16:28 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Kolumnistlar
Havola olish
106820

Yevropa bundan buyon "yordamga muhtoj qiz bola" boʻlishni istamaydi, u Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada oʻz taqdirini oʻzi hal qilishga tayyor.

“Sovuq urushda” qozongan gʻalabasidan soʻng butun dunyo bir necha oʻn yillar davomida “AQShda yashash”ga majbur boʻlgan edi.  

Yer yuzining har bir burchagida –Vyetnamning  eng chekka qishlogʻidan tortib And togʻlarigacha, Berlindan Gonkonggacha – Gollivud kinoga olish maydonchalarida yaratilgan madaniy timsollar, amerika shou-biznesi yulduzlari yaratgan musiqali kliplar jaranglab turdi.

Iqtisodiy nuqtai nazardar vaziyat yanada yomonroq edi – oddiy fuqarolarning bundan xabari boʻlmasa-da – dunyodagi savdo-sotiqning katta qismi uchun – dollarda hisob-kitob qilish kerak edi. Ikkala tomonning ham Amerkaga hech qanday aloqasi boʻlmasa-da, valyuta operatsiyasi oxir oqibat AQSH banklari orqali oʻtardi.

Siyosiy maʼnoda esa – mutlaq xukmronlik odatiy holga aylandi. Bu madaniy va iqtisodiy ustunlik natijasida kelib chiqdi. Gegemon – oʻz milliy manfaatlarini AQSH Davlat Departamentining biror mansabdor shaxsi ambitsiyalaridan ustun qoʻygan, har qanday davlatni va uning hukumatini ikkilanmay yoʻq qilib tashlardi.

Darhaqiqat, Amerika uchun bu oltin asr boʻldi. Bugun Amerika ichida yuz berayotgan mojarolarning asl sababi ham shunda–  Amerika elitasi ushbu asrga qaytishni juda qattiq istamoqda. Sodda qilib aytganda, mojaro tomonlari ikki guruhga boʻlingan: bir tomonda globalistlar - Amerika “ichki davlati” kuchlari va ularga qarshi antiglobalistlar (yoki iqtisodiy millatchilar) boʻlgan Tramp va uning atrofidagilar. Psixiologik nuqtai nazaridan aytilsa: Tramp tarafdorlari boʻlgan realistlar va “oltin asriga” qaytishni istayotgan asabiy revanshist-fantazyorlar, deyish mumkin.  

Tramp trafdorlari, Grenlandiyani sotib olish va Meksika orasida devor qurish, kabi ekzotik tashabbuslarga qaramasdan, Amerikaning “oltin asri”  tugaganini yaxshi tushunishadi. Ular hech boʻlmasa amerikaning “Pax Americana” deb ataluvchi anʼanaviy qadriyatlarini saqlab qolish va Xitoy buyuk davlatga aylanib ketmasligi uchun unga qaqshatgich zarba berishni – oʻzlariga maqsad qilib olgan.

Davlat Departamenti va Bayden shtabida yashayotgan revanshist-fantazerlar esa, bir umr kimdandir xafa, doimo urush boshlashga tayyor boʻlgan AQSH sobiq  maʼmuriyati vakillaridir. Ularga Obamaning “kechirilmas yumshoqligi” va Tramp davridagi “rahbarsizlikni” tuzatsa – hammasi yana yaxshi boʻladi: dunyo Amerika “Yerning kindigi”, Jahon hukmdori  boʻlgan 2012 yoki 2013 yillarga qaytadi.  Ularning tasavvurida Amerika qadimgi Rimning yoki Vavilonning –  “Togʻ ustida nur sochib turgan” zamonaviy muqobiliga aylanishi mumkin.

Bugungi mojaroning final bahsi – prezident saylovlari arafasida revanshist-fantazyorlar  lagerida bir achchiq haqiqatni tushunib yetishdi: Bayden jamoasining Amerika buyukligini tiklash borasidagi istiqbollari haqida oʻylar ekan, ular uchun ogʻir va hatto haqoratli boʻlgan real hayot bilan toʻqnash keldilar: maʼlum boʻlishicha dunyoda boshqa hech kim 2006 yoki 2012 yilga qaytishni istamas ekan. Gap nafaqat Rossiya yoki Xitoy haqida, balkim Yevropa Ittifoqi ham shular jumlasidan. Yevropa ham kuchli va haqiqatgoʻyy Vashingtonlik hukumdorni kutayotgani yoʻq.   

Ana shunday fikrlar - dunyoning avvalgidek boʻlmasligi haqidagi gumonlar hech qachon yetib bormaydigan va Amerika ichki davlatining “buyuk”ligidan hech ikkilanmaydigan – AQSH asosiy oqim OAVlari redaktsiyalariga hem yetib borgan.

