17:25 15 Iyul 2020
Efir
  • RUB143.88
  • EUR11518.27
  • USD10194.96
Kolumnistlar
Havola olish
152420

Boltiq flotining jangovar tarkibi muntazam ravishda bortida uzoq masofaga moʻljallangan, yuqori aniqlikdagi raketa qurollari joylashtirilgan yangi avlod kemalari bilan bilan toʻldirilmoqda.

Bu NATO mamlakatlarining mintaqadagi harbiy infratuzilmani va bir qator tajovuzkor imkoniyatlarni agressiv rivojlantirishga Rossiyaning muqarrar va teng javobidir.

Rossiya HDF bosh qoʻmondoni Nikolay Yevmenovning soʻzlariga koʻra, yaqin kelajakda Boltiq dengizi floti suv usti kuchlari "Kalibr-NK" qanotli raketalari bilan qurollangan 22800 "Karakurt" loyihasining olti dona kichik raketa kemalari bilan toʻldiriladi. Oltita KRK (kichik raketa kemasi) dan toʻrttasi "Pantsir-ME" zenit-raketa majmuasisining dengiz varianti bilan jihozlanadi.

Yangi raketa kemalarining paydo boʻlishi Rossiya dengiz flotining Boltiq dengizidagi tezkor va strategik birlashmasining xujum kuchini sezilarli darajada oshiradi. "Karakurt"ning asosiy quroli - jangovar vaziyatda sinovdan oʻtgan va 2,5 ming kilometrgacha masofadagi nishonga zarba berishga qodir boʻlgan "Kalibr-NK" qanotli raketalari. Qoʻyilgan vazifasiga qarab, bitta bunday kema dushmanning raketali esminetsini, harbiy bazasini yoki aerodromini yoʻq qilishi mumkin (misol uchun, Baltiyskdan Ramstein aviabazasigacha - atigi ming kilometr).

"Karakurt" moʻljal vazifalarini yakka oʻzi, hamda dengiz floti guruhining bir qismi sifatida bajarishi mumkin.

Ushbu seriyadan birinchi boʻlib hozirda "Pantsir-ME" majmuasining dengiz modifikatsiyasi sinovdan oʻtkazilayotgan "Odintsovo" KRK hizmatga topshiriladi. Avvalroq, Boltiq flotiga 22800 loyihasining ikkita kemasi  topshirilgan: "Mыtiщi" va "Sovetsk". Rossiyada 2026 yilga kelib 18 ta "Karakurt" qurilishi rejalashtirilgan.

Malыy raketnыy korabl proyekta 22800 (Karakurt)
© Sputnik / Sergey Mamontov
Malыy raketnыy korabl proyekta 22800 (Karakurt)

Boltiq floti yangi raketa kemalarini ustuvor tartibda oladi, chunki u gʻarbiy strategik yoʻnalishda joylashgan va dushmanning ehtimoliy raketalari va havo zarbalarini qaytarishga doimo tayyor. Flotning asosiy vazifalari quyidagilar: iqtisodiy zona va ishlab chiqarish mintaqalarini himoya qilish, yuk tashuvchi flot yurishi xavfsizligini taʼminlash va Rossiya hukumatining Dunyo okeanining iqtisodiy jihatdan muhim hududlarida tashqi siyosiy harakatlarini amalga oshirish.

Harbiy kemalar vatani qirgʻoqlari yaqinida, Oʻrta yer dengizida, Hind va Atlantika okeanlarida xizmatni oʻtashmoqda. Boltiq floti tarkibiga yer usti kemalari boʻlinmalari, dizel suv osti kemalari divizioni, yordamchi va qidiruv-qutqaruv kemalari boʻlinmalari, dengiz aviatsiyasi, qirgʻoq qoʻshinlari, havo mudofaasi boʻlinmalari va boshqalar kiradi. Joylashtirishning asosiy punktlari Baltiysk shahri (Kaliningrad viloyati) va Kronshtadt (Leningrad viloyati).

Kichkina demang bizni...

22800 loyihasining raketa kemalari konstruktsiya va jangovar imkoniyatlari bilan noyobdir, dunyoda analoglari yoʻq. Masalan, "Karakurt" KRK yaqin dengiz hududining 21631 loyihasining "Buyan-M" raketa-artilleriya kemasidan sezilarli darajada ustundir.

Samarali qanotli raketalariga ega boʻlgan yuqori aniqlikdagi "Kalibr-NK" majmuasidan tashqari (bortda qancha borligi sir), yangi KRKlarda ilgʻor boshqarish tizimlari, havo mudofaasi, radiotexnik qurol, radio aloqa, navigatsiya, radioelektron kurash (REB), shuningdek, diversiyaga qarshi uskunalar mavjud. Ixcham kema korpusiga (uzunligi 67 metr, kengligi 11 metr, hajmi 800 tonna) katta jangovar kuch uygʻunlashgan.

Kelajakda 22800 loyihasi, shuningdek, bir ming kilometrdan uzoqdagi nishonga zarba beruvchi, mavjud va istiqbolli raketalarga qarshi mudofaa tizimlariga sezilmaydigan "Tsirkon" gipertovush raketalarini ham oladi (3M22 "Tsirkon" raketasi soatiga 10 ming km tezlikda uchadi). Rossiya harbiy-dengiz flotining "uzoq va aniq qoʻllar" dasturi boshqa bir loyihadagi kichik raketa kemalaridan foydalangan holda Suriyadagi ID* jangarilarini yoʻq qilishning amaliy tajribasini hisobga olgan holda rivojlanmoqda.

