11:33 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Analitika
Havola olish
193121

Rossiyaning eng yangi tanki - T-14 "Armata" sinovlarni yakunladi va yaqin orada yuqori texnologiyali qurollar jahon bozorini zabt etishni boshlaydi.

Urushdan keyingi uchinchi avlod boʻlgan dunyodagi yagona - T-14 "Armata" tanki 21-25 fevral kunlari Abu-Dabida oʻtkaziladigan IDEX-2021 15-Xalqaro mudofaa sanoati koʻrgazmasida xorijiy mutaxassislarning keng doirasiga taqdim etiladi.

Ushbu xorijiy "yutuq" - uzoq muddatli davlat sinovlari muvaffaqiyatli yakunlanganini, kamchiliklar bartaraf etilganligini va "Uralvagonzavod" kontserni seriali ishlab chiqarishga tayyorligini anglatadi. Avvalroq "Rosoboroneksport" bosh direktori Aleksandr Mixeyev xorijiy sheriklar bilan T-14 yetkazib berish boʻyicha muzokaralar olib borilgani haqida maʼlum qilgandi. Eng yangi "Armata" tanki chegaraning old qatorida, dushman bilan tutashuv chiziqlarida jang olib borishga moʻljallangan va piyodalar bilan hamkorlikda eshelonlashgan mudofaani yorib oʻtishga qodir.

Turlicha jadallikdagi harbiy mojarolarda T-14 motooʻqchilar boʻlinmalari bosqinini samarali qoʻllab-quvvatlashga, ochiq va yopiq joylarda jangovar texnika va jonli kuchlarni yoʻq qilishga qodir.

Suriyada jangovar sharoitlarda hamda qahraton Arktikada (–50 do +50 darajada) tank oʻzining yuqori samaradorligini tasdiqladi. Sal avval Rossiyaning T-14 tanki dunyoning eng rivojlangan davlatlari tomonidan taqdim qilingan 12ta zirhlangan mashinalar ichida (Amerikaning Abrams, Frantsiyaning Leclerc va Germaniyaning Leopard 2 shular jumlasidan) eng yaxshisi sifatida tan olingan edi.

RF Mudofaa vazirligi yiliga 200 ga yaqin "Armata" tanklarini sotib olishni rejalashtirmoqda, yetkazib berish 2021 yilda boshlanadi, umumiy talab 2300 ta transport vositasida aniqlanadi. Rossiya Qurolli kuchlari bugungi kunda dunyodagi eng yirik tanklar parkiga ega – mashinalar soni 13 mingta, bu esa Pentagonnikiga qaraganda qariyb 7 ming donaga koʻp. Ammo piyoda qoʻshinlari tomonidan himoya qilinadigan RF hududi ham AQSH maydonidan taxminan ikki barobar koʻp, tankqurish boʻyicha Rossiya tajribasi esa faqatgina son koʻrsatkichi bilan noyob hisoblanmaydi.

Eksport istiqbollari

"Armata" – kam sonli yuqori texnologiyali, samaraliroq, eng zamonaviy uskunalar va qimmat avtomobillarni ishlab chiqarish kontseptsiyasi majmuidir. Bitta T-14 narxi – 7 mln. $ atrofida, va har qanday mamlakat mudofaa byudjeti bu narxni koʻtara olmaydi. Bu narx ancha koʻp vaqtni olgan sinovlar va modernizatsiyalar asosida shakllantiriladi (ishlab chiqarish hajmi oʻsishi bilan "tarif" ancha "demokratlashadi"). Qurol-aslahaning zamonaviy namunalarini ishlab chiqarish shu darajada chiqimdorki, qayta qurollanish uchun talab etiladigan ulkan chiqimlarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, xorijiy takliflarni koʻrib chiqadilar.

Zamonaviy dunyoda takomillashgan qurol avvalgidek koʻplab davlatlar suvereniteti uchun oʻrnini bosib boʻlmas instrument boʻlib qoladi. Moskva T-14ni xarid qilish boʻyicha dastlabki arizalarni oldi, eksport ishlari Rossiya armiyasi tank qismlari qayta qurollanganidan soʻng boshlanadi.

Forbes nashri (AQSH) T-14ning ehtimoliy xaridorlari sifatida Hindiston, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Misr va Jazoirni sanab oʻtgan (oxirgisi Rossiyaning BMPT-72 "Terminator"ini xarid qilgan). Bundan tashqari, MDH va KXSHTning alohida mamlakatlari (Ozarbayjon, Belarus, Qozogʻiston, Oʻzbekiston) ahamiyatli harbiy byudjetga yoki HTH doirasida imtiyozlarga ega, va Rossiyada ishlab chiqarilgan eng zamonaviy va qimmatbaho jangovar texnikani xarid qilishga qodir.

