20:08 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Kolumnistlar
Havola olish
124620

RF Qurolli kuchlari uzoq masofali aviatsiyasi oʻz tarkibida 70 ga yaqin Tu-160 va Tu-95 strategik bombardimonchilari, 40 dan ortiq uzoq masofali Tu-22M3 bombardimonchilari bor.

Pentagonning Sharqiy Yevropadagi ittifoqchilari ortida qilayotgan provokatsiyalari Rossiyani AQShga ularning sayyoradagi pozitsiyalari zaifligini eslatishga majbur qilmoqda. 12 avgust kuni Rossiya Tinch okeani floti dengiz piyodalari qoʻshinlari AQShdan atigi 350 km masofada joylashgan Komandor orollariga (Bering dengizi) parashyut desantini qoʻndirdi.

Bir kun oldin, Tu-160 strategik raketa tashuvchilari ekipajlari Saratov viloyatidan AQSH hududidan 530 km masofada joylashgan Anadir (Chukotka yarimoroli) aerodromiga koʻchib oʻtdilar.

Dengiz piyodalari boʻlinmasi Komandor orollarida rejalashtirilgan taktik mashgʻulot paytida notanish maydonchaga parashyut yordamida tushdi. Qoʻshinlarni tashlash maqsadi orollardan birida joylashgan harbiy obʼyektning mudofaasini kuchaytirish va dushmanning razvedka-sabotaj guruhlarining hujumlarini oldini olishdir.

Qoʻnish “Arbalet” parashyut tizimlaridan foydalangan holda, toʻliq jangovar aslahalar va qurol-yarogʻ va mudofaani zich chegaralgan vaqt oraligʻida amalga oshirildi. Mashgʻulotga 50 dan ortiq harbiy xizmatchilar, dengiz aviatsiyasi samolyotlari ekipajlari va Tinch okean flotining taʼminot kemalari jalb qilindi. Harakatlar oʻquv-jangovar tayyorgarlik doirasida boʻlganiga qaramay, yaqqol ramziy boʻlib, Pentagonga Rossiyaning tahdidlarga qarshi turish va ularga munosabat bildirish qobiliyati muhimligini eslatib turadi.

Amerikalik "hamkorlar"ga Saratov viloyatidan Anadqirga ikkita Tu-160 strategik raketa tashuvchisini koʻchirilishi ham yana bir maqsadli signal kabidir. “Oqqush”larning toʻxtovsiz parvozi (sharqqa taxminan 7000 km) Tu-95MS strategik raketa tashuvchi bombardimonchilar, Tu-22M3 tovushdan tez raketa tashuvchi bombardimonchilar va Il-78 uchar tanker ishtirokida taktik-parvoz mashqlari doirasida amalga oshirildi.

Samolyotlar operativ aerodromlarga koʻchirilganidan soʻng, ekipajlar Uzoq masofali aviatsiya qoʻmondoni, general-leytenant Sergey Kobыlash boshchiligida samolyot qurollaridan foydalanish va boshqa topshiriqlardan maqsadli vazifalarni jangovar ravishda bajarishdi. Aslida raketa tashuvchilarning vazifalari boʻyicha hammasi ravshan, bu Rossiyaning strategik yadroviy kuchlarining tarkibiy qismi.

Qoʻmondonning "Ura" deyishi nimani anglatadi

Tinch okeanida koʻrinmaydigan boʻlib ketgan Komandor orollariga (aholisi taxminan 700 kishi) qoʻngan Tinch okean floti dengiz piyodalarining parashyut boʻlimi, yana bir bor Rossiya qoʻshinlarining doimiy joylashish joylaridan minglab kilometr masofada samarali harakat qilish va dunyoning istalgan joyida harbiy inshootlarni tezda oʻz nazoratiga olish qobiliyatining yuqori ekanligini yana bir bor namoyish etdi.

Rossiya harbiylari dunyo tarixida birinchi marta Arktikaga 10 ming metr balandlikdan parashyutda qoʻnib, Frants Iosif Yeri arxipelagida muvaffaqiyatli operatsiyani amalga oshirishdi. Yuqori balandlikdan desantlash maxsus kuchlar boʻlinmalariga dushman obʼyektidan har qanday uzoqlikda va har qanday mintaqada maxfiylik va operatsiya samaradorligini taʼminlaydi. Har qanday mintaqada, shu jumladan Shimoliy qutb yaqinida erkin suzayotgan muz qoyasiga ham (u yerga Rossiya qoʻshinlari 2014 yil aprel oyida parashyut qoʻnishgan), qoʻshni qitʼalarning qattiq tuprogʻini gapirmasa ham boʻladi.

