07:25 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
765 0 0

Anqaraning Kavkaz orti yoʻnalishidagi harbiy-siyosiy faollashuvi va Turkiya Buyuk Milliy Majlisi Bosh Assambleyasining - Ozarbayjonga bir yil davomida miqdori nomaʼlum boʻlgan turk harbiy xizmatchilarini kiritish toʻgʻrisidagi qarori turlicha talqin qilish mumkin boʻlgan holatdir.

Missiya miqdori va chegarasini Turkiya prezidenti maʼmuriyati aniqlaydi va ushbu qaror regional turbulentlik katalizatoriga aylanishi mumkin.

Ozarbayjonda turk harbiylari nima uchun tinchlikparvarlar rolini oʻynay olmasligi fakti ortiqcha tushuntirish talab qilmaydi. Anqara mavjud boʻlgan barcha vosita va usullar yordamida mojaro tomonlaridan birining manfaatlarini himoya qilmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin turk yetakchisi Rajab Toyyib Erdogʻanni vaziyatni oʻtkir tus oldirmaslikka va turk harbiylarini Qorabogʻga kiritib, arman tomonini provokatsiya qilmaslikka koʻndirgandek edi. Ammo Erdogʻan - harakatlarini oldindan aytib boʻlmaydigan siyosatchi nomini qozongan, u ayniqsa, oʻta xatarli qarorlarni qabul qilish iqtidoriga ega. Ozarbayjon zaminida Anqara bu ishlarni faqatgina Boku bilan birgalikda amalga oshirishi mumkin, ammo strategik qarorlar katta ehtimol bilan qabul qilingan, voqealar ketma-ketligi ham ayonligi turgan gap. Bu konspirologiyadan koʻra, koʻproq geosiyosiy analogiyaga oʻxshamoqda.

Masalan, Rossiya 2015 yilda Damashq iltimosiga koʻra (tartibni tiklash uchun) Suriyaga vaqtincha muddatga cheklangan harbiy kontingentni kiritgan edi va SARda ikkita doimiy harbiy bazaga ega boʻldi. Anqara bu faktdan mamnun edi, deya olmaymiz. Turkiya qardosh xalqqa yordam berish va oʻz manfaatlarini ilgari surish kabi (aks) rejalarga egaligi bois, Ozarbayjon yoʻnalishi boʻyicha "oʻyinga shoʻngʻib, boy berilgan barchasini oʻziga qaytarish" imkoniga ega. Norozi qoʻshnilar esa bunga samarali javob izlashlari yoki mojaro zonasida qisilishlariga toʻgʻri keladi.

Ozodlik darajasi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 10-noyabrdan keyin duch kelgan qulay vaziyatda va deyarli har kuni Turkiya Qorabogʻ operatsiyalarida Rossiya bilan birgalikda ishtirok etajagini eslatib kelmoqda. Bu shunchaki tasodif emas. 10-noyabrdagi uch tomonlama kelishuv bilan oʻsha koʻrimsiz, ammo shu bilan birga ancha xavfli noaniqliklarga ega "yangi tinchlikka" asos solingan edi.

Togʻli Qorabogʻ tutashuv chizigʻi(sobiq front chizigʻi) va ikkita ichki nazorat zonasi(arman aholisi bilan)ga ega, ammo hududda va xaritalarda tashqi xavfsizlik zonasi aniqlanmagan. Mana, misol uchun, Gruziya-Abxaziya mojarosida regionda Inguri daryosi tomonlarni ajratish chizigʻi boʻlib xizmat qilgan edi, undan gʻarbga 12 km va sharqga 12 kmga xavfsizlik zonasi choʻzilgan edi, bundan tashqari yana 12 km masofada qurol-yarogʻ cheklangan zona mavjud boʻlib, bu jami hududlar Rossiya tinchlikparvar kuchlari nazorati ostida edi. Qorabogʻda Rossiya tinchlikparvar kuchlari nazorati ostidagi xavfsizlik zonasi "ichkariga qaratilgan", tashqarida esa Ozarbayjon tomoni (va Anqara) maʼlum darajada erkinlikka ega va bundan oʻz raqiblariga ziyon yetkazish uchun foydalanishga imkoniyat mavjud. Rossiya tinchlikparvar kuchlari postlari tutashuv chizigʻi ortidagi "narigi hududni" nazorat qilmaydi. Va bu masalaning asosiy nozik tomoni emas.

