13:02 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Kolumnistlar
Havola olish
Olimpiada-80: hammasi qanday boʻlgan edi? (22)
93810

Olimpiada 80 - Hammasi qanday boʻlgan edi? Bu safar ushbu afsonaviy Olimpiadaga Oʻzbekistonning "Andijanka" chim xokkey jamoasi qanday hissa qoʻshgani haqida.

SSSRda ayollar chim xokkeyi Olimpiadadan uch yil avval paydo boʻldi, ammo ushbu sport turi birinchi bor namoyish etilgan bu Oʻyinlarda, turnir mezbonlari medallarni egallashga muvaffaq boʻlgan. Mamlakat asosiy jamoasidagi sportchilarning aksariyati Oʻzbekistonning “Andijanka” jamoasidan boʻlgan.

Qanday qilib Oʻzbekistonlik gandbolchi-qizlar Olimpiada-80 uchun chim ustida xokkeychiga qayta tayyorlanganligi, nimaga sovet terma jamoasining asosiy raqibi - Afrikaning Zimbabve jamoasida ushbu sport musobaqalarida asosan oq tanli sportchilar boʻlgani va ularning Oʻyinlardan keyin taqdiri qanday kechgani haqida chim ustida xokkey boʻyicha Sovet ayollar milliy terma jamoasi aʼzosi Valentina Zazdravnыx Sputnik-ga bergan intervyusida gapirib berdi.

 “Biz boshqa sport turiga oʻtamiz” yoki dadil tajriba

Valentina Zazdravnыx xokkey bilan shugʻullanishni Oʻzbekistonda, Andijonda boshladi. Aslida, uni sportga tasodif olib keldi.

“Men beshinchi sinfdan beri shugʻullanganman, - deydi Valentina Zazdravnыx. - Miriman Kim, bizning kelajakdagi Olimpiya murabbiyimiz, maktabimizda jismoniy tarbiya fanidan dars berardi va barcha qizlarni gandbol oʻynashga undagan. Men Oʻzbekiston terma jamoasiga kiritildim. 1972 yilda Kiyevda boʻlib oʻtgan maktab oʻquvchilari Spartakiadasida qatnashdim, keyin gandbol boʻyicha SSSR xalqlarining  V Spartakiadasida, 1977 yilda KPSS viloyat qoʻmitasining ikkinchi kotibi, ingliz tilini mukammal bilgan Boris Krasnikov bitta jurnalda Olimpiada-80da chim ustida xokkeyni alohida olimpiya sport turi sifatida kiritish rejalashtirilganligini oʻqiguniga qadar. U murabbiyimizni chaqirib, taklif qildi: “Shuni qilib koʻrin!”. Keyin murabbiy bizning oldimizga keldi-da va quyidagi xabar bilan bizni hayratga soldi: “Biz boshqa sport turiga oʻtamiz”.

Dastlab yangi jamoa xokkey bilan futbol maydonida shugʻullandi. Na chavganimiz boʻlmagan va na toʻpimiz. Ammo SSSR olimpiya terma jamoasiga kirish va ehtimol uning asosini tashkil etish qatʼiyligi boʻlgan.

Sovetskaya jenskaya sbornaya po xokkeyu na trave
© Foto : Iz lichnogo arxiva Alinы Xam
Sovetskaya jenskaya sbornaya po xokkeyu na trave

“1977 yil avgustda murabbiyimiz kelishuvga erishib, biz Ukraina SSR Chernovtsi shahriga bordik, - deb eslaydi Olimpiya medali sovrindori. - U yerda erkaklar jamoasi bor edi. Va biz erkaklarga qarshi oʻynay boshladik. Yigitlar bizga oʻynashni oʻrgata boshladilar. Chernovtsida biz dastlabki asoslarni oʻzlashtirdik, toʻpni qanday olib borishni, chavganni qanday ushlash kerakligini oʻrgandik. Qaytib kelganimizda, Andijon mebel fabrikasi bizga chavganlarni tayyorlab berdi. Albatta, ular xalqaro standartlarga javob bermagan. Ammo biz aynan ularda mashqlarni olib bordik. Keyinchalik, Oʻyinlarga yaqin biz uchun yaxshi import chavganlar, toʻplar, oyoqqa himoya qalqonlari sotib olindi”.