Korabelnыy zenitnыy raketno-artilleriyskiy kompleks (ZRAK) Pantsir-ME
© Sputnik / Aleksandr Melnikov
Korabelnыy zenitnыy raketno-artilleriyskiy kompleks (ZRAK) "Pantsir-ME"

Oʻtgan yili qurilgan "Odintsovo" KRKsi birinchi boʻlib oʻz qurol tizimiga integratsiyalashgan soʻnggi "Pantsir-ME" havo mudofaa tizimini qabul qildi. Bu bitta minora uskunasi ichida qudratli artilleriya va koʻp rejimli raketa qurollarini va radiolokatsion-optik boshqaruv tizimini birlashtirgan dunyoda yagona tizimi.

Avtomatlashtirilgan majmua tahdidlarga deyarli bir zumda (uch-besh soniya) javob berishni taʼminlaydi va barcha turdagi havo nishonlariga (sekundiga ming metr tezlikgacha uchadigan) zarba berishga qodir, shu jumladan kemaga qarshi raketalar, aviabombalar, dronlarga ham - 20 kilometrgacha uzoqlikda va 15 kilometrgacha balandlikda. Eslatib oʻtaman, quruqlikdagi "Pantsir" Suriyada eng yuqori jangovar samarani koʻrsatdi. Kema versiyasi ham asosiy modelning fazilatlarini meros qilib oldi. Dengizdagi "Pantsir"ning analoglari yoʻq va yaqin kelajakda kutilmayapti ham.

Kichik raketa kemasi kichik aks beruvchi yuzasi tufayli dushman radarlarida aniqlanishi oson emas. Ekipaj (39 kishi) atrof-muhitni "Mineral-M" koʻp funktsiyali kompleks (gorizont orti masofasining faol va passiv radiolokatsion stantsiyalari) yordamida kuzatib boradi. Farqlanuvchi xususiyatlar roʻyxatiga "Karakurt"ning maksimal tezligini - 30 uzel (soatiga 55 kilometrdan ortiq), avtonomlikni - 15 kun, yurish masofasi - 2,8 ming dengiz miligacha (4,5 ming kilometrdan ortiq) qoʻshish mumkin. Darhaqiqat, kichik, ammo juda chaqqon. 22800 loyihasining yangi KRKlari NATO mamlakatlarining nodoʻstona dengiz kuchlari bilan oʻralgan Boltiq dengizi flotining operativ imkoniyatlarini kengaytiradi.

Suverenitet asosi

Soʻnggi olti oy ichida Boltiq flotida 1500 ga yaqin jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlari muvaffaqiyatli oʻtkazildi. Ekipajlar 400 ga yaqin jangovar mashqlarni, shu jumladan 180ta artilleriya va yetti raketa otuvlarini, minalar oʻrnatishni, chuqurlikga bomba otish va minalardan tozalash ishlarini amalga oshirdi. Tuzilmalar va qismlarning qoʻshma mashgʻulotlari davomida kema va qirgʻoq zobitlari turli kuchlar va vositalarni boshqarishni oʻrgandilar.

Boltiq floti bugungi kunda kuchli va turli hil qismlardan iborat guruhga ega, u zamonaviy qurol va texnik vositalari bilan qurollangan suv usti va suv osti kuchlari, aviatsiya, havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va quruqlikdagi kuchlarga ega. Harbiy tayyorgarlikning ustuvor yoʻnalishi - flotning turli hujum kuchlarining (kema hujum guruhlari, aviatsiya va Boltiq dengizi hududidagi qirgʻoq kuchlari bilan birgalikda) harakatlarini sinashdir. Shu bilan birga dengizdagi klassik muammolarni hal qilishda zamonaviy "Stereguщiy", "Soobrazitelnыy", "Boykiy" va "Stoykiy" korvetlari, shuningdek, "Sovetsk", "Serpuxov", "Zelenыy Dol" va "Mыtiщi" kichik raketa kemalari muhim rol oʻynaydi. Yangi "Kalibr-NK" qanotli raketalari va ehtimol, "Tsirkon"lar bilan jihozlangan "Karakurt"lar navbati ham yaqinlashmoqda.

Qurol-aslaha sohasidagi yuqori texnologiyalar har qanday mamlakatning haqiqiy suvereniteti va barqaror rivojlanishining asosi boʻlib qolmoqda va Rossiya ushbu yoʻnalishda, va hususan, Boltiqboʻyi mintaqasida barcha raqiblardan ustundir. Pentagon rasmiy ravishda  (XHR va Rossiya Federatsiyasining kuchayishi fonida) AQShning global harbiy ustunligini  yoʻqotganini, shuningdek Rossiyaning Boltiqboʻyi mintaqasidagi NATOdan harbiy-geografik ustunligini tan olmoqda. RFning yuqori texnologiyali qurol-aslaha sohasidagi yetakchiligi bu – yagona maqsad emas, balki zamon talabi va milliy xavfsizlik kafolati.

* “Islom davlati” (ISHID, ID) - Rossiya va dunyoning koʻplab mamlakatlarida taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Asosiy mavzular