23:01 03 Avgust 2020
Efir
  • RUB142.37
  • EUR11896.04
  • USD10207.69
Kolumnistlar
Havola olish
Olimpiada-80: hammasi qanday boʻlgan edi? (20)
546 0 0

Musulmon sportchilar uchun ziyoratning asosiy joyi va imomlar "tanlanishi" haqida Sputnik maqolasida oʻqing.

TOSHKENT, 31 iyul - Sputnik, Mariya Naumenko, Lev Rijkov. 1980 yilgi Moskva Olimpiada arafasida murakkab vazifa hal qilinishi kerak edi: Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi qoidalariga binoan, Oʻyinlar ishtirokchilari uchun ibodatxonalar va masjidlar jihozlanishi kerak edi.

Olimpiya shaharchasi diniy markazi qanday ishlagani va ayrim ulamolar baʼzida zerikkani haqida - Sputnik maqolasi.

Sportchilar suratga tushgani kirishardi

"Sovet sportchilari borasida hech qanday muammo boʻlmagan. Men duo olgani kelgan yoki va biror ibodat marosimida qatnashgan sportchilarimizni koʻrmadim. Bularning hammasi chet el delegatsiyalari uchun qilingandi", - deb eslaydi Tolmachidagi Avliyo Nikolay cherkovi boshqaruvchisi, protoiyerey Nikolay Sokolov. Unga 1979 yilda Olimpiya shaharchasida diniy xonalarni tashkil qilish topshirigʻi berilgan edi.

Moskvadagi Olimpiya shaharchasining madaniy markazida har biri 100 kvadrat metrdan iborat uchta zal ajratilgan. Ulardan birida xristian dinini eʼtiqod qilganlar uchun ibodat xonalari (katoliklar, pravoslavlar va turli protestant oqimlari ergashuvchilari), ikkinchisida - Islom, uchinchisida  esa - Iudaizm va Buddizm eʼtiqodchilari ibodat qilgan.

Baʼzi diniy tuzilmalar vakillari chet eldan taklif qilingan. Marosimlarni bajarish uchun 20 nafar din vakillari tanlab olingan edi. Ulardan biri Rossiyaning amaldagi bosh ravvini Adolf Shayevich edi. 

Uning taʼkidlashicha, sportchilar ibodat xonasiga faqat suratga tushish uchun kirganlar - "hech qachon sportchilar ibodat qilish uchun yigʻilmagan".

"Kirganlarning barchasi hayron qolardi. Ular Sovet Ittifoqida din taʼqib qilinishini bilardi, Olimpiya shaharchasida esa butun bir diniy markaz paydo boʻlgan. Bizning oʻzimiz uchun ham bunday qarorning qabul qilinishi hayratlanarli va kutilmagan hol boʻldi", - deydi Shayevich.

Butunittifoq Yevangeliye xristian-baptistlar Kengashining sobiq rahbarlaridan biri Valter Mitskevich ham maxsus ajratilgan ibodat xonalari sportchilar orasida mashhur boʻlmaganini tasdiqlaydi.

1980 yilda Olimpiya shaharchasida xizmat qilgan Mitskevich: "Bu juda zerikarli navbatchilik edi. Bizga kamdan-kam odamlar kelardi: gohida biror chet ellik yugurib kelib tiz choʻkib ibodat qilardi. Biz ular bilan koʻp ham aloqa qilmasdik", - deydi 1980 yilda Olimpiya shaharchasida xizmat qilgan Mitskevich.

Svyaщennoslujiteli v zdanii Kulturnogo tsentra Olimpiyskoy derevni vo vremya XXII letnix Olimpiyskix igr
© Sputnik / Sergey Guneyev
Svyaщennoslujiteli v zdanii Kulturnogo tsentra Olimpiyskoy derevni vo vremya XXII letnix Olimpiyskix igr

Ammo din vakillariga xorijiy OAVlar alohida qiziqish bildirgan.

