21:29 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Analitika
Havola olish
21510

Lokomotiv parki elektrlashtirish va yangilash loyihalarini amalga oshirish guruhi boshligʻining oʻrinbosari Chingiz Kudabekov Fargʻona vodiysidagi halqa temir yoʻli afzalliklari haqida soʻz yuritdi.

Mintaqaning uch viloyatini – Andijon, Fargʻona, Namangan – halqa temir yoʻli bogʻladi.

Halqa yoʻlning umumiy uzunligi 331 kmni tashkil etadi. Toʻxtab turish bekatlari ekspress elektropoyezdda – 5 ta, elektropoyezdda – 35 ta. Ekspress elektropoyezdda yoʻlda sarflanadigan vaqt 5 soat 30 daqiqa, elektropoyezdda esa 7 soat 30 daqiqani tashkil etadi.

“Endi “A” punktdan “B” puntkga yuklarni yetkazib berish, yoʻlovchilarni tashish surʼati tezlashadi. Teplovozlarni elektrovozlarga almashtirish bizga mintaqadagi ekologik muhitni yaxshilash imkonini berdi. Eng yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan. Bu bizga barcha uchastkalarda tizimlarni yaxshilash va avtomatlashtirishga imkon berdi”, - dedi Kudabekov Sputnik muxbiriga bergan intervyusida.

Loyiha 45 million dollarga baholangan va 2021 yilning birinchi choragida toʻliq ishga tushishi rejalashtirilmoqda.

Asosiy mavzular