1979 yil mart oyida Moskvada chim ustida xokkey boʻyicha ayollar jamoalari oʻrtasida birinchi turnir boʻlib oʻtdi. Tarixiy, birinchi golni “Andijanka” oʻyinchisi Svetlana Rassolova kiritdi. Ushbu musobaqada Oʻzbekiston SSR xokkeychilari gʻalaba qozonishdi. Keyinchalik ushbu jamoa ketma-ket ikki marta SSSR chempionligini qoʻlga kiritdi.

SSSR Olimpiya terma jamoasiga Andijonlik toʻrtta xokkeychi taklif qilindi: Alina Xam, Leyla Axmerova, Nelli Gorbatkova va Valentina Zazdravnыx. Ammo jamoaning asosini Moskva va Moskva viloyati sportchilari tashkil etdi.

Perrondagi mashgʻulotlar, posilkalar va yigitlar uchun latifalar

Oʻzbekiston SSR xokkeychilari Olimpiya oʻyinlariga “Andijon – Moskva” samolyotida uchishdi - avallari bu shaharlar orasidagi havo qatnovi muntazam edi.

“Olimpiadan oldin biz tez-tez, uch kunlab poyezdda safarga chiqishimizga toʻgʻri kelar edi”, - deb eslaydi Valentina Zazdravnыx. – Toʻxtab turish besh daqiqadan koʻproq boʻlgan har qanday bekatlarda, murabbiy bizni platformaga olib chiqardi va biz u yerda yugurar edik. Shunda biz ham achchiqlanib: “Hamma bizga ahmoqlarga oʻhshab yugurishimizga koʻz tikib turadi!", derdik. U esa: “Yetib borguncha tayyor boʻlasiz”, der edi.

Moskva yaqinidagi Novogorskdagi baza andijonlik xokkeychilar uchun birinchi Olimpiya maskani boʻldi. Valentina Mixaylovnaning soʻzlariga koʻra, u yerdagi muhit aʼlo edi.

“Biz Moskvaga mashgʻulot oʻtkazish uchun borardik. Qolgan vaqtimizni shu yerda, tabiatda oʻtkazganmiz. Bazamizga yumoristlar kelishardi. Ular bizga nimalarnidir gapirib berishardi va biz kulardik. Toʻsatdan qizlarni zaldan chiqarib yuborishdi va artist oʻzining faqat erkaklarga moʻljallangan latifalarini aytishni boshladi. Ular basketbolchilar boʻlgan. Biz ular bilan doʻstlashib oldik. Biz basketbolchini koʻrganimizda uning yoniga joylashvolardik. Ularning orasida 1972 yilda AQShga qarshi afsonaviy uchrashuvda ishtirok etgan oʻzbekistonlik Aljan Jarmuxametov ham bor edi”, - deya eslaydi xokkeychi.

Oʻyinlar boshlanishidan oldin ishtirokchilar Olimpiya shaharchasiga koʻchirildi.

“Biz baland binolardan birining 14-qavatida yashardik, - deb eslaydi sportchi. - Bizga butun qavat berildi. Bir xonada ikki kishidan yashaganmiz. Bu yerda majlis zali bor edi, unda kontsertlar, filmlar qoʻyilar edi. Zerikmaganmiz. Ovqat aʼlo darajada edi - ham ikra, ham har xil yongʻoqlar. Ovqatlanishimizga bizga kuniga 22 rubl hisobida talonlar berilardi. Tabiiyki, biz unchalik ovqatlanolmasmadik, yarmini sarflardik holos. Qolganiga oziq-ovqatlarni - boʻlingan kolbasa, mandarin, teshik kulchalarni yigʻib, ularni posilkalar bilan uyga joʻnatardik. Axir biz oʻzbekistonlik edik, Moskvada esa bu narsalar koʻp edi. Biz tez-tez safarlarga chiqqanimiz uchun poyezdlardagi provodnik tanishlarimiz ham bor edi.  Olimpiya shaharchasida nafaqat oziq-ovqat sotib olish mumkin edi. Men “Elektronika” magnitofonini sotib olgandim. U anchagina qimmat edi, lekin men men baribir sotib oldim”.