"Oʻnlab jurnalistlar - yaponiyaliklar va norvegiyaliklar kelishardi. Ular suratga olishardi, umuman Ittifoqda din ishlari qay ahvolda boʻlgani haqida savollar berishardi. Ularning koʻpchiligi Olimpiya shaharchasida yashashgan va doim madaniy markaz atrofida yurishardi", - deb eslaydi Shayevich.

Ertalabki ibodatdan keyin televizor koʻrgani borardik

"Biz xonani men ikkita buddist lamasi bilan boʻlishganmiz. Har kunni ertalab men oʻzimning yarmimda ibodat qilish bilan boshlardim, ular oʻzlari tomonida, keyin esa birga televizor koʻrgani borardik. Yagona narsa – markazda tez-tez ibodat qilgani kelib turgan katolik sportchilar muayyan soni boʻlgani”, - deydi Adolf Shayevich.

"Musulmonlar ertalab bu yerga kelishadi-da, keyin xonani qulflab ketishardi - ular uchun stadionga yoki boshqa joyga borish yanada qiziqarliroq edi", - deya qoʻshib qoʻyadi Mitskevich.

Valter Arturovich eslashicha, katolik ruhoniylari Moskvaga Litvadan kelgan, u doim ularning marosimlarini qiziqish bilan kuzatgan.

"U yerda uchta katolik bor edi. Oyogʻini uchigacha qora libos kiygan. Ular har kuni ertalab va har doim ibodat qilishar va Iso Masihning Golgofa azoblarini eslashardi", - deydi Mitskevich.

Shayevichning soʻzlariga koʻra, barcha konfessiyalar vakillari bir-biri bilan doʻstona munosabatda boʻlishgan va har kuni musobaqada koʻrganlari bilan oʻrtoqlashardi.

"Biz deyarli barcha ruhoniylar bilan gaplashardik: pravoslavlar, musulmonlar bilan. Biz, aslida, bitta mehmonxonada yashaganmiz, aloqalar juda yaxshi edi, taassurotlarimiz bilan almashardik. Asosan sport haqida gaplashardik", - deydi Shayevich.

Madaniyat markazi vestibyulida katta yapon televizorlari turardi. Bundan tashqari, ekranlar restoranlarda xam bor edi - ular orqali musobaqalar namoyish etilardi. Ravvin katta sport muxlisi boʻlgani uchun musobaqaning borishini kuzatishga barcha imkoniyatlardan foydalanganini taʼkidlaydi.

Shayevich, oʻyinlardan keyin "idoraga hisobot berish" kerak boʻlganligini eslaydi. Va u SSSR Vazirlar Kengashi huzuridagi Din ishlari boʻyicha kengashda: "hech qanday diniy tadbirlar boʻlmadi, hech kim ibodat kitoblarini (duolar toʻplamlari - tahr.) soʻramadi va kelmadi ham", deb hisobot bergan.

"Olimpiya shaharchasida ibodat xonalarining hech qanday reklamasi yoʻq edi. Bu yerda ibodatxona borligini tushunishlari uchun katta harflar bilan "Ibodat xonasi" deb yozib qoʻyish kerak edi. Bunday narsalar yoʻq edi. Odam bu joyni Xudo bilan, ruhoniylar bilan muloqot joyi ekanligini qanday tushunishi mumkin?! Shuning uchun, shaharchaga kelib, qayerga borishni bilmaysiz", - deya shikoyat qiladi Mitskevich.

Protestant ruhoniysining soʻzlarini Moskvadagi XXII Olimpiada oʻyinlarida shahsiy birinchilikda bronza medalini qoʻlga kiritgan sovet ot sportchisi Yuriy Salnikov ham tasdiqlaydi.

Irlandskiye sportsmenы, chlenы natsionalnoy olimpiyskoy komandы vo vremya slujbы v Olimpiyskoy derevne
© Sputnik / Sergey Guneyev
Irlandskiye sportsmenы, chlenы natsionalnoy olimpiyskoy komandы vo vremya slujbы v Olimpiyskoy derevne

"Men shaharchada ibodat xonalarini koʻrmadim va u yerga borolmadim. Men ham choʻqintirilganman va Xudoga ishonaman. Agar shaharchada ibodat xonalari borligini bilganimda, u yerga albatta borgan boʻlardim. Buni chin dildan aytyapman", - deydi Salnikov.

