21:56 20 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB133.19
  • EUR12153.63
  • USD10371.76
Analitika
Havola olish
271251

Amerika tomoni Rossiyada ishlab chiqarilgan liviya kompleksi zarbasidan keyin UUQ yoʻq qilinganini tan oldi, deb yozadi Sputnik harbiy sharhlovchisi Aleksandr Xrolenko.

Rossiya Federatsiyasini Gʻarbdagi raqiblarining jahon qurol bozoridagi dunyoning eng yaxshi zenit-raketa va raketa-pushka (toʻp) komplekslarini obroʻsizlantirishga qaratilgan alohida urinishlari jiddiy reallik bilan uchrashuvga dosh bera olmayapti.

Rossiya quroli jangovar sharoitda gʻarbda ishlab chiqarilgan eng yangi namunalardan ancha ustuvorligini namoyon etmoqda va "Pantsir - S" ("Pantsir" - "Sovut" maʼnosida - tarj.) mobil kompleksi - bunga yorqin misoldir.

© Sputnik / Vitaliy Ankov
"Pantsir-S" zenit raketa-toʻp kompleksi "Armiya-2020" Xalqaro harbiy-texnik forumi doirasida oʻtkazilgan Rossiya HKK aviatsiya texnikalari, Tinch okeani floti dengiz aviatsiyasi va DOSAAF uchar apparatlari koʻrgazmasida. Primorsk oʻlkasi, Vladivostok yaqinidagi Tsentralnaya Uglovaya aerodromi.

AQSH Qurolli kuchlari Afrika qoʻmondonligi (AFRICOM) 2019 yilning noyabrida Liviyada "Pantsir-S1/E" zenit raketa-pushka majmuasi tomonidan amerika zarba beruvchi uchuvchisiz uchish qurilmasi - MQ-9 Reaper ("Oʻroqchi") hamda Italiya armiyasining koʻp nishonli droni - MQ-1 Predator ("Yirtqich") urib tushirilganini katta kechikish bilan tan oldi.

AFRICOM razvedka boshligʻi kontr-admiral Xaydi Berg tafsilotlarni keltirib oʻtirmadi, ammo sal avval, 20- va 21-noyabr kunlari Liviya poytaxti Tripoli hududida Xalifa Xaftar qoʻmondonligidagi Liviya milliy armiyasi qurollari safida boʻlgan "Pantsir" zarbasi bilan AQSH va NATO dronlari urib tushirilgani haqida xabar berilgan edi.

Majmua 50 dona hajmda BAA tomonidan Rossiyadan sotib olingan, Amirliklar tomonidan muvaffaqiyatli ishlatilgan va keyinchalik Liviyaga oʻtkazilgan.

Shunisi maʼlumki, MQ-9 Reaper va MQ-1 Predator dronlari yer ustidagi nishonlarning oʻq yetmaydigan ovchilari sifatida yaratilgan, ammo Liviyadagi yuqori texnologiyali "Pantsir"ga ularning tishi oʻtmadi.

Shu bilan birga, narx boʻyicha taqqoslanganda - "Pantsir S1/E" ZRPK (NATO kodifikatsiyasiga koʻra – SA-22 Greyhound, eksport narxi - 14 mln. dollargacha) samaradorligi Amerika ishlab chiqargan oʻta qimmatbaho boʻlgan (narxi 30 mln. dollargacha) ogʻir uchuvchisiz uchish qurilmalarini sezilarli darajada ortda qoldiradi.

Oldinroq, MQ-9 Reaper Eron, Suriya, Yaman hududlari ustida ham urib tushirilgan, shunga qaramay zaif "oʻroqchi" AQSH va NATOning qator davlatlarida eng yaxshi zarba droni sifatida qolmoqda. Pentagon faqat tez orada Rossiyaning "Pantsir-S1" komplekslarini yoʻq qilishga moʻljallangan dronlar maxsus oilasini yaratishni rejalashtirmoqda.