Oltin medaldan mahrum qilgan halokatli xato 

Moskvada SSSR ayollar xokkey jamoasi ikki arenada – “Dinamo” va Yosh pionerlar stadionida oʻynadi.

Ayollar xokkeyidagi oltin medallar taqdiri SSSR - Zimbabve uchrashuvida hal boʻlayotgan edi. Sovet jamoasi 0:2 hisobida yutqazayotgandi. Va endi hakam zimbabveliklar darvozasiga penalti belgiladi. Murabbiy zarbani amalga oshirishga yigirma besh yoshli Valentina Zazdravnыxni yubordi.

“Biz gollar farqi boʻyicha birinchi oʻringa koʻtarilishimiz mumkin edi, - deb eslaydi u. - Oʻsha paytda hammasi menga bogʻliq edi. Men zarbani berdim. Va ... gol urolmadim. Va SSSR terma jamoasi oltin oʻrniga bronzaga erishdi.

Valentina Mixaylovna oʻz xatosiga bahona topolmaydi. Oʻshanda ham uni hech kim ayblamagan edi. Axir bu sport. Va unda, hayotda boʻlgani kabi, har narsa sodir boʻladi.

Jenskaya sbornaya SSSR po xokkeyu na trave vo vremya Olimpiadы-80
Foto iz lichnogo arxiva Valentinы Zazdravnыx
Jenskaya sbornaya SSSR po xokkeyu na trave vo vremya Olimpiadы-80

“Bu zarbani men bermasligim kerak edi, ammo ustozimiz shu qarorni qabul qildi, garchi Natella Krasnikova va Natalya Buzunovalar doim penaltilarni amalga oshirgan boʻlsa ham”, - deb eslaydi Moskva Olimpiadasining bronza medali sovrindori. – Ustiga ustak, Oʻyinlardan biroz oldin men jarohat olganman – uch yuz grammlik toʻp oyogʻimga qattiq tekkan. Bu ham taʼsir qilgan boʻlishi mumkin edi”.

Valentina Mixaylovna shuningdek, Zimbabve chim ustida xokkey jamoasi asosan kelib chiqishi yevropalik qizlardan tashkil topganligini, ular orasida faqat bir nechta qora tanli sportchilar boʻlganini taʼkidladi. U paytda Buyuk Britaniyaning sobiq mustamlakasida kattagina oq tanlilar jamoasi qolgan. Darvoqe, ushbu medal, Zimbabvening Moskvadagi Oʻyinlarda umuman yagona medali boʻldi.

Xokkeychilar shu yerning oʻzida, oʻyin boʻlib oʻtgan Yosh pionerlar stadionida taqdirlandi va deyarli darhol uylariga joʻnatildi. Xokkeychilar Oʻyinlar yopilishini televizor orqali tomosha qilishdi.

Gʻalaba boy berilganiga qaramay, debyutantlarning natijalari muvaffaqiyatli deb baholandi. Ayniqsa, oʻzbekistonlik xokkeychilarining vatanida. Toshkentda va Andijonda ularni haqiqiy qahramonlardek kutib olishdi.

Sharaf Rashidov pozdravlyayet uchastnitsu Olimpiadы Valentinu Zazdravnыx s nagradoy
Sharaf Rashidov pozdravlyayet uchastnitsu Olimpiadы Valentinu Zazdravnыx s nagradoy

“Bizni Andijonda sharaflashdi, Toshkentda esa hukumat qabuli boʻlib oʻtdi, unda bizni Oʻzbekiston Markaziy Qoʻmitasining birinchi kotibi Sharof Rashidov shaxsan taqdirladi, - deb eslaydi sportchi. – Shuningdek, bizni televideniyega taklif qilishdi - Yangi yil “Ogonyok”ida ishtirok etish uchun. Keyin bizga rangli televizorlar taqdim qilishdi. Andijonda esa barcha sovrindorlarga avtomashinalarni navbatsiz sotib olishga ruxsat berishdi - juda kamyob tovar. Avtomashina oddiy – “Jiguli” edi. Sovgʻa pulining bir qismi - 1500 rubl, 1200 rubl - chegirmasi bilan.

