23:33 26 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Analitika
Havola olish
322 0 0

Shtatlar Eronga qarshi sanktsiyalarni toʻliq qayta tikladi. Davlat departementi buni Tehron goʻyoki “yadroviy bitim” shartlarini bajarmayotganligi bilan tushuntirdi.

TOSHKENT, 22 sen — Sputnik. Galiya Ibragimova. Amerika Qoʻshma Shtatlari Eronga qarshi sanktsiyalarni toʻliq qayta tikladi. Davlat departementi buni Tehron goʻyoki “yadroviy bitim” shartlarini bajarmayotganligi bilan tushuntirdi. BMT va Yevropa Ittifoqi amerikaliklar vajini ishonarsiz deb hisoblab, Vashingtongning fikriga qoʻshilishdan bosh tortdi. Oq uy nimaga erishmoqchi va xalqaro hamjamiyatning pozitsiyasi qanday – RIA Novosti oʻrgandi.

Bir tomonlama bosim

“BMT Xavfsizlik kengashi Eronga qurol yetkazib berish embargosini uzaytirmadi. Biroq AQSH jim turmadi va sanktsiyalarni qaytardi. Endi ular nafaqat Tehron, balki barcha embargo buzuvchilariga ham qarshi”, - dedi Mayk Pompeo va YEI Vashingtonni qoʻllash-quvvatlashga chaqirdi.

Ammo munosabat qarama-qarshi boʻlib chiqdi. Germaniya, Buyuk Britaniya va Frantsiya (yevrouchlik) tashqi siyosiy idoralari rahbarlari Oq uy harakatlarini qoralovchi qoʻshma bayonot eʼlon qilishdi.

“AQSH Eron dasturiga oid Qoʻshma keng koʻlamli harakatlar rejasidan (SVPD) 2018 yil 8 may kuni chiqqan va endi “bitim” ishtirokchisi sanalmaydi. Shu bois Vashingtonning har qanday qarori yuridik kuchga ega emas”, - deya taʼkidlashdi “yevrouchlik” vazirlari.

Parij, Berlin va London, aksincha, sanktsiyalarni yengillashtirishda davom etmoqda. Vazirlar Erondan cheklovlarni olib tashlash 2231 BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasida koʻzda tutilganini eslab oʻtishdi. Ushbu hujjat 2015 yilda kelishilgan “yadroviy bitim”ni rasman tasdiqlagan.

“Biz doimo uni saqlab qolish tarafdori boʻlganmiz va buni davom ettiramiz”, - deya taʼkidlashdi yevropaliklar.

Yevropa vaʼdalari

Donald Tramp ikki yil avval Tehron goʻyoki maxfiy ravishda yadroviy dasturni rivojlantirayotgani roʻkach qilib, “bitim”dan chiqqan edi. Hech qanda dalil keltirmadi, lekin sanktsiyalarni qaytarishni talab qildi.

Rossiya, Xitoy va yevropaliklar buni qoralashdi va hujjat AQShsiz ham amal qilishini taʼkidlashdi.  Germaniya, Frantsiya, Buyuk Britaniya hatto kompaniyalarga Eron bilan hamkorlik qilishga imkon beruvchi maxsus qonun qabul qildi.  Biznes AQSH bosimidan xavfsiramasligi uchun INSTEX alohida moliyaviy mexanizmini ishlab chiqishdi.

Toʻgʻri, samarasi cheklangan boʻlib chiqdi. Kompaniyalar baribir Eron bozorni tark etishdi, va Eron Islom Respublikasi iqtisodiyoti keskin oʻtirib qoldi. Pekin Amerika sanktsiyalarini qoralaganiga qaramasdan, hatto xitoyliklar Tehron bilan hamkorlikni toʻxtatib qoʻyishdi.

Eron hukumati yevropaliklar Vashingtonni biznesni taʼqib etmaslika ishontirishiga umid qilib, kutish pozitsiyasini egalladi. Lekin mamlakatdan xorijlik kompaniyalar ketishi, Vashington yumshashiga boʻlgan umidlar tugashi bilan Tehron yadroviy dastur cheklovlarini oldi.

Rasmiyat nuqtai nazaridan SVPD amal qiladi, lekin “bitim” ishtirokchilarining oʻzoro aylovlari unga boʻlgan ishonchni soʻndiradi. Tehronning hujjat shartlariga rioya qilishdan bosh tortishini Vashington “Oyatulloh rejimi”ga (Amerika OAVlari Eron siyosiy tizimini shunday deb atashadi) yangi hujumda asosiy dalil sifatida ishlatmoqda.

“Embargo bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmasin”

Amerikaliklar eng koʻp 18 oktyabr kuni Tehrondan qurol embargosi olib tashlanishidan hadiksirashmoqda. Bu qoʻrquvlarni Eron qoʻshnilari alanga oldirmoqda.

Isroil, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Quvayt taqiqlar bekor qilingandan keyin Islom Respublikasi Rossiya va Xitoydan havo hujumiga qarshi vositalar va zamonaviy qiruvchi samolyotlar xarid qilishini aytishmoqda.  Bu Eronni mustahkamlaydi va mintaqadagi vaziyatni qiyinlashtiradi. Bunday stsenariyga yoʻl qoʻymaslik uchun Tehron dushmanlari AQSH orqali harakat qilmoqda.