Uch tomonlama bitim bilan dastlab oʻt ochishni toʻxtatishning ikki konstantasini belgilab olindi - Rossiyaning Togʻli Qorabogʻdagi tinchlikparvarlik operatsiyasi (arman aholisi bilan) va Rossiya-Turkiya qoʻshma nazorat markazi (olisdagi bir hududda). Ularning oʻzaro hamkorligi ehtimoli bor, integrallashuvi esa istisno qilingan. Avvalroq turkiyalik kuzatuvchilarning Qorabogʻ boʻyicha harakatchanligi cheklangani, harakat missiyalari rejalashtirilmagani (maʼlumot yigʻish uchuvchisiz uchish qurilmalariga ishonib topshirilishi) haqida xabar berilgandi. 

Shunga qaramay, tutashuv chizigʻidan tashqarida, ozarbayjon aholisi koʻp boʻlgan hududlarda Bokuning nazorat qilish optsiyalari koʻproqdir, Rossiya-Turkiya qoʻshma markazi Ozarbayjonning aniq qaysi hududida joylashishi esa hali ham nomaʼlum. Bu tomonlarni ajratish chizigʻidan unchalik uzoq boʻlmaydi deb taxmin qilish mantiqan toʻgʻri boʻladi (operativ vaziyatni shu tarzda boshqarish osonroq). Ehtimol, 45 kunlik harbiy harakatlar davomida Ozarbayjon qoʻshinlari nazorati ostiga oʻtgan yetti tumanlarning birida joylashar.

Xavfli tajribalar

Ozarbayjon - suveren mamlakat, shu bois, RF tinchlikparvar kuchlari operatsiyasining oʻziga xosligi va replikatsiyasi imkonsizligi toʻgʻrisidagi Rossiya TIV tomonidan boʻlayotgan muntazam eslatmalarni Bokuning harbiy-siyosiy rahbariyati normal ish jarayoni, deb qabul qilayapti ehtimol. U yoki bu muammoni hal qilar ekan, prezident Ilhom Aliyev oʻzining yaqin turk doʻstlarini yoki Yangi Zelandiyadagi olis maori-jangchilarini oʻz mamlakatiga taklif qilishga haqli. Qorabogʻ oʻrmonlarini tiklash boʻyicha monitoring markazi yoki boshqa istalgan hamkorlik formati tarkibiga ham.

Buning uchun ikkala tomonning ham shunga xohishi boʻlsa, boʻlgani. Bunday tajribalar uchun vaqt keragidan ham ortiq, tinchlikparvar operatsiyalari odatda oʻnlab yillar davom etadi. Kelajak - koʻp variantli.

RF TIV Togʻli Qorabogʻ maqomini aniqlashtirishning hatto taxminiy muddati ham mavjud emasligini qayd etdi. Mintaqadagi vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Ilhom Aliyev "Rossiya va Turkiya ozarbayjonliklar va armanlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha operatsiyalarda ishtirok etishadi", deya bayonot qildi.

Bu orada Bokudagi shaxidlar alleyasida provokatsion miting boʻlib, unda asosiy shart sifatida - Rossiya tinchlikparvar kuchlarini Togʻli Qorabogʻdan chiqarilishi ilgari surildi. Bu mojaro oqimi koʻp variantli ekanini eslatguvchi tashvish qoʻngʻirogʻidir.

Bu aktsiya Ozarbayjon parlamentida allaqachon qoralandi. Ammo shunday esa-da, uch tomonlama bitim vaqt sinovidan oʻtmadi, tinchlik barqaror emas.

Asosiy mavzular