17:59 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Kolumnistlar
Havola olish
628 0 0

Oʻzini Osiyoda Yevropa v.b. deb bilgan va AQShga qoʻshilib Xitoyni tanqid qilgan Avstraliya uchun XXR javob zarbasi ogʻriqli boʻldi.

Xitoy-Avstraliya munosabatlarida ogʻir krizis kundan kunga kuchayib bormoqda.Yoʻl-yoʻlakay unga bobshqa davlatlar ham qoʻshilimoqda. Britaniya hukumati ham “asosiy manfaat va qadriyatlarni himoya qilish maqsadida” Hamdoʻstlik aʼzosini himoya qilishni vaʼda berishdi. AQSH boʻlsa Xitoyni “yolgʻon maʼlumotlar va qalbaki suratlar tarqatishda” aybladi.

Gʻarbning bunday reaktsiyasiga – Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vazirligi rasmiy Tvitterida chop etilgan kollaj fotosurat sabab boʻldi. Unda avstraliyalik askar Afgʻonistonda yosh bola boʻyniga pichoq tirab turgani aks etgan. Surat ostida “Biz Afgʻonistonda tinch aholi va asirlar oʻldirilishida shokka tushdik” deb yozilgan va aybdorlarni sudga tortish talab qilingan.

Hammasi qanday boshlangan edi

Ikki davlat munosabatlari buzilishi ikki yil oldin boshlangan edi. Oʻshanda Osiyo hududida “Gʻarb” vazifasini bajaruvchi rolini olgan Avstraliya oʻz xizmatini magʻrur olib borar edi.  Donald Tramp Xitoyni oʻz tashqi siyosatining asosiy nishoniga aylantirganida, Kanberra endi boshlanayotgan iqtisodiy va siyosiy urushning old qatorida boʻlib qoldi va ishtiyoq bilan “jangga” kirishdi.

Voyennoslujaщiye armii SSHA v Afganistane
© Flickr / Program Executive Office Soldier

2018 yilda Avstraliya hukumati Huawei kompaniyasiga oʻz hududida, milliy xavfsizlikni vaj qilgan holda, 5G tarmoqlari oʻrnatishni taʼqiqlab qoʻydi. Keyinchalik ham har bir qulay sharoitda ular Xitoyga zarba berishga harakat qilib kelishdi.

Xususan ular Xitoyn Shinjon-Uygʻur avtonom viloyatida inson huquqlari buzilishida ayblashdi, Gonkongdagi norozilik namoyishlari qoʻllab-quvvatladi va Xitoyni oʻz hududida tartib oʻrnatishga qaratilgan harakatlari uchun jazoga tortishni talab qilayotganlar qatoriga qoʻshildi. Shuningdek, Avstraliya Xitoy hukumatini COVID-19 tarqalishga oid maʼlumotlarni yashirishda oʻta salbiy munosabat bildirgan edi.

Ushbu yil bahoriga kelib, oxiri Pekinning toqati toq boʻldi va u quyushqondan chiqib ketgan qoʻshnisini hushini oʻziga keltira boshladi. Zarba eng muqarrar tomondan – iqtisod yoʻnalishida berildi.

Javob zarbasi 

Dastlab, avstraliyalik eksportyorlarda alohida tovarlar boʻyicha muammolar boshlandi. Xitoyga yogʻoch, paxta, mol goʻshti, lobster va boshqa mahsulotlar yetkazib beruvchi eksportyorlar goh u goh  bu muammolarga duch kela boshlashdi.

Keyinchalik tizimli chorlara ham qoʻllanila boshlandi: xususan arpa importiga 80%li bojlar oʻrnatildi, keyinroq esa vino sanoatiga qaqshatqich zarba berildi. Xitoy Avstraliya vinolariga 107,1 - 212,1 foizgacha qoʻshimcha soliqlar kiritdi. Aytish joizki Avstraliya vinosining 40% Xitoyga joʻnatilishini hisobga olganda – bu qaqshatqich zarba boʻldi. Buni orol mamlakatning savdo vaziri Saymon Birmingem ham aytib oʻtdi.