Avgustda amerikaliklar BMT Xavfsizlik kengashiga qurol embargosi toʻgʻrisidagi rezolyutsiyani taqdim etishdi va buni Tehron Livan va Suriyada “Hizbulloh” hamda bir necha marta mahalliy harbiylar bilan toʻqnashuvni yuzaga keltirgan Iroqdagi shia jangarilarini qurollantirayotgani bilan asosladi.

Frantsiya, Germaniya va Buyuk Britaniya amerikaliklarning tashvishiga sherik, lekin ularning taklifini qoʻllab-quvvatlashmadi. Rossiya va Xitoy AQShning bu yoʻnalishdagi saʼy-harakatlariga toʻsqinlik qilishini anglatdi. Oʻz navbatida, Eron maʼlum qildi: bunday rezolyutsiya “yadro bitimiga” uzil-kesil nuqta qoʻyadi.

BMT Xavfsizlik kengashi Amerika loyihasini rad etdi. Lekin bir hafta oʻtib Davlat departamenti goʻyoki Eron tomonidan SVPD majburiyatlari buzilgagini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etdi. Bu yerda gap Eron belgilangan 300 kilogramm normadan yuqori boyitilgan uran jamgʻargani haqida bormoqda.

Mayk Pompeo Vashington sanktsiyalarni toʻliq ravishda qayta tiklashini xohlashini yashirmadi. BMT Xavfsizli kengashida eslatishdi: AQSH “bitim”ga rioya qilish toʻgʻrisida fikr yurita olmaydi, chunki undan chiqib ketgan. Amerikaliklar avvalgidek 2231 rezolyutsiyasini tasdiqlaganlar orasida borliklarini aytib javob qaytarishdi. Shunga koʻra sanktsiya kiritish huquqini saqlab qolishgan.

Va deyishdi: SVPDga koʻra, agar Eron ustidan kelib tushgan ariza boʻyicha 30 kun oʻtib chora koʻrilmasa, sanktsiyalar qayta tiklanadi. Muhlat 20 sentyabr kuni oʻz yakuniga yetdi.

Kutish diplomatiyasi

“BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Xavfsizlik kengashda konsensus yoʻqligini dalil qilib koʻrsatib, Eronga qarshi sanktsiyalarning qayta tiklashiga qarshi chiqdi. Amerika qarorini MAGATE rad etdi, Yevropada keskin tanqid qilindi. Vashington haqoratomuz ahvolga tushib qoldi”, - deya hisoblaydi MGIMO katta ilmiy xodimi Andrey Baklitskiy.

Ispыtatelnыy zapusk raketы Trident II D5 s podvodnoy lodki Nebraska u poberejya Kalifornii
U.S. Navy photo by Mass Communication Specialist 1st Class Ronald Gutridge

Shu bilan birga ekspert Amerika sanktsiyalari xorijiy biznesni hamon qoʻrqitishini istisno qilmaydi. Agar oktyabrda qurol embargosi bekor qilinsa, hamma kompaniya ham Eron bilan savdo-sotiq qilishni istamaydi. AQSH bosimi ostiga tushish xavfi ustun keladi. Lekin shunday boʻlganda ham Vashington harakatlari haddan ziyod boʻlib koʻrinadi.

“Yevropa qonunchiligi quro embargosini 2023 yilgacha nazarda tutadi. Shuning uchun xalqaro taqiqlar olinsa ham, YEI bu sohada Eron bilan hamkorlik qila olmaydi. Rossiya va Xitoy bilan vaziyat yanada qiziqarliroq. Eronga qurol sota olishi mumkin boʻlgan bu mamlakatlar kompaniyalari allaqachon sanktsiyalar ostida. Embargo olib tashlangan soʻng Tehron bilan dabdabali bitim tuzishga ularga hech narsa xalaqit bermaydi. Bu qurol Eronga darhaqiqat darhol yetib kelishini anglatmaydi, lekin AQShning maʼnaviy magʻlubiyati ayon”, - deydi Baklitskiy.

AQShda istiqomat qiluvchi xalqaro munosabatlar boʻyicha mutaxassis Rafael Sattarov Tehron AQShning bir tomonlama sanktsiyalariga bosiq munosabat bildirganiga eʼtibor qaratdi. Uning soʻzlariga koʻra, Eron hukumati Amerikada prezident saylovlariga qadar vaziyatni keskinlashtirishni istamayapti.

“Islom Respublikasi AQShga nisbatan har qanday keskin bayonot faqat zarar keltirishini anglaydi. Tramp darhol Eron bilan navbatdagi inqirozni oʻz foydasiga qaratadi va bosimni kuchaytiradi. Qolaversa, hozir Yevropa, Rossiya, Xitoy, BMT – Eron tarafida. Dahanaki jangdan maʼno yoʻq. Bir tomonlama sanktsiyalar emas xalqaro tan olingan qonuniy kuchga ega emas”, - deya hisoblaydi Sattarov.

Soʻrovda ishtirok etgan ekspertlar agar Jo Bayden AQshning keyingi prezidenti boʻlsa, amerikaliklar SVPDga qaytishlari mumkinligi haqidagi fikrga kelishdi. Lekin Tramp prezidentligi davrida Eron atrofidagi vaziyat oʻzgardi. Shuning uchun “bitimga” qaytish tartibi oson boʻlmaydi.

Asosiy mavzular