"Moskvada ibodatdagi har qanday sportchi ibodat xonasiga kirishi mumkin edi, bu taʼqiqlanmagan edi. Ammo Olimpiada Oʻyinlarida ishtirok etayotganini va buni ustiga ibodatdaligini rasman maʼlum qilish - bu aql bovar qilmaydigan ish edi. Hamma jim edi", - deydi pravoslav ruhoniysi Nikolay Sokolov.

Kinozal va suvenir doʻkonlari: Olimpiada-80 ruhoniylari hordiq chiqarishi

Vaqt oʻtishi bilan ruhoniylar oʻzlariga har xil ovunishlarni ixtiro qilishlariga toʻgʻri kelardi.

Mitskevich: "Hech kim kelmaganida vaqt juda ogʻir oʻtadi. Men kinoteatrga tez-tez borib turardim, u yerda eng yaxshi sovet filmlari namoyish etilardi, zal esa doim boʻsh edi", - deydi Mitskevich.

Yana Valter Arturovich "ajoyib sartaroshxonalar va turli xil suvenir doʻkonchalari" bor Olimpiya shaharchasida aylanib yurishni yaxshi koʻrardi.

"Men magazinlardan mamnuniyat bilan cherkovlar, diqqatga sazovor joylar tasvirlari bor, Ivanovning "Masixning odamlarga koʻrinishi" rasmi tushirilgan otkritkalarini sotib oldim", - deb eslaydi Mitskevich.

Shuningdek, Olimpiya shaharchasida kechqurunlari doim diskotekalar va sovet estradasi yulduzlari ishtirokida kontsertlar uyushtirilardi.

"Bizning yetakchi sanʼatkorlarimiz tashrif buyurardi: Lev Leщenko, Vladimir Vinokur, Edita Pyexa, Lyudmila Zыkina. Odatda ularning kontsertlariga tushish oson emas edi. U yerda men Iosif Davыdovich Kobzon bilan tanishib oldim. U shaharchaning diniy markazida ravvin ham borligidan hayron qoldi”, - deydi Adolf Shayevich.

"Zыkina ibodat xonasiga kelib: "Ha, albatta, Xudo bor, Xudo boʻlmasligining iloji  yoʻq ... Odamlarga Xudo toʻgʻrisida eshitishi uchun koʻproq imkoniyat berish kerak", degani hech esimdan chiqmaydi. Bizning ziyo ahli, madaniyatimiz vakili: “odamlarga axloq, maʼnaviy hulqni oʻrgatish kerak”, degan soʻzlarini eshitish yoqimli edi", - deb eslaydi Mitskevich.

Joʼme masjidi buzilib ketishiga oz qoldi

1980 yilda Moskva joʼme masjidi Yaqin Sharqdan kelgan musulmon sportchilar va rasmiy delegatsiyalarning ziyoratgohiga aylandi.

Biroq, Oʻyinlar arafasida, diniy arboblar ushbu bino uchun kurashishlariga toʻgʻri keldi. "Olimpiyskiy" sport majmuasini qurish uchun tarixiy binolarning deyarli butun kvartali buzildi. Bunday taqdir masjidga ham tahdid solgan. Oldin ham holatlar boʻlgan: masalan, Olimpiya shaharchasini qurish paytida pravoslav cherkovi buzib tashlangan.

"Mening otam Abdulqodir Valitov barcha idoralarga xatlar yozdi. Siz xalqaro sport tadbirini oʻtkazyapsiz. Arab mamlakatlaridan mehmonlar kelsa, ularni qayerga olib borasiz? Maʼnosida," - deydi Otradnoyedagi "Yardyam" masjidi imomi Ismoil-hazrat Valitov.