"Armata" kapsulasi - tank bashnyasiga toʻgʻridan-toʻgʻri zarba berilganida yoki jangovar komplekt yonganida (detonatsiya vaqtida) tankchilar hayotini saqlab qolish imkoniyatini beradi. Muallif gʻoyasi masofadan boshqarish pulti va sunʼiy intellekt elementlari boʻlgan tankning avtomat modifikatsiyasi yoʻnalishi boʻyicha davom etadi. Konstruktorlar T-14ning qoʻshinlar va qurollarning avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimiga (jangovar harakatlarning tarmoqlashgan texnologiyasi) integrallashuvini hisobga olganlar. Mashinada robotlashtirish va modernizatsiya qilish uchun cheksiz imkoniyatlarga ega.

Tank muvaffaqiyat qozonishga mahkum, uning bevosita raqobatchilari yoki shunga oʻxshash muqobillar mavjud emas. "Armata" – ekipaj uchun zirhli kapsulaga ega, metallda oʻz aksini topgan texnologik inqilobdir. T-14da qoʻllanilgan old texnologik yechimlar butun XXI asr davomida oʻz ahamiyatini saqlab qoladi. Chet ellik buyurtmachilarga sotish boʻyicha dunyodagi ikkinchi oʻrin esa (har yili taxminan 15 milliard dollar summaga) – RFda ishlab chiqarilgan eng yangi turdagi qurollarning sifati va ishonchliligini qoʻshimcha kafolatidir.

Konstruktor haddi

"Armata"ning yangicha uslubdagi shakli maxsus qoplama bilan birgalikda issiqlik va radiolokatsiya spektrlarida tank sezilarliligini ancha kamaytiradi. "Armata" zirhi mavjud har qanday tankka qarshi vosita zarbasiga dosh berishga qodir. Mashina faol va jadal himoya bilan jihozlangan, masofadan boshqariladigan qudratli pushkaga ega jangovar modul va avtomatlashgan qayta zaryadlovchi tizim bilan taʼminlangan. Bashnya perimetri va korpusi boʻylab nishonga olish va xatarlarni aniqlovchi optiko-elektron uskunalar joylashgan.

Kengburchakli videokameralar 360 gradus obzorga ega, va ekipajni "situatsion vaziyat" maʼlumotlari bilan toʻliq taʼminlaydi. Tank komandirining aylanasiga nishonlarni aniqlovchi bashnya majmuasi ham doira obzori bilan taʼminlaydi. Operator-navodchikning koʻrish majmuasi toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrish periskopi va suratni masshtablovchi imkonga ega lazerli dalnomer bilan jihozlangan. Teplovizion va infraqizil datchiklar har qanday ob-havo sharoitida, kunduzi va kechasi ishlaydi.

T-14ning "Eshelonlashgan mudofaa"si "Malaxit" passiv (anʼanaviy) himoyasini (bunda dushmanning raketalari va snaryadlari jisman yoʻq qilinadi), dushman tomondan uchib kelayotgan tankka qarshi snaryadlar, bombalar va raketalarni avtomatik rejimda yoʻq qiladigan "Afganit" faol himoya majmuasini oʻz ichiga oladi. "Afganit" radari "tank ongini" xavflar haqida ogohlantiradi, shundan soʻng radioelektron oʻchirish tizimi dushman raketalarini ishdan chiqaradi. Zaxirada shuningdek, "Relikt" modul majmuasi mavjud (tandem tipidagi dushman snaryadlarini yoʻq qilish uchun). Mutaxassislar "Armata"ni ehtimoliy dushman tanklariga nisbatan samaradorligi va yashovchanligi 30%ga koʻp boʻlgan mashina sifatida baholaydilar.

"Armata" platformasida dunyodagi eng yuqori himoyaga ega boʻlgan piyodalarning T-15 jangovar mashinasi yaratilgani ham bejiz emas.

Ekipaj (uch kishi) 125 mm silliq stvolli 2A82 pushkani tank korpusida joylashgan zirhlangan kapsulada masofadan turib boshqaradi. Uning oʻt ochish qudrati (daqiqasiga 12 marta oʻt ochish tezligi bilan) ehtimoliy dushmanning barcha mavjud tank qurollaridan qariyb 1,2 barobar ustun. Jangovar zaxiralar (ekipajdan alohida) xavfsiz joylashtirilgan - turli maqsadlar uchun moʻljallangan 40ta snaryadlar zaryad avtomatidan joy olgan. "Armata" optikasi - kunduzi 5 kilometrgacha, kechasi 3,5 kilometrgacha masofada joylashgan nishonlarni topish imkonini beradi.

Ellik tonnalik T-14 tanki quvvati 1500 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan va soatiga 90 km tezlikda harakatlanishga qodir (amerikaning M-1 Abrams tankidan tezroq). "Armata"ning chidamliligi 900 mm dan ortiq boʻlgan yengil zirhi Moskva "Poʻlat ilmiy-tadqiqot instituti" tomonidan ishlab chiqilgan. Zamonaviy gʻarb namunalari tobora ogʻirlashib bormoqda va shu bois, harakatchanlikda Rossiya tanklariga yutqazmoqda (Abrams tanklarida Isroilda ishlab chiqarilgan "Trofi" faol himoya tizimi oʻrnatilmoqda – bu tank vaznini 3,5 tonnaga oshiruvchi yirik konteynerlar boʻlib, ushbu holatni sezilarli "kamchilik" deya hisoblash mumkin).

Asosiy mavzular