03:04 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Analitika
Havola olish
897 0 0

Pentagon oʻzining oʻta shovqinsiz va keng razvedka imkoniyatiga ega boʻlgan USS Seawolf  kemalarini Norvegiya portiga olib keldi. Moskvaga bunga qanday javob beradi?

TOSHKENT, 2 sen — Sputnik, Nikolay Protopopov. Pentagon oʻzining USS Seawolf  - oʻta yashirin, kuchi zarba berishga qodir va keng razvedka imkoniyatlariga ega boʻlgan atom suv osti kemasini Rossiya chegaralariga yubordi. Maqsad – Rossiya suv osti kemalari yoʻnalishlarini kuzatish. Ekspertla mulohazasiga koʻra – bu Moskvaga yoʻllangan signal. Uning javobi qanday boʻlishi haqida – RIA Novosti maqolasida tanishing.

“Dengiz boʻrisi” paradi

Amerikaliklar Norvegiyaga AQSH USS Seawolf (Dengiz boʻrisi) yetib kelgani haqida keng ommaga baralla eʼlon qilishdi. Pentagonning eng maxfiy dengiz kemalaridan biri hisoblangan submarina suratlarini muassasa sahifalarida eʼlon qilindi. AQSH Suv osti qoʻshinlari qoʻmondoni vitse-admiral Deril Kodl esa “Seawolfning bu yerga kelishi amerika suv osti qoʻshinlarining global xarakterga ega ekanini va Dunyo okeanining istalgan qismida topshiriqlar bajarish imkoniga ega ekanini namoyish qiladi dedi gʻurur bilan.

AQSH suv osti kuchlarining yana bir kontr-admirali Entoni Karullo Seawolfning Norvegiyaga kelishi AQShning suv ostida urush olib borishda shundoq ham keng boʻlgan imkoniyatlarini yanada kengaytiradi va Vashingtonning Shimolda dengiz xavfsizligini taʼminlashga tayyorligini tasdiqlaydi, dedi.

Ayni damda AQSH Harbiy dengiz kuchlari tarkibida 3ta Seawolf turidagi suv osti kemasi bor. Ular 1980 yilarda ishlab chiqilgan va dushman nazorati ostida boʻlgan hududlarda harakat qilishga moʻljallangan. Ushbu suv osti kemalari juda shovqinsiz harakatlanadigan boʻlib boshqlaridan oʻzining oʻta yashirin harakat olib borish imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Shu bilan birga ular oʻta kuchli kemalarga qarshi qurollar – torpedo, mina va “Garpun” va “Tomogavk” toifasiga kiruvchi raketalarga ega.

Uzunligi 100 metr boʻlgan submarina suv ostida 35 uzel (65 km/s) gacha tezlashishi mumkin. Aytish joizki 20 uzelgacha (37km/s) ushbu submarinalar oʻta shovqinsiz harakatlanadi. Dastlab AQSH floti 30ta ana shunday kemalarga ega boʻlishi kerak edi. Lekin “Sovuq urush” tugaganidan soʻng ushbu murakkab va qimmat kemalar AQSH flotiga kerak boʻlmay qoldi. Harbiylar 3ta kema bilan cheklandi.

Pentagon xabariga koʻra, Seawolf AQShning Vashington shtatidagi Bangor bazasidan Ikkinchi flot, (yaʼni Shimoliy Atlantika) javobgarlik hududiga yetib kelgan. Ayni damda kema Norveriyaning Tromsyo bazasida, Rossiya raketa tashuvchi atom suv osti kemalari yoʻnalishi yaqinida joylashgan.

Eslatib oʻtamiz, AQShning ikkinchi floti bir necha yil oldin qayta tugʻildi boʻlgan. Sovuq urush yillarida ushbu boʻlinma eng katta boʻlib Atlantika, Tinch va Shimoliy okeanlar akvatoriyasi uchun javobgar edi. Ushbu flot kemalari bir necha operatsiyalarda ishtirok etgan. Masalan 1960 yillar boshida sodir boʻlgan kuba blokadasida. Byudjetni iqtisod qilish maqsadida ushbu flot 2011 yilda tarqatib yuborilgan edi, lekin 7 yildan soʻng “Shimolda Rossiyani ushlab turish uchun” yana qayta tashkil qilindi.  

Ayni damda AQShning ushbu harakatlarini Bayroqlarni namoyish qilish deb atash mumkin, - deydi Sankt-Peterburg suv osti dengizchilari klubi raisi, 1 rang kapitani Igor Kurdin. – Tromsyë hech qachon atomo suv osti kemalari bazasi boʻlmagan. Bu yerdan poxodlar orasida taʼmirlash yoki ekipaj dam olishi uchun foydalanish mumkin. Undan soʻng “Sivulf” albatta Rossiya Shimoliy floti javobgarlik zonasi - Barentsovo dengizi tomon yoʻl oladi. Kema muz ostiga kirib ketadi shekilli: - avgust oyi buning uchun mos keladigan mavsum”.

Darz ketgan obroʻy

Rossiya Shimoliy floti sobiq qoʻmondoni Vyacheslav Popov ushbu namoyishning harbiy-siyosiy tomoniga eʼtibor qaratmoqda.