Vaziyatning eng ogʻir sharoitlarida maxsus maqsadlarga moʻljallangan yangi "Arbalet-2"parashyut tizimlari va boshqalar harbiylarga oʻz quroli va 50 kilogrammlik konteyneri bilan 400-4000 metr balandlikdan xavfsiz tarzda qoʻnishga imkon beradi. “Shturm” yelka qopisiz parashyuti 80 metr balandlikdan sakrashga imkon beradi. Va faqatgina Rossiya zirhli mashinalari ekipajlari bilan 1500 metrgacha balandlikdan koʻp gumbazli parashyu tizimlarda qoʻndirilishi. Ammo, har qanday parashyut shunchaki harbiyni va qurollarni jang maydoniga yetkazib berish vositasidir.

Havo desantlari (dengiz piyodalari, havo-desant qoʻshinlari va boshqa mutaxassislar) dushman chizigʻi ortida, mahalliy mojarolarda va keng koʻlamli urushda (mustaqil ravishda yoki harbiy guruhlar tarkibida) tezkor-taktik jangovar vazifalarni hal qilishga moʻljallangan. Desant qoʻnishiga faqatgina dushmanning havo mudofaasi samarali xalaqit berishi mumkin, ammo uzoqdan turib aviatsiya qurollari dastlabki zarbasi bilan bu muammoni bartaraf etadi.

Haqiqiy jangovar operatsiyada kimdir qoʻnish yoʻlini tozalab berishi kerak, havo hujumiga qarshi zenit qurollarini, Lance tipidagi taktik raketa tizimlari, dushmanning artilleriyasi va zirhli texnikasini bostirib turishi kerak. Ehtimol, strategik Tu-160, Tu-95MS va Tu-22M3 tovushdan tez uchar raketa tashuvchi bombardimonchilari Tinch okean sohiliga uchib kelgani va vazifalarni belgilangan tartibda - Komandor orollariga desant qoʻnishidan bir kun oldin amalga oshirgani tasodif emas. Shu yerda taʼkidlab oʻtish kerak: Rossiya hech kimga urush bilan tahdid qilmaydi, lekin oʻz ham imkoniyatlarini hech kimdan yashirmaydi.

Anadirning ayozli ogohlantirishi

11 avgust kuni Tinch okeani sohilida joylashtirilgan Rossiya uzoq masofali aviatsiyasining hujum guruhi Rossiya havo hududini tark etmasdan dushmanning 5500 kmgacha boʻlgan masofadagi nishonlariga zarba berishga qodir. Anadir aerodromidan aniq uruvchi va kam seziladigan raketalar Amerikaning Minuteman III yadroviy qitʼalararo ballistik raketalari shaxtalari joylashgan Montana va Shimoliy Dakota shtatlariga yetib borishi mumkin. Tinch okeani ustidagi xalqaro havo maydonidan yangi imkoniyatlar ochilmoqda.

Strategik Tu-160M, masalan, Suriyada sinovdan oʻtgan, uzoq geografik mintaqalarda dushmanning quruqlikdagi yoki dengizdagi nishonlarini yoʻq qilishga moʻljallangan, anʼanaviy yoki yadroviy kallachali X-101 qanotli raketalaridan foydalanishi mumkin. Tu-160Mning revolver raketa uchiruvchi uskunasi 12 tagacha qanotli raketalarini tashiy oladi. X-101ning konventsion modifikatsiyasi taxminan 400 kilogramm trotil ekvivalentidagi jangovar qismga ega. Maxsus X-102 termoyadroviy kallacha bilan jihozlanishi mumkin (250 kilotondan bir megatongacha).

Qanoti oʻzgaruvchan uzoq masofali koʻp qirrali tovushdan tez Tu-22M3 raketa tashuvchisi-bombardimonchisi, strategik va tezkor-taktik aviatsiya oʻrtasidagi boʻshlikni egallaydi, zamonaviy havo mudofaasi va radioelektron kurash tizimlariga qarshi choralar sharoitida quruqlik va dengiz nishonlariga (aviatashuvchilar qotili) samarali zarba beradi. Unga oʻhshashi dunyoda yoʻq.