Bundan tashqari, Misr va Saudiya Arabistonining SSSRdagi elchilari ham masjid uchun turishdi. Natijada, hukumat buzish haqidagi qarorini bekor qildi.

  • Moskva Jome masjidi (eski binosi) va uning yonida 1980 yilda qurilgan Olimpiya sport majmuasi
    © Sputnik / Ruslan Krivobok
  • Moskva Jome masjidi va uning yonida 1980 yilda qurilgan Olimpiya sport majmuasi
    © Sputnik / A. Rodionov
  • Moskva Jome masjidi eski binosi.
    Yuriy Somov
  • Moskva Jome masjidi eski binosi (2015 yilda yangilangan).
    © Sputnik / Yuriy Somov
  • Moskovskaya sobornaya mechet otkrыlas posle rekonstruktsii
    Moskva Jome masjidi yangi binosi va Olimpiya sport majmuasi.
    © Sputnik / Gleb Kiselev
1 / 5
© Sputnik / Ruslan Krivobok
Moskva Jome masjidi (eski binosi) va uning yonida 1980 yilda qurilgan Olimpiya sport majmuasi

"Olimpiada paytida chet el delegatsiyalari va maʼlum kunlarda musobaqalari boʻlmagan ishtirokchilar Moskva joʼme masjidiga kelishardi. U yerda barcha musulmonlar bilan birga namoz oʻqiganlar. Buni men oʻz koʻzim bilan koʻrganman", - deb eslaydi Rossiya musulmonlari Diniy boshqarmasi raisining maslahatchisi Xaris Saubyanov.

Valitovning yana bir oʻgʻli Islom-hazratining taʼkidlashicha, masjidga Sovet sportchilari ham kelishgan.

Ruhoniylar Olimpiya shaharchasiga qanday tayinlanishgan

Olimpiya shaharchasida akkreditatsiyadan oʻtish uchun Din ishlari boʻyicha Kengash "sinaxta din xizmatchilarini: pravoslav va katolik ruhoniylarini, lyuteran pastorlari, ravvin, imom, buddistni tanlashi va tayyorlashi kerak edi. Ammo Mitskevich va Shayevich taʼkidlashlaricha, ular Olimpiya shaharchasida xizmat qilish uchun maxsus tanlovdan oʻtmaganlar.

"Aynan Olimpiada tufayli men Moskva ravvini boʻldim. 1980 yilda men ravvinlik diplomini oldim, Budapeshtda oʻqishdan qaytdim. Men SSSRda Sovet hukumati davrida maʼlumot olgan birinchi ravvin boʻldim. Men asli Birobidjandan (RF Yevrey avtonom viloyatining poytaxti - tahr.) boʻlganligim sababli, meni u yerga yubormoqchi boʻlishdi. Ammo Olimpiada boʻldi va bu davrga meni Moskvada qoldirib, oʻyinlarda ishlashimga ruxsat berishdi", - deya sharhladi Adolf Solomonovich.

Moskvaga minglab ibodat kitoblari yuborildi

AQSH Olimpiada-80ga boykot eʼlon qildi va amerikalik sportchilar Moskvaga kelmadi. Ammo AQShdan Oʻyinlarga ibodat xonasi uchun Iudaizm boʻyicha adabiyotlar maxsus yuborildi.

"Biz aynan Olimpiada uchun Amerikadan ravvin Artur Shnayerdan bir necha ming ibodat kitoblarini, Musoning Beshlik Kitobi, Tavrotning nusxalarini oldik. Ittifoqda, Oʻyinlar munosabati bilan bizga koʻp sonli diniy nashrlarni qabul qilishga ruxsat berildi. Men ulardan bir qismini Olimpiya shaharchasiga olib keldim. Pravoslavlar va musulmonlar ham, menimcha, chet eldan koʻplab kitoblarni olgan", - deydi Adolf Solomonovich.

Moskovskaya sobornaya mechet
© Sputnik / Boris Prixodko
Moskovskaya sobornaya mechet
Mavzu:
Olimpiada-80: hammasi qanday boʻlgan edi? (20)

Asosiy mavzular