“AQSH Artika harbiy teatri nafaqat Rossiya dengiz kuchlari tomonidan nazorat qilinishini koʻrsatib qoʻymoqchi, - deydi admiral. – Bu bilan Vashington ushbu hududda oʻzining borligini koʻrsatib qoʻymoqchi. Amerikaliklar bu yerlarda razvedka faoliyatini amalga oshirgan, oshirmoqda va kelajakda ham amalga oshiradi, rossiyaliklar kabi. Rossiya dengizchilari boʻlsa ularning barcha harakatlarini kuzatib borishadi”.  

Shunisi eʼtiborga molikki, “dengiz boʻrisi” yetib kelishi bilanoq, yadroviy qurol tashishga qodir boʻlgan, 6ta B-52 Stratofortress - strategik bombadimonchi samolyotlari Norvegiya qiruvchi samolyotlari bilan birgalikda oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etdi.

Ustiga ustak, “parvoz qiluvchi qalʼalar” Shimoliy Amerika va Yevropada birvarakayiga NATOning 30ta davlati ustidan uchib oʻtishdi. AQSH harbiy qoʻmondonligi bayonotida aytilishiga koʻra, bunday uchish Bombardimonchilar operativ guruhi doimiy mashgʻulotlari uchun – betakror xarakterga ega boʻlgan. “Ittifoqchi osmon” missiyasi NATO doirasida birdamlikni namoyish qilishga, jangovar tayyorgarlikni oshirishga hamda oʻzaro operativ hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgandir.

Samolyotlar 2ta guruhga boʻlinishdi. Toʻrtta “qalʼadan” iborat birinchi guruh yoʻnalishi Yevropa ustidan oʻtgan boʻlsa qolganlari ushbu vaqtda AQSH va Kanada ustidan uchib oʻtishdi. Ular havoda ularni kuzatib kelayotgan NATOning turli mamlakatlari qiruvchilari bilan oʻzaro muloqotda boʻlib havoda yonilgʻi quyishdi. Bunday keng koʻlamli va namoyishkor oʻquv mashgʻulotlarini ham qandaydir maʼnoda Rossiya tomon yoʻnaltirilgan signal deb qabul qilish mumkin.

Javob reaktsiyasi

Shu bilan bir vaqtda Moskva ham qarab turgani yoʻq va u ham okean ortidagi hamkasabalariga oʻz signallarini yoʻllamoqda. Oʻtgan haftada Alyaska yaqinidagi betaraf hududda qoʻqqisdan paydo boʻlgan Rossiya suv osti atom kemasi Gʻarb OAVlarida katta shov-shuvga sabab boʻldi. Amerikaliklar ushbu kemada biror nosozlik yuz bergan boʻlsa kerak deb oʻylab darhol yordam taklif qilishdi.

Lekin Rossiya Mudofaa vazirligi darhol ularni tinchlantirdi: “Omsk” atom kreyseri “Okean qalqoni - 2020” keng koʻlamli oʻquv mashgʻulotlari doirasida suv ostidan koʻtarilgan. Maʼlum boʻlishicha Tinch okeani floti kemalari Bering dengizi akvatoriyasida raketalar uchirsh bilan shugʻullangan. Xususan yaqinda zamonaviylashtirish jarayonidan oʻtgan “Omsk” kemasi  shartli nishonni 300 km masofadan turib “Granit” kemalarga qarshi majmua yordamida yakson qilishni mashq qilgan. "Varyag" kereyseri esa 450 kilometr masofadagi nishonni “Vulkan” raketasi yordamida yakson qilgan.

Mudofaa vazirligi namoyish qilgan videoda “Omsk” ekipaji oʻq uzishga tayyorlanishi, kema tezkor suv ostiga shoʻngʻishi hamda raketa otishga sanoq berilishi eshitilib turibdi.

“Biznikilar tez-tez NATO samolyotlarini Rossiya havo chegaralari yaqinida tutib olishmoqda. Bu normal amaliyot. Eʼtibor bering: oxirgi vaqtlarda ular Boltiq va Qora dengizlari ustidan juda koʻp uchishmoqda. Biz ham ularga biz ham uxlamayapmiz, qayerda istasak oʻsha yerda paydo boʻlishimiz mumkin, dedik”, - deb vaziyatga izoh berdi Rossiya Harbiy dengiz floti bosh shtabi sobiq boshligʻi Viktor Kravchenko.

“Okean qalqoni” oʻquv mashgʻulotlari Boltiq dengizi akvatoriyasida boʻlib oʻtmoqda. Ularda oʻnlab harbiy kemalar, suv osti kemalari, dengiz aviatsiyasi va qirgʻoq qoʻshinlari ishtirok etmoqda. Mashgʻulotlar Boltiq dengizida boshlandi. Dengizchilar harbiy kemalar va havo hujumiga qarshi harakatlarni mashq qilishdi. Kemalar torpedo va artilleriya qurollaridan oʻq otishdi. Yaqinda Tinch okeani floti oʻquv mashgʻulotlarining navbatdagi bosqichi boshlandi – 50dan ortiq kemalar va 40qa yaqin samolyot va vertolyotlar oʻndan ortiq oʻquv-jangovar mashqlarni bajarishdi.    

Asosiy mavzular