15:40 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
836 0 0

Xitoy va AQSH qarama-qarshiligi yangi kuch bilan avj oldi: savdo urushi texnologiya urushiga aylanib ketdi.

TOSHKENT, 26 okt — Sputnik. Natalya Dembinskaya. Xitoy va AQSH qarama-qarshiligi yangi kuch bilan avj oldi: savdo urushi texnologiya urushiga aylanib ketdi. Vashington Xitoy ishlanmalarini milliy xavfsizlik tahdidi sifatida bloklayotgan bir paytda Xitoy oʻzining asosiy quroli haqida eslatdi: trillionli Amerika davlat obligatsiyalarini sotib yuborish ham dollar kursi, ham qimmatli qogʻozlar bozorini qulatishga qodir. Bu barcha jahon iqtisodiyoti uchun oʻta xavfli stsenariy. Pekin bu ishda qanchalik jiddiylashishi mumkinligi – RIA Novosti materialida.

Texnologiya urushi

Yanvar oyida dunyoning eng yirik ikkita iqtisodiyoti savdo urushini yakunlash sari muhim qadamni tashladi. Ular asta-sekin savdo-sotiqni tiklash borasida bitim imzolashdi. Biroq koronavirus pandemiyasi barchasini barbod qildi.  Vashington Pekinni koronavirusni tarqatishda ayblab, tovon talab qildi. Ustiga ustak amerikaliklar Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotini (JSST) Xitoyga erk berishda taʼna qilib, undan chiqishlarini eʼlon qilishdi.

AQShda prezident saylovlari yaqinlashgani sari keskinlik oshmoqda. Tramp yana goʻyoki Xitoy kompaniyalari Amerika iqtisodiga yetkazgan iqtisodiy zararni yodga oldi. Ular ishlab chiqarishni “oʻzlariga ogʻdirib”, texnologiya sirlarini oʻgʻirlashgan emish.

Avgustda Vashington Pekinni internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali saylovoldi kurashiga aralashishda aybladi. Xitoy dasturi TikTok nishonga olindi. Oq uy uni taqiqlash kerakligini maʼlum qildi, boʻlmasa Xitoy Amerika fuqarolari haqidagi maʼlumotlarini qoʻlga kiritadi.

TikTok egasi “ByteDance” kompaniyasini biznesini Amerika kompaniyalariga sotishga majburlashmoqda. Buni 12 noyabrga qadar qilish kerak. Aks holda Tramp uni bloklash bilan tahdid qildi.

Pekin qay tarzda javob qaytarishi hozircha maʼlum emas. Ekspertlar Xitoy hukumati TikTok tarafini olish uchun muhim bir sababi yoʻq deb hisoblashmoqda, chunki uni “zararli” deb bilishadi. “Sotsializm qadriyatlariga” toʻgʻri kelmaydi va Xitoy yoshlarini buzadi.

Biroq Vashington Xitoyning eng yirik texnologiya kompaniyalaridan biri “Huawei”ga ham bosim oʻtkazmoqda. Pekin “milliy xavfsizlikka tahdid” tugʻdiruvchi strategik materillar va texnologiyalar eksportini taqiqlash bilan tahdid qildi.

Jiddiy suhbat

Pekin parallel ravishda eslatdiki, Xitoyning jiddiyroq taʼsir koʻrsatish dastaklari bor. Gap trillion dollarlik AQSH davlat obligatsiyalari haqida bormoqda.

AQSH bilan savdo urushi tufayli Xitoy shundoq ham bu qogʻozlardan qutulib kelayotgandi. 2014 yil noyabrdagi Amerika davlat qarziga investitsiyalar 1,32 trillion dollarlik eng yuqori koʻrsatgichdan 200 milliarddan koʻproqqa kamaydi. Natijada 2019 yil iyuniga kelib xorijlik trejeris egalari oʻrtasidagi yetakchilik Yaponiyaga oʻtdi: Tokioda ular 1,12 trillionlik.

Amerika Moliya vazirligining oxirgi hisoboti sentyabr oʻrtasiga kelib Xitoy portfeli 1,08 trilliongacha qisqarganini koʻrsatdi. Yilning birinchi yarmida Xitoy 106 milliardlik trejerisdan xalos boʻldi. Bu 2015 yildan buyon eng tez surʼatlarda sotish koʻrsatgichi.

Ammo gap faqat iqtisodiy qarama-qarshilikda emas. Xitoy Amerika davlat qarzidan qutulishining sabablaridan biri bu “pechat” dastgohining uzluksiz ishlashi natijasida dollarning qadrsizlanish xavfidir.

Qarz ham oʻsib bormoqda. Sakkiz oy ichida Qoʻshma Shtatlar 7,7 trillionlik obligatsiya chiqardi – bu rekord.

Pekin Vashington iqtisodiy muammolarini “pechat” dastgohisiz hal qila olmasligini koʻrmoqda. Shuning uchun Amerika davlat qarziga sarmoya kiritish juda xatarli, deya yozadi Xitoyning “Global Times” nashri.

Sotib bitiriladimi?

AQSH va Xitoy mojarosining kuchayishi xavfsirashni oshiradi, xolos: toʻsatdan amerika iqtisodiyotining ikkinchi eng yirik xorijlik kreditori bardosh bermaydi va koʻng koʻlamli trejeris sotishini uyushtiradi. Bunday qarorning oqibatlari falokatli boʻladi. Bu qogʻozlarning koʻpligi bozorda vahimani keltirib chiqaradi.

Buning ustiga dollar qulaydi. Amerika valyutasining qadrsizlanishi Xitoy eksportini qimmatroq qiladi.

Bundan tashqari, AQSH gʻaznachilik majburiyatlridan xalos boʻlish Pekinning yuanni nazorat qilish imkonini jidiy cheklaydi – agarda savdo urushi batamom nazoratdan chiqib ketsa. Pirovardida, trejeris savdosidan tushgan dollarni biror bir narsaga kiritishga zarur. Bu ham oddiy ish emas.

Birgina Xitoyning oʻzi muammolar girdobida qolmaydi va bu hali holva boʻladi.

“Amerika obligatsiyalari piramidasini qulatish – demak butun dunyoni moliyaviy xaos giriftor aylash. Shuning uchun shunga oʻxshash narsa yaqin kelajakda roʻy berishi dargumon”,  - deydi “Chatex” kriptovalyuta banki rahbari Maykl Ross-Jonson.

Hoynahoy, dollar va trejerisdan voz kechish bosqichma-bosqish amalga oshiriladi. Soʻnggi yillar mobaynida bu roʻy bermoqda. Yetakchi Xitoy iqtisodchilaridan biri, Shanxay moliya va iqtisodiyot universiteti professori Si Tszyunyanning fikriga koʻra, Pekin AQSH gʻaznachilik obligatsiyalari portfelini “voqealar normal ravishda rivojida” taxminan 800 mlrd dollargacha “bosqichma-bosqich” qisqartiradi. Ammo oxirgi variant baribir istisno qilinmaydi – masalan, harbiy mojaro yuzaga kelgan taqdirda.

Asosiy mavzular