Endi boʻlsa Avstraliya hukumati JST va boshqa xalqaro muassasalarga Pekin sanktsiyalarini “asoslanmagan, nohaq va siyosiylashgan” deb arz-dod qilmoqda.

Ustiga ustak ayni shu damda Avstraliya askarlarning Afgʻonistonda tinch aholiga nisbatan amalga oshirgan jinoyatlari fosh boʻldi. V Pekin bunga oʻz munosabatini bildirdi.

Avstraliyada ikki haftadan buyon katta mojaro muhokama qilinmoqda. Maʼlum boʻlishicha, 2006-2016 yillarda Afgʻonistonda NATO qoʻshinlari tarkibida xizmat qilgan Avstraliya maxsus elita boʻlinmasi SASR askarlari, askarlikka qabul qilish rituali doirasida, bir necha tinch aholi vakillarini, jumladan ayollar va bolalarni shafqatsiz qatl qilishgan. Yaʼni bu bir necha marotaba sodir boʻlgan jinoyat emas, qandaydir doimiy ravishda takrorlanib turgan qonli anʼanalar tizimi boʻlgan.

Shu oʻrinda savol tugʻiladi, Avstraliya yuqori armiya va siyosiy rahbariyati ushbu jinoyatlardan xabardor boʻlganmi? Balkim ular buni yillar davomida yashirib kelishgan?

Bizni nega urishayapti

Aynan mana shu faktlar asosida Xitoy TIVi oʻz tvitterida afgʻon bola boʻyniga pichoq tirab turgan avtrasliyalik askar kollaj suratini chop etgan. Bu esa Kanberra va ayrim gʻarbiy poytaxtlarda haqiqiy jazava uygʻotdi.

Bunday tutqanoqli reaktsiya Gʻarb uchun yangilik emas. U yerda har doim  tanqid va umuman Gʻarbning siyosiy yetakchi va maʼnaviy etalon ekaniga shubha uygʻotuvchi har qanday xabarga ana shunday munosabat bildiriladi.

Ushbu tanqidga Avstraliyaning munosabatini kuzatish ham qiziqarli. Yillar davomida Xitoyga qarshi siyosat yuritib kelgan ushbu davlat, qayta berilgan zarbani anoyi kabi tushunmayapti va bunday “nohaqlikdan” norozi boʻlmoqda.

Pekin boʻlsa oʻz niyatlarini hech kimdan yashirgani yoʻq. Ikki hafta oldin Xitoyning Avstraliyadagi elchixonasi OAVlarga ikki davlat munosabatlarini zaharlayotgan 14ta sabab qayd etilgan roʻyxat sizdirilgan edi. Oʻz ismini aytishni istamagan amaldor esa, “Agas siz Xitoyni dushman qilsangiz, u sizning dushmaningizga aylanadi”, - deb gapning poʻstkallasini aytgan edi.

Albatta bunday harakat ostida xitoyliklar tomonidan Avstraliya hukumatini sogʻ aqlga qaytarish harakatlari turibdi. Xitoy pragmatik davlat, yon qoʻshnisi bilan mafkuraviy sabablarga koʻra dushmanlik qilishni istamaydi.

Bunday ishlarda, albatta, Rossiyaning tajribasi koʻproq. Biz Xitoyga bekorga umid qilayapsizlar deb aytishimiz mumkin.  

Rossiya koʻp yilllar davomida oʻzining Boltiq boʻyidagi qoʻshnilarida ana shunday xulq atvorni kuzatib kelmoqda. Oʻtgan haftra Latviya transport vazirligi Moskvaga tranzit yuklar oqimini tiklashni soʻrab murojaat qilgan edi. Bu yil ushbu koʻrsatgich 56%ga kamaydi.

Lekin ular oʻz iqtisodini mutlaq barbod qilsa ham, oʻzlarining rusofob siyosatidan voz kechmaydi, bosiq va sogʻlom siyosatga qaytmaydi.

Shu sabab Xitoy ham Avstraliyadan sogʻlom aqlga qaytishini kutishi befoyda, chunki ular oʻz xatolarini tushunib yetishi amri mahol.

Teglar:
Avstraliya, iqtisodiy urush, iqtisod, Xitoy

Asosiy mavzular