10:41 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Analitika
Havola olish
148130

Mashina qabul qilish-topshirish sinovlaridan oʻtdi va barcha aytilgan taktik-texnik xarakteristikalarni tasdiqladi. Harbiy desant qoʻshinlari uchun atalgan istiqbolli oʻziyurar qurol va boshqa yangi aslahalar xususiyatlari haqida — RIA Novosti materialida oʻqing.

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik, Nikolay Protopopov. Koʻp kilometrli marsh-brosoklar sinovidan oʻtgan ishonchlilik, harakatchanlik va oʻta vajohatli oʻt ochishlar - rus desantchilari 2S42 "Lotos" samoxod(oʻziyurar) artilleriya qurolini qabul qilib olishga tayyorlanishmoqda. Mashina qabul qilish-topshirish sinovlaridan oʻtdi va barcha maʼlum qilingan taktik-texnik xarakteristikalarni tasdiqladi. Harbiy desant qoʻshinlari uchun atalgan istiqbolli oʻziyurar qurol va boshqa yangi uskunalar xususiyatlari borasida — RIA Novosti materialida oʻqing.

Yengil vaznli jangchi

"Lotos" poligonda 400 kilometr masofani buzilishlarsiz bosib oʻtdi va 120 millimetrli shtat quroldan 14 marotaba oʻt ochdi. Keyingi bosqich - yil yakuniga qadar boshlanadigan dastlabki sinovlar.

Oʻziyurar artilleriya quroli ilk marotaba 2017 yilda keng ommaga namoyish etilgan, loyihaga esa 2009-yilda tushirilgan. Konstruktorlar desantchilar uchun "Sprut-SDM1" - tanklarga qarshi pushka negizida 152 millimetrli "Zauralets" artilleriya majmuasini yaratishni rejalashtirishgan edi, ammo natijada, garchi qudrat jihatdan bir oz qolishsa-da, biroq yanada harakatchan va yengil mashina yaratildi.

Vaqt oʻtib, "Lotos" 1970-yy oxirida qurollar safiga qabul qilingan va oʻzini yaxshi tomonlama namoyish etgan "Nona" artilleriya-minomyotini oʻrnini bosadi. Qurol uchun baza sifatida BMD-4M bilan uzellar va agregatlar boʻyicha birlashtirilgan shassini olishdi. Jangovar mashinasi massasi 18 tonnadan oshmaydi, 450 ot kuchi quvvatiga ega dizelli dvigatel esa shosseda soatiga 70 kilometrgacha tezlikda harakatlanishi mumkin. Yoʻl bosish zaxirasi — 500 kilometrgacha. Desantchilarning boshqa texnikalari singari, "Lotos" ham suzishni biladi va bir necha metrgacha chuqurlikka ega suv toʻsiqlarini yenga oladi.

Tanki T-14 Armata
© Sputnik / Mixail Voskresenskiy

Ishlab chiquvchilar ekipaj xavfsizligiga, birinchi navbatda, oʻta yuqori aniqlikdagi qurollardan himoyalanishga alohida eʼtibor qaratishgan. Zirhlanish darajasi yengillashtirilgan: korpusi yirik kaliberli pulemyotlar tomonidan beriladigan oʻt zarbalari va oskolkalarga chidamli. Ammo perimetri boʻylab lazer indikatorlari mavjud boʻlib, ular raqibning tankka qarshi qurollarni moʻljalga olish tizimlari tomonidan "Lotos"ning nurlanishini aniqlaydi.

Bu aqlli himoya. Olingan maʼlumot avtomatik ravishda aerozol granatalar pusk qurilmalariga uzatiladi, ular oʻz navbatida nurlanish manbasiga yoʻllanadi va boyepripaslar oʻqqa tutiladi. Avtotransport vositasini qisqa muddatda zich tutun pardasi oʻrab oladi va dushmanning yuqori aniqlikdagi lazer va infraqizil diapazonlarda ishlaydigan raketalarini chalgʻitib yuboradi.

"Nona" oʻrniga "Lotos"

Oldingi qurol bilan taqqoslanganda "Lotos"ning zarba berish imkoniyatlari sezilarli kuchaytirilgan. Tank bashnyasi - avtomatlashtirilgan jangovar boʻlinmadan iborat. Qurol - masofadan boshqariladi. Moʻljalga oluvchi (navodkachi) mexanik-haydovchi bilan birga mashinaning old qismida joy olgan, ekipaj komandiri va zaryadlovchi - tank bashnyasida.

Yana bir xususiyat - samolyotdan faqat ekipajning barcha aʼzolari bilan birgalikda desant qilib tushish mumkin. "Nona"da esa havodan tushishda faqatgina komandir va mexanik-haydovchigagina mashinada ruxsat berilgan edi.

