06:57 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Analitika
Havola olish
630 0 0

Xitoyda oziq-ovqat yetishmovchiligi bu yil yanada keskin tus olmoqda, AQSH bilan munosabatlar esa pandemiya fonida - unchalik emas. Ushbu vaziyat Rossiya uchun yaxshi imkoniyat boʻlishi mumkin.

Osiyodagi "ofatlar yili" Rossiyaning jahon savdo iyerarxiyasidagi mavqeiga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin, deb yozadi RIA Novosti muallifi Sergey Savchuk.

Xitoy Xalq Respublikasida ikki oydan beri yomgʻirlar tinmay yogʻmoqda. Natijada Yantszы daryosi shu darajada suvga toʻldiki, hukumat atrofdagi hududlardan ikki milliondan ortiq odamni evakuatsiya qilishga majbur boʻldi, deb yozadi RIA Novosti sharhlovchisi Sergey Savchuk.

Rekord darajadagi atmosfera yogʻingarchiliklari bir necha hafta davomida Xubey provintsiyasidagi "Tri uщelya" GES toʻgʻonida suvning favqulodda toʻkib tashlanishiga olib keldi, shuning uchun Xuayxe daryosi va Tayxu koʻlidagi suv darajasi kritik darajadan koʻtarilib ketdi. Toshqinlar natijasida, asosan, XXRning guruch yetishtirish bilan shugʻullanadigan eng katta qishloq xoʻjaligi yerlari zarar koʻrdi.

Muammo shunchalik katta koʻlamli boʻldiki, 11 avgust kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Tszinpin vatandoshlarini oziq-ovqatga tejamliroq boʻlishga chaqirdi. Shu bilan birga, hukumatga oziq-ovqat xavfsizligi dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha koʻrsatma berildi, va u, iqtibos - "toshqinga qarshi kurash davrida va pandemiya natijasida import cheklanishi sharoitida oziq-ovqat mahsulotlarining oqilona isteʼmol qilinishini taʼminlaydi".

Xitoy rahbarining xavotirini tushunsa boʻladi. Bir tomondan, katta suvdan asosiy guruch yetishtiriladigan mintaqalar - Tszyansu, Anxoy, Xubey va Sыchuan provintsiyalari aziyat chekmoqda va mamlakatda ocharchilik boʻlmasa-da, importning keskin oʻsishi tahdid solmoqda, bu esa byudjet xarajatlari oshishini anglatadi. Boshqa tomondan, ustiga ustak Jahon Yovvoyi tabiat Jamgʻarmasi (WWF) va Xitoy Fanlar akademiyasining qoʻshma hisobotiga koʻra, har yili Xitoy restoranlari va boshqa umumiy ovqatlanish muassasalari axlatga hech qanaqasiga ishlatmay 18 million tonna oziq-ovqat mahsulotlarini tashlab yuboradi, bu esa milliy ishlab chiqarishning uch foizidan koʻprokdir. Oziq-ovqatning bu miqdori bilan 50 million kishini toʻydirish mumkin.

Misol uchun, Davlat rahbarining chaqirigʻiga koronavirusning birinchi va eng kuchli oʻchogʻi aniqlangan shaharning Wuhan Catering Association uyushmasi oʻz munosabatini bildirdi. Mahalliy restoratorlar sotiladigan oziq-ovqat hajmini qisqartirishga vaʼda berishdi, endi har oʻnta mehmonga toʻqqiz portsiya, ikki-uch kishidan iborat kichik kompaniyalarga esa restoran egalari yarim yoki qisqartirilgan portsiyalarni taklif etadilar. Bundan tashqari, har bir umumiy ovqatlanish korxonasi ovqatlarni tashlab yubormaslik va mijozlar boshqa joylardan ozroq ovqat sotib olishlari uchun, qolgan ovqatni oʻzlari bilan uyga olib ketishni taklif qiladi.

Agar Uxanning oʻzida 11 milliondan ortiq aholi yashayotganini esimizdan chiqarmasak bu choralak kulgili tuyilishi mumkin, bu choralar esa umummamlakat miqyosida oʻtkaziladigan boʻlsa, unda ularga 1,5 milliard odam rioya qiladi.

Endi esa eng asosiysi haqida.

Si Tszinpin oʻz nutqida bir necha bor asosiy tezisni takrorladi: Xitoy oziq-ovqat importiga qaramlik muammosini hal qilishi kerak. Ushbu tezis yangi emas va Pekin bir necha yillardan buyon ushbu yoʻnalishda tinimsiz ishlamoqda.