Amerikaning yangi UUQlari oʻlchami nisbatan kichik, vazni 100 kilogacha, tezligi soatiga 130 kilometr, 350 kilometrgacha masofa bosib oʻtish imkoniga ega boʻladi. Hozircha esa AQSH armiyasi Arizonadagi Yuma poligonida qoʻlida mavjud uskuna bilan "Pantsir"ni yoʻq qilish priyomlarini mashq qilmoqda.

Olimpiyacha uzoqlashuv

Jangovar faoliyat yillari davomida sayyoramizning turli mintaqalarida "Pantsir" majmualari yuzdan ziyod dronlarni yoʻq qilib, mutaxassislarning yuqori bahosini olishga muvaffaq boʻldi.

© Sputnik / Maksim Blinov
"Pantsir-S" zenit raketa-toʻp majmuasi "Kavkaz-2020" jamoa-shtab mashgʻulotlari vaqtida. "Ashuluk" poligoni, Astraxan viloyati

Suriyada majmua "aqlli raketalar" galasi va koʻz ilgʻamas dronlar uyasiga qarshi kurashishda eng samarali vosita nomini qozondi.

Suriya tajribasini hisobga olgan holda, "Pantsir-S1M" ZRPKning modernizatsiya qilingan eksport versiyasi barcha turdagi uchuvchisiz uchish qurilmalarini samarali aniqlash va maksimal masofada nishonga olib, urib tushirish qobiliyatiga ega boʻldi. "Pantsir-SM"ning yangi modifikatsiyasi 75 kilometrgacha boʻlgan masofada nishonlarni aniqlay oladi, yangi raketalarning vaʼda qilingan yoʻq qilish radiusi 40 kilometrgachadir.

Fikrimcha, sentyabr oyining soʻnggi kunlarida "Pantsir" Togʻli Qorabogʻda foyda berib, mojaro tomonlarining jonli kuch va texnikaga doir yoʻqotishlarini kamaytirgan boʻlar edi. Armaniston va Ozarbayjon qoʻshinlari aniqlash va yoʻq qilish qiyin boʻlgan razvedka va zarba UUQlardan faol foydalanishmoqda.

Zamonaviy tendentsiyalar shundan iboratki, havo nishonlarining yoʻq qiluvchi va tezlik imkoniyatlari muntazam oshib, oʻlchamlari va koʻrinish darajasi esa kichrayib bormoqda.

Suriyada raqib havodan kombinatsiyalangan zarbalarni berardi - dronlar va raketalar bir vaqtning oʻzida nishonga turli yoʻnalishlardan yaqinlashardi (bitta zarbada 13ta UUQgacha), ammo bu foyda bermasdi.

"Pantsir" oʻt ochish tizimi boshqaruvi fazalashgan antenna-panjara bilan integrallashgan. U havodagi nishonlarni va shaxsiy raketalarini kuzatadi, uchar apparatlarning hatto mayda detallarini ham farqlay oladi. Uchta radarga ega - optik, olisdagi aniqlash (50 kilometrgacha) va nishonni kuzatish - koʻr zonaga ega emas.

"Pantsir-S" ZRPK - qudratli artilleriya va koʻprejimli raketa aslahalarini, integrallashgan radiolokatsiya-optik boshqaruv tizimini oʻzida jamlagan dunyodagi yagona mudofaa tizimidir. Majmua 20 kilometrdan kam boʻlmagan masofada harbiy va fuqarolik obʼyektlarini zamonaviy qanotli va supertovushli raketalar, aviabombalar va dronlardan ishonchli pana qiladi (havodan hujumga qarshi mudofaa gumbazi balandligi - 15 kilometr).

"Pantsir" 40tagacha ikki pogʻonali boshqariladigan tezlatkichli qattiq yoqilgʻili zenit raketalari hamda parchalanadigan sterjenli jangovar qism bilan oʻqlangan va bir vaqtning oʻzida soniyasiga 1000 metr tezlikda uchadigan bir nechta nishonlarni yoʻq qilishga qodir.