"Pushkani tanlashda - Lotos" - konstruktsiyasi hajmi va vazni boʻyicha qoʻnish uchun moʻljallangan texnikaga mos boʻlgan BMD-4 bazasida yaratilganligini eʼtiborga olgan holda tanlashgan edi, — deya tushuntiradi RIA Novostiga harbiy ekspert Aleksey Leonkov. — Agar massagabarit xarakteristikalarini oshirib yuborsa, Il-76 harbiy-transport samolyotlari oʻz bortiga yetarlicha samoxod qurilmalarini ololmaydi, jangovar operatsiyalarda esa ular soni kamida ikkita boʻlishi talab etiladi".

"Lotos"ning jangovar komplekti "Nona"nikiga qaraganda ikki barobar koʻp — taxminan 55 marta oʻt ocha oladi. Stvoli va dula tormozi nisbatan uzunligi hisobiga samarali otish masofasi 13 kilometrga yetadi. Ammo ishlab chiqaruvchilar soʻzlariga koʻra, maxsus rejalashtiruvchi jangovar zaxira 20 kilometrga ham uchib borishga qodir.

Qurol gorizontal tekislikda 360 gradusga toʻgʻrilanadi. Bundan tashqari, vertikal boʻylab pushka balandligi burchaklari - minus toʻrtdan plyus 80 gradusgacha. Yaʼni, oʻziyurar qurilma artilleriya pushkasi, gaubitsa yoxud minomet singari otishga qodir. Bundan tashqari, hattoki mashinada ekipaj boʻlmagan taqdirda ham oʻt ochish toʻliq avtomatik rejimda olib borilishi koʻzda tutilgan. Yordamchi aslaha - masofaviy boshqariladigan 7,62 millimetrli pulemyot uskunadir.

Leonkov, shuningdek, zamonaviy kommunikatsiyalar tufayli yangi samoxodkani qoʻshinlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimiga osonlikcha integrallash mumkinligini taʼkidladi.

"Ekipaj nishonlar toʻgʻrisida maʼlumotni yerdan olov zarbasini toʻgʻirlab boruvchidan yoki dronlardan oladi, - deydi ekspert. Dushman mudofaa obʼyektlarini yoʻq qilishga imkon beradigan oʻziga xos razvedka-oʻt konturi hosil boʻladi. Bu juda muhim va jangda katta ustunlik beradi. Ayniqsa, oʻq-dorilar cheklangan vaqtda dushman orqa tomonida oʻtkaziladigan operatsiyalar davomida".

Tanklar va "Sprutlar"

"Lotos" — harbiy desant qoʻshinlari uchun maxsus ishlab chiqilgan yagona yangilik emas. Yaqin yillarda bu qoʻshinlar eng zamonaviy qurol-aslahalar bilan taʼminlanadi, xususan, koʻplab namunalar jiddiy "ogʻirlashgan" va yanada kengroq zarba berish imkoniyatlariga ega boʻlgan.

Misol uchun, ikki yildan soʻng suzuvchi tank "Sprut-SDM1"ning davlat sinovlari yakunlanadi: 125-millimetrli artilleriya-raketa majmuasi jangovar qudrat jihatdan asosiy jangovar tanklar sanalmish T-80 va T-90dan qolishmaydi, ammo harakatchanlik boʻyicha yengil jangovar desant mashinalariga yaqinlashtirilgan.

"Sprut"lardan platsdarmlarda, dushman orqa tomonidan shiddatli reydlarni amalga oshirishda, shuningdek, marsh vaqtida yengil zirhlangan kolonnalar mudofaasi uchun qudratli qoʻriqlash vositasi sifatida foydalanish rejalashtirilmoqda.

"Ehtimoliy raqib yangi yoʻq qiluvchi vositalar bilan qurollanmoqda, xususan, mobil boʻlinmalarga koʻproq ahamiyat berilmoqda, - deb qoʻshimcha qiladi Leonkov. — NATOning yengil zirhlangan texnikasini bugungi kunda aksariyat hollarda yirik kalibrli avtomatlashtirilgan pushkalar bilan boyitishmoqda. Shu bois, avvalgi "bronyada" jangovar vazifalarni bajarish biz uchun nafaqat oʻta qimmat boʻlardi, balki bunday harakatlarni oʻz joniga qasd qilishga qiyoslash mumkin".

Soʻnggi vaqtlarda Harbiy desant qoʻshinlarini toʻlaqonli tank boʻlinmalari ham shakllantirmoqda. Gʻarbda bu singari boʻlinmalar aeromobil, deb ataladi. Xususan, oʻtgan yili uchta desant birlashmalari tarkibida T-72B3 tanklariga ega batalonlar paydo boʻldi. Kelajakda HDQning yana beshta birlashmasini ogʻir jangovar texnika bilan jihozlash koʻzda tutilgan.

Ekspertlar fikricha, tanklar "qanotli piyodalar"ning oʻt ochish qudratini sezilarli oshiradi va har qanday mojarolarda jangovar vazifalarni yanada samaraliroq hal etish imkonini yaratadi.

Asosiy mavzular