“Sinxua” axborot agentligi XXR milliy statistika byurosiga tayanib xabar berishicha, soʻnggi 70 yil ichida mamlakat gʻalla hosili besh baravar koʻpaytirdi, oʻz parrandachilik va chorvachiligini faol rivojlantirmoqda. Shuningdek, Xitoy yiliga 64,5 million tonna daryo va dengiz mahsulotlarini ishlab chiqarmoqda, bu koʻrsatkich 143 baravar koʻpaytirilib, dunyo reytingida birinchi oʻringa erishildi. Fermerlik ham qoʻllab-quvvatlanmoqda: 2004 yildan beri xususiy fermer xoʻjaliklari soni 3 baravarga oshdi va 2,2 millionga yetdi.

Ammo bu barcha ijobiy oʻzgarishlar baribir Xitoyni toʻliq mustaqil qila olmayapti. Bir qator oziq-ovqat mahsulotlarini bu yerning oʻzida ishlab chiqarish qiyin yoki moliyaviy jihatdan imkonsizdir, shuning uchun hozirda asosiy savol: Xitoy kim bilan doʻst boʻladi va kimdan oziq-ovqat sotib oladi?

2017 yilda Pekin chet eldan oziq-ovqat sotib olishga 105 milliard dollar sarflagan boʻlsa, 2019 yilda u 142 milliard dollar sarfladi, bu dunyoning ixtisoslashgan savdosining 6,5 foiziga teng. Asosiy yetkazib beruvchilar roʻyxatiga Braziliya, AQSH, Kanada, Avstraliya va Frantsiya kiradi. Agar qolgan davlatlar Xitoy bilan munosabatlarda betaraflikni saqlashni afzal koʻrsa, Vashington bu masalada ancha bosh qotirishi kerak.

Qishda imzolangan savdo bitimining natijalariga koʻra, XXR AQShdan yiliga kamida 50 milliard dollar qiymatidagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olishni oʻz zimmasiga olgan, ammo amalda bu roʻy bermayapti. Pekin shartnomadagi ilmoqqa roʻkach qilmoqda, unda xaridlar ichki talab va bozor sharoitlariga asosan amalga oshirilishi aytilgan. Bunday vaziyat savdo urushi paytida AQSH qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining ahvolini yanada yomonlashtiradi, ularni qoʻllab-quvvatlash uchun Amerika byudjetidan 28 milliard dollar ajratildi, ammo bu ham bankrotlik toʻlqinini toʻxtata olmadi.

Pandemiya davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni yomonlashtirdi holos, bunga Donald Tramp yanada turtki berdi, u hamon COVIDni "xitoy bezgagi" deb atashdan toyimay, xitoyliklarni kasallikning birinchi bosqichida maʼlumotlarni yashirganlikda ayblab kelmoqda.

Rossiya Xitoy bozoriga yetkazib beruvchi mamlakatlar birinchi oʻntaligida kamtarin ohirgi oʻrinni egallab turibdi, ammo aynan past baza effekti va soʻnggi yillarda munosabatlarning sezilarli darajada iliqlashishi biz uchun imkoniyatlar oynasini ochmoqda.

Joriy yilning dastlabki besh oyida Rossiya qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini Xitoyga eksporti yetti foizga oshdi, pul koʻrinishida Rossiya ikki milliard dollar daromad oldi. Tarixda birinchi marotaba bizning qishloq xoʻjaligimiz eksportning ikkinchi oʻrinidan yogʻoch sanoatini siqib chiqardi va mineral oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchilardan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi.

Xitoy uchun kelgusi kunlarning ob-havo prognozi umid bagʻishlovchi emas, u yerda kuchli yomgʻirlar davom etadi va bu bir vaqtning oʻzida ham mamlakat rahbariyati, ham fermerlar va restoran mehmonlari ham xursand qilayotgani yoʻq.

Shu bilan birga, jamoatchilik eʼtiboridan pinhona tarzda Xitoyning eksport bozorini qayta taqsimlash uchun ayovsiz kurash boʻlishi shubhasiz. Chunki bu yerda “oʻta yoqimli” va kattagina raqamlar aylanmoqda.

Agar Rossiya bu kurashda hech boʻlmaganda bitta pogʻonaga koʻtarilib olsa, bu juda-juda yaxshi boʻladi.

Asosiy mavzular