Narxi ham nisbatan arzon (S-300 va S-400 zenitnыx komplekslarining qimmatbaho raketalarini dushmanning arzon dronlariga sarflash beʼmanilikdir)

30 millimetr kalibrli va daqiqasiga 5000ta oʻq otish tezligiga ega (nishonni urish masofasi - 5 kilometrgacha) ikkita oltistvolli pushkalar ham ZRPK jangovar imkoniyatlarini sezilarli kengaytiradi.

"Pantsir" majmuasi Piyoda qoʻshinlari va Rossiya HDF qurollari safiga qabul qilingan, Qutb doirasida sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan (Kol yarimorolida tajribali harbiy navbatchilik olib bormoqda), ulkan eksport salohiyatiga ega.

© Sputnik / Valeriy Melnikov
Oʻziyurar "Pantsir-S" zenit raketa-pushka kompleksi "Armiya-2019" Xalqaro harbiy-texnika forumida, "Alabino" poligoni.

Rossiya shu paytga qadar xorijiy sheriklardan 15ta ariza qabul qilgan. "Pantsir"ning bevosita analoglari dunyoda yoʻq, yaqin orada boʻlishi ham kutilmayapti. Amerikaliklar uchun "Aksil-Pantsir" dronlar oilasini ixtiro qilish juda qiyin kechadi.

Falsafiy oʻzaro olishuv

Havodan hujumga qarshi ishonchli mudofaa - qoʻshinlar va zarba qurollari jangovar barqarorligining asosini tashkil qiladi. Havodan hujumga qarshi mudofaa tizimi samaradorligiga nisbatan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda, "Pantsir-S" eng soʻnggi modeldagi gipertovushli (tezligi - 5 Maxgacha) raketaga ega boʻldi.

Odamlar ishtiroki muhim boʻlgan raketa-pushka majmuasi negizida rossiyalik mutaxassislar "Pantsir" zenit robot-avtomatini yaratishmoqda. RF Mudofaa vazirligi bu borada qatʼiy qaror qabul qilib boʻlgan, taktik-texnik talablar aniqlashtirilgan.

Sunʼiy ongga ega mashina nishonlarni avtomatik ravishda aniqlaydi, taniydi va yoʻq qiladi.  Bularning barchasi operator ishtirokisiz bajariladi. Bu esa oʻta past va oʻta yuqori temperaturalar yoki dushman tomonidan ommaviy (kimyoviy, biologik yoki yadroviy) qirgʻin quroli qoʻllaniladigan bir sharoitlarda juda muhim ahamiyatga ega.

Shu tariqa, Rossiya Havodan hujumga qarshi mudofaa sohasida yangi texnologik sakrashni amalga oshirmoqda. Va, albatta, oʻz yutuqlari bilan yaxshi ittifoqdoshlari va sheriklari bilan boʻlishadi.

Bespilotnыy letatelnыy apparat (BPLA)
© Sputnik / Alexei Danichev

Amerikaning The National Interest nashri "Pantsir"ni dronlar ishtirokidagi yopirilgan hujumlarni qaytarish uchun ideal qurol deb hisoblaydi. Shu bilan birga, Rossiya armiyasining quruqlikdagi kuchlari har doim havodan hujum kutishini, shu uchun havo hujumidan mudofaaning turli xil arsenaliga ega ekanligini xavotir bilan qayd etadi.

AQSH Quruqlikdagi qoʻshinlari HHKning havodagi tahdidlarni zararsizlantirish qobiliyatiga tayanishga odatlangan va yaqin radiusda ishlaydigan "Pantsir" singari havodan hujumga qarshi mudofaa majmuasiga ega emas.

Buning ustiga, ZRPKning havodagi nishon boʻylab oʻq uzishi narxi -hujum droni narxidan yuz barobar arzon, jangovar holatda "Pantsir" yoʻqotishlari ham minimal darajada, u ham boʻlsa, asosan murakkab texnikani mahoratsiz ishlatish bilan bogʻliq.

Asosiy mavzular