13:02 25 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Analitika
Havola olish
619 0 0

Britan-shved AstraZeneca farmakologiya kompaniyasi va Oksford universiteti tomonidan hamkorlikda ishlab chiqilgan AstraZeneca vaktsinasi muammolari yangicha oborot olishni boshladi

AQSH bir necha hafta oldin muzlatib qoʻyilgan sinovlarni nafaqat yangilamadi, balki amerikaning yetakchi OAVlari tomonidan preparat xavfsizligiga doir savollar tez-tez yangray boshladi. Ayniqsa, ular orasida Si-en-en ovozi jarangdor.

Maʼlumki, AstraZeneca klinik sinovlari ikki marta toʻxtatib qoʻyilgan edi - iyul va sentyabr oylarida: gap shundaki, ikki koʻngillida kelib chiqishi nevrologik boʻlgan gʻayritabiiy simptomlar namoyon boʻlgandi. Ikkala holat ham odamlarga kiritilgan vaktsina bilan bogʻliq emas, deya tan olindi va aksariyat davlatlarda, shu jumladan, Buyuk Britaniyada ham sinovlar davom ettirildi.

Ammo amerikalik olimlar va AQSH sogʻliqni saqlash tizimi mutaxassislari oʻta sinchkov chiqishdi va salbiy taʼsirlar haqidagi hisobotlarda jiddiy tafovutlar borligini aniqlashdi.

AstraZeneca iyul oyida yuz bergan hodisani oldindan diagnostika qilinmagan parishonxotir skleroz bilan izohladi. Ammo Oksford universiteti saytida bu holat "tushunarsiz nevrologik simptomlar" sifatida tushuntirilgan.

Ikkinchi - sentyabrdagi voqeada - kompaniya koʻngilli ayollardan birida "nomaʼlum kasallik" namoyon boʻlgani haqida ommaga maʼlum qildi. Ammo ichki hujjatchilikda ushbu holat koʻndalang miyelit (kam uchraydigan nevrologik kasallik) sifatida qayd etilgan.

Natijada, amerikaliklar endilikda bunday tafovutning yuzaga kelishi sabablari haqida juda oʻrinli savollarni berishmoqda. AstraZeneca shusiz ham vaktsina ustida olib borayotgan ishlarining shaffofligi borasida jiddiy eʼtirozlarni eshitayotgan edi, yuzaga qalqib chiqqan qarama-qarshiliklar esa endilikda bularga qoʻshimcha ravishda preparatga va uning xavfsizligiga boʻlgan ishonchni yoʻqqa chiqarmoqda.

Ustiga-ustak sinovdan oʻtayotganlar sogʻligʻida yuzaga kelgan muammolar mavzusi ham alohida eʼtiborni tortmoqda. Darvoqe, amerikalik professor-immunologlarning biri bu haqda ochiqchasiga: ikkala kasallik ham nevrologik tabiatga egaligi kishini "shokka" solmoqda, deya fikr bildirishga ulgurdi.

Ehtimol, AstraZeneca’dan shunchaki omad yuz oʻgirgan va gap haqiqatan ham baxtsiz tasodiflar haqida borib, ular ishlab chiqilayotgan vaktsina bilan mutlaqo bogʻliqmasdir. Ammo sogʻlom idrok ushbu holatga oydinlik kiritishni talab qiladi - shu oʻrinda boshini qumga tiqmay, darhol oʻzidagi sinovlarni muzlatib qoʻygan amerikaning masʼul xizmatlari ishi tahsinga sazovordir.

Bu yerda ularning yevropalik hamkasblari pozitsiyasi koʻproq kishini taajjubga solmoqda. Ular sanab oʻtilgan barcha gʻalatiliklarni koʻrmaganga olib, test oʻtkazishni davom ettirishga ruxsat berishdi.

Umuman olganda, Yevropa ittifoqi hukumati va kompaniyaning ushbu (vaktsina rostdan ham xavfsiz boʻlmagan taqdirda) ulkan muammolarni keltirib chiqarish bilan xavf solayotgan nozik mavzuda xotirjamligi sababi oddiy.