Maksimal tezligi - soatiga 2300 km, jangovar yuk - 24 tonnagacha. Uchirish chizigʻiga X-101 yoki X-102 qanotli raketalarini yetkazishga moʻljallangan. U X-32 va gipertovushli “Kinjal” X-47M2 raketalarini tashishga qodir. Tu-22M3M bombardimonchisi dushmanning havo mudofaasining 700 kilometrlik hududiga kirmasdan, dushman aviatashuvchi guruhini yoʻq qilishga qodir. 1000 kmgacha masofaga uchishga qodir X-32 kemalarga qarshi raketa 40 kmgacha balandlikda 5 Max tezligida uchib, stratosferadan turib zarba beradi, u "Idjis" raketalarga qarshi mudofaasiga dahlsizdir.

Tu-95MS strategik raketa tashuvchi-bombardimonchisi maxsus tanishtirishga muhtoj emas va shuningdek, dushman ichkarisidagi muhim nishonlarni qanotli raketalar yordamida (5500 kmgacha masofada) yoʻq qilishga moʻljallangan – kunu-tun, har qanday ob-havoda. Eslatib oʻtamiz: yuqorida aytib oʻtilgan barcha samolyotlar chuqur modernizatsiya qilindi, bortida eng zamonaviy qurol-aslahalarni tashiydi va ular shafqatsiz kuchdir.

RF Qurolli kuchlari uzoq masofali aviatsiyasi oʻz tarkibida 70 ga yaqin Tu-160 va Tu-95 strategik bombardimonchilari, 40 dan ortiq uzoq masofali Tu-22M3 bombardimonchilari bor. Havo-kosmik kuchlarning asosiy zarba kuchi va strategik yadroviy kuchlarning tarkibiy qismi, Rossiya Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondoni dastagi boʻlgan uzoq masofali aviatsiya tezkor-strategik vazifalarni bajarishga moʻljallangan va hech bir joyda bekordan-bekor  uchmaydi.

Amerika, ahmoqlik qilma

Pentagon va NATO Rossiyaga Sharqiy Yevropadagi maʼnosiz "bosib turish"ga tobora kirishib ketyapti, yaʼni Amerika qoʻshinlarini Germaniyadan Polsha va Ruminiyaga koʻchirishi, seriyali manevrlari, RF chegaralariga yaqin boʻlgan Boltiq va Qora dengizlarida jangovar va razvedka aviatsiyasini provokatsion uchirishlari bilan.

Oʻzlarining xavfsizligini tom maʼnoda unutgan holda (goʻyo ularda zahirada boshqa sayyora mavjuddek) ittifoqchilar va hamkorlar tinimsiz "inqirozli mintaqalardagi vaziyatni tinchlantirish" usullarini blokirovka qilish, havodan mudofaa tizimini buzib oʻtib desant qoʻndirish va dushman pozitsiyalariga raketa zarbalarini taqlid qilish orqali sinab koʻrishmoqda.

Pentagon "insonparvarroq" pastroq quvvatdagi yadro qurollar salohiyatni oshirishga intilmoqda. Agar Rossiyani "toʻxtatib turish" (Amerika manfaatlariga boʻysundirib) boʻlmasa, unga hujum qilish toʻgʻri keladi - bu taktika 2015 yildan beri maʼlum.

Zamonaviy voqelik shundan iboratki, Rossiyani iqtisodiy jihatdan ajratib yoki harbiy usullar bilan magʻlubiyatga uchratib boʻlmaydi, bosim oʻtkazishning koʻp yillik urinishlari behuda boʻldi. Buni hatto Amerikaning "The American Conservative" jurnali ham tan oldi: "Rossiya  oʻzining yaqinida muayyan chegaralarni belgilab qoʻydi va AQSH ularni kesib oʻtishga xarakat qilmasligi kerak. Biz oxirgi 12 yil ichida ikki marotaba argʻamchini oʻziga tortish koʻrinishida AQSH va Rossiya oʻrtasidagi raqobatga jalb qilinib qolgan mamlakatlarning ahvoli naqadar dahshatli boʻlganiga shohid boʻldik. Bizning hukumat Ukraina va Gruziya misolida, aslida AQSH ushbu davlatlarni himoya qilishga tayyor emasligini tushundi".

Pentagon shu kabi hulosalarga keladi degan umid qolmoqda – faqatgina AQShning oʻzi uchun nomaqbul yoʻqotishlarga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan Boltiq va Qora, Bering va Chukotka dengizlaridagi qoʻpol provokatsiyalar orqali emas.

Asosiy mavzular