olish
175101

Harbiy bazalar va patrullarga hujumlar, raketa zarbasi va kolonnalar yoʻnalishi boʻylab fugaslar portlatilishi - AQSH armiyasi harbiylari Suriyada oʻzini tobora noqulay sezmoqda

TOSHKENT, 11 avg — Sputnik, Nikolay Protopopov. Hujumlar faqatgina terrorchilar uyushmalari tomonidan amalga oshirilayotgani yoʻq. Amerikaning Arab Respublikasida boʻlishi yana kimga yoqmayotgani haqida RIA Novosti materialida oʻqing.

Chor tomondan

Yaqinda Suriya shimoli-sharqidagi Xaseke provintsiyasida joylashgan AQSH noqonuniy harbiy bazasi raketa hujumiga duch keldi. Bu yerda, Al-Xasak shahridan oltmish kilometr janubda, amerikaliklar hujum va transport vertolyotlari hamda samolyotlarini qabul qilish uchun aerodromni jihozlashgan. Suriya matbuotida berilgan xabarlarga koʻra, bazaga nomaʼlum qurollangan guruhlar hujum qilgan.

Suriyada soʻnggi oylarda amerikaliklarni muntazam oʻqqa tutishmoqda. Amerikaliklarda katta yoʻqotishlar boʻlyapti. Mobil patrullar ayniqsa, "nomaʼlumlar" tomonidan uyushtirilayotgan hujumlar qarshisida zaif qolmoqda.

Shunday qilib, may oyi oxirida Dayr az-Zor provintsiyasida AQSH armiyasi harbiy xizmatchilari va "Suriya demokratik kuchlari"  (SDK) guruhi jangchilari avtomobillar karvoniga avtomatlar, pulemyotlar va granatalar bilan qurollangan otryad hujum qildi. Uch nafar amerikalik va besh nafar SDKning aʼzosi jarohatlandi. 

Aprel oyida al-Xasake provintsiyasida qator hujumlar roʻy berdi. Xususan, amerika harbiylari va SDK aʼzolarini tashigan "Xammer" broneavtomobili "nomaʼlum shaxslar" tomonidan Ruvayshid qishlogʻi yaqinida oʻqqa tutilgan.

Bir necha kishi jarohatlangan. Dayr-az-Zordagiga oʻxshash hodisa oqibatida AQSH armiyasi zobiti va SDK jangchilari halok boʻldi. Yana bir hujumdan soʻng ikki nafar harbiy xizmatchi izsiz yoʻqoldi — ular taqdiri hozirgacha ham nomaʼlum.

Patrullar yoʻllarida koʻpincha portlovchi qurilmalar ishga tushadi. Masalan, iyul oyida oʻsha Dayr-az-Zordagi Sabxa aholi yashash joyida avtomobil kolonnasi portlatib yuborildi. Baʼzan bunday hujumlar xudkushlar tomonidan minalashtirilgan avtomobillarda uyushtiriladi. Oʻtgan yilning yanvar oyida amerikaliklar eng katta yoʻqotishni boshdan kechirdi: xudkush-terrorchi Suriya shimolidagi Manbijada piyoda patruli yaqinida fugasni portlatdi: ikki askar, AQSH Mudofaa xodimi va yollanma-jangchi halok boʻldi.

Pentagon Suriyadagi hujumlar haqidagi koʻplab xabarlarni "feyk" deya, zoʻr berib rad etib kelmoqda.

Resurslar uchun kurash

Harbiy ekspert Yuriy Lyamin "RIA Novosti"ga bergan intervyusida amerika harbiy obʼyektlari va patrullariga AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan bosib olingan mahalliy qabilalar hujum qilishi mumkinligini aytdi.

"Bu Suriya shimoli-sharqida yashovchi arablar, — deya tushuntiradi Lyamin. — Hozirda ular ustidan amerikaliklar tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotgan qurdlar hokimlik oʻrnatgan. Tabiiyki, odamlar norozi, ular hozirgi holatga keskin qarshilik bildirmoqda, ular region Damashq tomonidan boshqarilishi lozim, deb hisoblaydi. Turli besaranjomliklar shu tufayli yuzaga kelmoqda".

Shu bilan birga, ushbu qabilalar koʻpdan koʻp hollarda juda yaxshi qurollangan va tayyorgarlikdan oʻtgan boʻladi.