AQSH uchun yoqimsiz boʻlgan, Yevropa yuqori lavozimli ekspertlari va amaldorlarining rasmiy nuqtai nazari maʼlum boʻlganidan soʻng, okean ortidagi jurnalistlar hali-hanuz barcha muvaffaqiyatsizliklarni Tramp bilan bogʻlashga harakat qilishmoqda. Lekin ular, saylov natijalari qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, Yevropa Ittifoqi AQShga qaramlikdan mustaqil boʻlishga harakat qilishini tan olmoqda.

“Tramp saylovda yutqizgan taqdirda ham, Yevropa siyosatchilardan kamdan-kam qismi, dunyo oldingi, Tramp NATO va YEIga qarshi chiqqangacha boʻlgan davrga qaytishiga ishonadi. Yevropaliklar oldingidek AQShga qaram boʻlishlariga ishonmaydi. Ular Vashington bilan yoki usiz harakat qilishga tayyor. <...>  Xullas Yevropa oʻz qurolli kuchlarini kuchaytrish niyatida. Ular, oʻzlariga AQShdan koʻra yaqinroq boʻlgan, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq xavfsizligi uchun oʻzlariga kattaroq javobgarlikni olishga tayyor. 2015 yilda Eron bilan yadroviy bitim tuzganlar uni saqlab qolishni istaydi. Ayrim siyosatchilar YEIni AQSH va Xitoy bilan teng kuchli boʻlgan, lekin ularning hech birining tarafdori boʻlmagan, uchinchi global davlat sifatida olgʻa surishni istaydi.

“Tobora rahmsiz boʻlib borayotgan dunyoda Yevropa, vanihoyat, oʻzining goʻllik va begunohlik davridan chiqib - oʻz taqdirini oʻzi hal qilishi kerak”, - dedi yaqinda Frantsiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian Frantsiyaning Yevropadagi elchilariga. – Aks holda uning taqdiri boshqalar hal qiladi”, - deb yozadi The Washington Post.

Albatta yuqorida aytilganlarning barchasini Emmanuel Makron va uning jamoasi xatosi deyish mumkin. Ular soʻnggi vaqtlarda oʻz shaklini yoʻqotgan Yevropa Ittifoqidan oʻzlari boshchiligida federatsiyasimon bir davlat yasashga urinmoqda. The Washington Post yozishiga koʻra, Parijda ham Berlinda ham geosiyosiy va harbiy mustaqillik bugungi kunda rusm boʻlmoqda. Bu sharoitda

Brexit Yeropa rahbarlari uchun kutilmagan sovgʻa boʻldi, desak xato boʻlmaydi.

Ular, YEIda Vashington nazoratchisi boʻlgan Londondan xalos boʻlib, Yevropani yanada kengroq mustaqillik sari yetaklashlari mumkin.

Bunday tendentsiya yevropaliklar tomonidan Vashington talablarini surbetlarcha inkor qilish bilan namoyon boʻlmoqda. The Washington Post yozishiga koʻra, Germaniya siyosatchilari quyidagi fikrlarni bildirmoqda:

“AQSH Yevropa qiyofasida yordamga muhtoj qiz bolani emas, kuchli hamkorni koʻrishi uchun - Yevropaning oʻzi jurʼatli tashabbuslar bilan chiqishi kerak”, - dedi Berlinda dushanba kuni Germaniya mudofaa vaziri “oʻnglar” vakili Annegret Kramp-Karrenbauer.

“Ostonamizda sodir boʻlayotgan mojarolardan oʻzimizni oʻzimiz xalos qilish imkoniyati – bu oʻz xavfsizligimiz uchun muhimdir. Amerikadagi saylovlardan soʻng, kim gʻolib boʻlishidan qatʼiy nazar, buning ahamiyati yanada ortadi”, - dedi tashqi ishlar vaziri, “chap qanot” tarafdori Xayko Maas yakshanba kuni Welt am Sonntag nashriga.

Aytish joizki AQSH hech qachon Yevropani “teng hamkor” sifatida qabul qilmagan. Kim prezident boʻlishidan qatʼiy nazar Vashingtonga faqat “qullar” yoki Germaniya mudofaa vaziri aytganidek “xavf ostida qolgan qiz bola” kerak. Uni qutqarishni vaʼda bergan holda Vashington uni siyosiy , madaniy va iqtisodiy tomondan istaganicha “zoʻrlashi” mumkin.

Bugun Vashingtonda hatto eng optimist boʻlgan orumandlar ham Yevropada hech kim oq “Abrams” mingan qahramonni kutmayotgani fahmlamoqda. Saylovdan soʻng Amerikani ana shunday “sovuq qabul” va ertaklarga hech oʻxshamagan reallik kutmoqda.  

Asosiy mavzular