Shu kunlarda Reuters axborot agentligi YEI rasmiy vakiliga tayangan holda AstraZeneca Yevropa ittifoqi bilan bitim doirasida qisman immunitetga ega boʻlgani haqida xabar berdi.

Bitim avgust oyida imzolangan, ammo uning ayrim nozik tafsilotlari endi eʼlon qilindi.

Bor gap shundaki, farmkompaniya YEIga preparatni nisbatan arzon narxda yetkazadi, ammo buning evaziga u preparat salbiy taʼsir koʻrsatgan taqdirda moliyaviy (muayyan limitdan yuqori) javobgarlikdan ozod etiladi. Bitimning aniq koʻlamlari ochiqlanmayapti, ammo Yevropa AstraZeneca’ga bir doza uchun 2,5 yevrodan toʻlashi maʼlum. GlaxoSmithKline bilan hamkorlikda oʻz preparatini ishlab chiqarayotgan Frantsiyaning Sanofi farm-ishlab chiqaruvchisi vaktsinani Yevropaga oʻn yevrodan pullagan - va shu bois unga immunitet taqdim etilmagan.

Darvoqe, ikkala kompaniya ham YEIdan qaytarilmaydigan avans toʻlovlarni olib boʻlishgan. 400 million doza vaktsinani yetkazib berish uchun AstraZeneca’ga toʻlangan bunday toʻlov miqdori 336 million yevroni tashkil etdi, Sanofi esa 300 million doza uchun — 324 million yevro olgan.

Shu tariqa, agar rejalashtirilayotgan ommaviy vaktsinatsiya jarayonida toʻsatdan AstraZeneca preparati haqiqatda aksariyat holatlarda inson sogʻligʻiga ziyon yetkazishi aniqlansa, kompaniya bu uchun hech qanday jiddiy oqibatlarni yuzaga keltirmaydi.

Jabrlanganlarga kompensatsiyalarni milliy hukumatlar, aniqroq qilib aytganda - tegishli davlatlarning soliq toʻlovchilari qoplab beradi.

Shu asnoda Yevropa isteblishmentining turli xil yondashuvlar bilan yaratilgan bu ikki vaktsinaga qilayotgan stavkasi taʼsirlantirmay qolmaydi, albatta.

Bu ijtimoiy va siyosiy manipulyatsiyalar uchun bir dunyo imkoniyatlarni taqdim etishi shundoq ham tushunarli. YEIning qaysi davlatlari qaysi preparatlarni olishi, shuningdek, bu vaktsinalar mamlakatlarning ichida, tumanlar epidemiologik osoyishtaligi va ularda istiqomat qiluvchi odamlarning jamiyatdagi oʻrni kesimida qanday taqsimlanishi tomosha qilish juda qiziq.

Ichki bir tuygʻu bilan shuni his etish mumkinki, shubhali dori-darmon bilan sogʻligʻiga xavf solish mutlaqo mumkin boʻlmagan sara yevropaliklar uchun har doim Sanofi preparati qoʻl ostida tayyor turadi. Axir bu preparat uchun frantsuz kompaniyasi javobgarlikni oʻzi olib borishiga toʻgʻri keladi, demakki, uning xavfsizligi va samaradorligiga koʻproq ishonish mumkin.

Bu fonda rus voqeliklari deyarli ekzotikadek koʻrinmoqda, axir bunda koʻplab taniqli va yuqori martabali fuqarolar mahalliy vaktsina sinovlari ishtirokchilariga aylanishgan edi. Jahon OAVlari hatto "Rossiya elitasi vakillari koʻp oylar davomida klinik sinovlardan oʻtmagan preparat bilan emlangan", deya taʼkidlagandi.

Shunday ekan, ularning "Sputnik-V"ni ehtimoliy xavfsiz emasligi bilan bogʻliq hujumlarini ayni holatda qanday tushunish mumkin, bu oʻta qiziq masala.

Ehtimol, Rossiyaga nisbatan har doim gʻayrishuuriy tarzda "kim nima dardda" tamoyiliga amal qilish Gʻarbning peshonasiga yozilgan boʻlsa kerak.

Asosiy mavzular