"Mamlakatda fuqarolar urushi koʻp yillardan buyon davom etmoqda, aholi qoʻlida keragidan ortiq qurol bor, - deydi Lyamin. - Nafaqat miltiqlar. Minomyotlar, ogʻir pulemyotlar va hatto Suriya va Iroqda juda keng tarqalgan Xitoy yoki Arabistonda ishlab chiqarilgan 107 millimetrli zalp bilan oʻt ochadigan yengil pulemyotlar ham bor".

Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining siyosatshunoslik va sotsiologiya kafedrasi dotsenti, "Rossiya ofitserlari" tashkiloti ekspertlar kengashi aʼzosi Aleksandr Perenjiyevning fikricha, Amerika harbiylariga uyushtirilayotgan hujumlar Suriyadagi tabiiy resurslar uchun koalitsiya oʻrtasidagi kurashning bir qismi ham boʻlishi mumkin.

"Bu loʻnda qilib aytganda, talonchilar oʻrtasidagi olishuv, — deya aniqlik kiritadi u. — Bir tomonda - Pentagon boʻlsa, ikkinchi tomonda - xususiy harbiy kompaniyalar manfaatlarini ilgari suruvchi va xuddi shu terrorchilarni qurollantirishi mumkin boʻlgan turli moliya-sanoat guruhlari mavjud".

Uning aytishicha, Pentagon ham Suriya oʻyinida mustaqil kuch emas, balki AQShdagi baʼzi guruhlarni taqdim qiladi. Bunday yashirin zarbalar esa Suriyadagi foydali qazilmalar uchun kurash kuchayib borayotganidan dalolat beradi.

"Agar Suriya armiyasi hujum uyushtirganida, Pentagon buni darhol tan olgan boʻlardi, — deya qoʻshimcha qiladi Perenjiyev. — Ammo "nomaʼlum otryadlar" deyish orqali ular maxfiy, ichki urushni hammaga oshkor qilmayapti. Shu bilan birga, men aminmanki, amerikaliklar ularga kim zarba berganini yaxshi bilishadi".

Xalq nafrati

Amerikaliklar ustida muallaq turgan yana bir xavf - bu xalq qarshiligidir, uning asosiy maqsadi, prezident Bashar Asad taʼkidlaganidek, - Suriya hududlarini chet el okkupatsiyadan ozod qilish. Amerikaliklardan norozi boʻlish uchun esa asoslar yetarlicha.

Iyun oyida Xaseke provintsiyasi Tel-Abʼyad shahri aholisi oʻz bugʻdoyining noqonuniy olib chiqib ketilishini oldini olish maqsadida, chegara oʻtish joyida piket uyushtirdilar. Hodisadan bir kun oldin Suriya TIV turk qoʻshinlari tomonida boʻlgan jangarilar va AQShning ittifoqdosh jinoiy uyushmalari davlatdagi vaziyatni beqarorlashtirish maqsadida bir necha marotaba bugʻdoy va boshqa donli oʻsimliklar oʻsadigan dalalarga oʻt qoʻyishgani haqida bayonot bergan edi.

AQSH harbiy qoʻmondonligi va uning ittifoqchilari Suriya shimolidagi gumanitar vaziyatni qasddan murakkablashtirmoqda, ularning maqsadi aholini rasmiy hokimiyatga qarshi qayrash.

Koʻpincha amerikaliklar aybi tufayli tinch aholi nobud boʻladi. May oyida AQSH askarlari Dayr-az-Zor provintsiyasida avtomobil haydovchisini otib tashlashdi — avtomobil goʻyoki "Konniko" neft koni yaqinidagi asosiy trassadan chiqqan. Harbiylar bu holatni tahdid, deya baholab, haydovchiga qarata ogohlantirishsiz oʻt ochgan.

Fevral oyida Qamishli shahri yaqinida suriyalik harbiy xizmatchilar kelishilmagan yoʻnalish boʻyicha harakatlanayotgan AQSH armiyasi kolonnasini toʻxtatib qoldilar. Shunda amerikaliklar mahalliy aholi bilan mojaroni keltirib chiqardi va natijada askarlar fuqarolarga qarata tartibsiz oʻq uza boshladilar. Oʻshanda 14 yashar Feysal Holid Muhammad halok boʻldi, yana bir kishi jarohatlandi. Faqatgina rossiyalik harbiylar aralashuvidan soʻng mojaroni tinchlantirishga erishildi. Ruslar amerika avtokolonnasini joylashuv punktiga olib borib qoʻydilar.

Asosiy mavzular