Chet elga tilxat orqali chiqish va oziq-ovqat doʻkonida sotuvchi boʻlib ishlash

Garchi SSSRning yosh milliy terma jamoasi “oltin”ni qozonolmagan boʻlsa-da, ammo juda mashhur boʻldi: Olimpiadagacha hech kim Sovet sportchi-qizlari haqida eshitmagan, ular esa shohsupaga koʻtarilishdi. Sportchilarni butun dunyo boʻylab taklif qila boshlashdi.

Trener Miriman Kim i yego vospitannitsы iz jenskoy xokkeynoy komandы Andijanka
Iz lichnogo arxiva Valentinы Zazdravnыx
Trener Miriman Kim i yego vospitannitsы iz jenskoy xokkeynoy komandы "Andijanka"

“1981 yilda “Mehnat” erkaklar jamoasini (u yerda Valentinaning eri oʻynagan, xuddi shunday, xokkeychi) va men oʻynagan “Andijanka”ni Belgiyaga taklif qilishdi. Toʻsatdan erim va meni mamlakatdan chiqarmay qoʻyishdi. Aniqlanishicha ikkalamizdan birimiz borishimiz mumkin ekan. Ammo kim? Biz ikkalamiz ham jamoamizning yetakchi oʻyinchilarimiz. Natijada biz qolib ketishga urinmasligimiz haqida tilxat yozishga majbur boʻldik”, - deya eslaydi Zazdravnыx.

Huddi oʻsha yili Argentinada xalqaro turnir boʻlib oʻtdi, unda ham SSSR terma jamoasi Moskvadagi Olimpiada natijalarini takrorladi.

Milliy birinchilikda ketma-ket ikki gʻalabadan soʻng, Valentina Mixaylovna oʻynovchi murabbiy maqomiga oʻtdi, keyin bir necha yil sportinternatda ishladi, “Andijanka” uchun sport zaxirasini tarbiyaladi.

Sovet Ittifoqi qulaganidan soʻng, 1995 yilda xokkeychining oilasi Rossiyaga koʻchib oʻtdi.

“Biz butun oilamiz bilan birga yigʻildik – onam, dadam, opa-singillarim, akam. Jami oʻn toʻrt kishi. Va hammamiz Bryansk viloyatiga borib, uch xonali kvartiraga joylashdik, - deb eslaydi sportchi. - Mening Moskvadagi dugonalarim menga: “Valya, agar oʻzinga homiy topsang, u hamma narsenga yordam beradi. Agar topmasang...” Shu tariqa yashadik”.

Bunday qiyin sharoitda Olimpiada-80 bronza medal sovrindori oziq-ovqat doʻkonida oddiy sotuvchi sifatida ishlashga kirishdi.

“Men matematikani yaxshi bilardim, - deb eslaydi Valentina Mixaylovna. - Xaridorlar mening kimligimni anglamas edi. Ish beruvchilar ham. Ular shunchaki Oʻzbekistondan kelib qolgan deb oʻylashar edi. Ular hamma qatori pul toʻlashardi. Albatta, charchaganman. Har qanday ishga kirishardim - tozalovchi, bularning barchasidan dam ovolish uchun. Keyin yana sotuvchilik”.

Hozir Valentina Zazdravnыx Moskvada yashaydi, uchta qiz va bir oʻgʻil nabirani tarbiyalaydi. Oila, albatta, sport bilan shugʻullanadi: bitta qiz nabirasi badiiy gimnastika bilan, ikkinchisi suzish bilan shugʻullanadi. Kim biladi, ehtimol ular nafaqat buvisining muvaffaqiyatini takrorlay olishadi, balki undan ham oʻtib ketishar.

Valentina Zazdravnыx — bronzovыy prizer Olimpiadы-80 po xokkeyu na trave
Sputnik / Maksim Blinov
Valentina Zazdravnыx — bronzovыy prizer Olimpiadы-80 po xokkeyu na trave
Mavzu:
Olimpiada-80: hammasi qanday boʻlgan edi? (22)

Mavzu boʻyicha

Olimpiada-80: hammasi qanday boʻlgan edi?

Asosiy mavzular