18:34 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Kolumnistlar
Havola olish
95220

Turkiyaning Gʻarb bilan munosabatlari ogʻir inqirozni boshdan kechirmoqda. Yevropa Ittifoqi va Amerika unga qarshi sanktsiya kiritdi.

TOSHKENT, 16 dek — Sputnik. Turkiyaning gʻarblik hamkorlari bilan munosabatlari ogʻir inqirozni boshdan kechirmoqda. Yevropa Ittifoqi Sharqiy Oʻrta yer dengizidagi burgʻulash ishlari tufayli Anqaraga qarshi sanktsiya joriy etdi, amerikaliklar Rossiya zenit raketa tizimi xarid qilingani uchun bosimni kuchaytirdi. Bu NATOdagi ichki vaziyatga qanday taʼsir koʻrsatadi? Buni RIA Novosti oʻrgandi.

Anqarani ushlab turish

“Turkiya bir tomonlama provokatsiya uyushtirib, YEIga qarshi ritorikani kuchaytirmoqda. Sharqiy Oʻrta yer dengizida, Kiprning iqtisodiy hududida, Anqara bu noqonuniy boʻlishiga qaramasdan burgʻulash ishlarini davom ettirmoqda”, - deyishdi kuni kecha yakunlangan YEI sammiti ishtirokchilari.

Anqara faolligini jilovlash maqsadida yevropaliklar turkiyalik amaldorlar va ishbilarmonlarga qarshi sanktsiyalarni kengaytirishdi: ularga Yevroittifoq mamlakatlariga kirish taqiqlandi, ularning Yevropadagi aktivlari muzlatiladi.

Tashqi siyosat boʻyicha YEI rahbari Jozep Borrel qoʻshimcha cheklovlarni ishlab chiqishi zarur. Angela Merkel Anqaraning rolini nafaqat Yevropa ishlarida qayta koʻrib chiqishga, balki Liviya, Suriya va Togʻli Qorabogʻdagi Turkiya taʼsirini tahlil qilishga ham chaqirmoqda. Xulosalar hisobotda taqdim etiladi va uni mart oyida koʻrib chiqishadi.

Turkiyaga qarshi birinchi sanktsiyalar oʻtgan yilning kuzida eʼlon qilingan edi. Sabab oʻsha – Sharqiy Oʻrta yer dengizida gaz konlarini noqonuniy razvedka qilish. Biroq bu Rajab Toyyib Erdogʻanni toʻxtatib qololmadi. Yoz oyida u burgʻulashni davom ettirishini bildirdi.

“Sanktsiyalar birdan-bir maqsad emas”

Bryussel bosimni kuchaytirib, manevr uchun ham maydon qoldirmoqda. Sammit yakunlariga koʻra kommyunikeda “ijobiy turk-yevropa kun tartibi” taʼkidlangan.

“Sanktsiyalar – Yevropa mustahkamligining namoyishi. Lekin bu birdan-bir maqsadning oʻzi emas, balki Anqara xulq-atvorini oʻzgartirishning vositasidir. Biz hamisha muloqotga ochiqmiz va konstruktiv ishlashga tayyorligimizni bildiramiz”, - deya taʼkidladi Emmanuel Makron.

Frantsiya yetakchining soʻzlarini kuz oyida Parij va Anqara oʻrtasida keskinlashgan bahsning davomi deb baholashdi. Oʻquvchilarga paygʻambar Muhammadning karikaturalarini koʻrsatgan geografiya oʻqituvchisi Samyuel Pati oʻldirilgandan soʻng Makron islom inqirozi haqida ogʻiz ochib, davlatning dunyoviy qadriyatlarini himoya qilish zarurligini aytdi. Erdogʻan bunga javoban unga “ruhiy sogʻligʻini” tekshirishni maslahat berdi.

Ruptly, Sputnik, Ministerstvo oboronы Azerbaydjana

Yevropa mamlakatlari yetakchilari Makronni qoʻllab-quvvatlashdi. Frantsuz-turk bahsi navbatdagi sanktsiyalar urushiga aylanib ketishiga bir bahya qoldi, biroq amerikaliklar oʻrtaga kirdi. Harbiy siyosiy ishlar boʻyicha AQSH davlat kotibi yordamchisi Klark Kuper yevropaliklarga Turkiya alyansning muhim harbiy strategik hamkori ekanligini eslatdi.

Amerika tahdidlari

Okean ortidan murosasozlik ohangi aytilgan gaplarni yevropaliklar hushyorlik bilan qabul qilishdi. Axir Anqara Rossiyaning S-400 larini xarid qilgani sabab boshlangan Amerika-Turkiya bahsi oʻtgan yildan buyon davom etib kelmoqda.

Vashington qatʼiylik bilan Erdogʻanni Moskva bilan bitimdan voz kechishga undab, F-35 qiruvchilarini sotmaslik bilan tahdid qilgandi. Lekin Turkiya hukumati keskinlik sari borib, Injirlik va Kyurejikdagi Amerika harbiy bazalarini yopishga vaʼda berdi.

Ularga Pentagonga Suriya va Iroqda “Islom davlatiga”* qarshi harbiy amaliyotlari uchun zarur. Boz ustiga bazalar NATOning Yevropadagi raketa hujumiga qarshi mudofaasining bir qismi sanaladi.

Amerikaliklar biroz shashtlaridan tushishdi. Erdogʻan ham Turkiya uchun NATO muhimligini tan oldi.

Saylovlarda Jo Bayden gʻalabasidan soʻng ham Anqaraning ritorikasi biroz oʻzgardi. U vitse-prezident lavozimida ishlagan paytlarida Erdogʻan rejimini tez-tez tanqid qilganiga qaramasdan Turkiya yangi maʼmuriyat ish boshlashi bilan munosabatlar qayta koʻrib chiqilishiga umid qilmoqda.

AQShning saylangan prezidenti bunga hali munosabat bildirganicha yoʻq. Ammo Amerika NATOdan uzoqlashishni bas qilishiga ishora qildi. Shu bilan birga Oq uyning amaldagi rahbari Donald Tramp Baydenga ish topshirilgunga qadar Yaqin Sharq va Afgʻonistondagi NATO amaliyotlarida amerikaliklar ishtirokini qisqartirish niyatida ekanini maʼlum qildi.

Qolaversa, “Amerika dushmanlariga qarshi kurash toʻgʻrisidagi” qonun doirasida AQSH Rossiya S-400 xarid qilingan tufayli Anqaraga qarshi sanktsiya kiritdi. Erdogʻan bu “NATO hamkoriga boʻlgan hurmatsizlik” deb atadi.

NATO erkinlikka toʻsqinlik emas

“Erdogʻan va NATO munosabatlari qanday yoʻlga qoʻyilmasin, turk jamiyatida konsensus bor – alyansdagi aʼzolik foydali, bu Turkiyaga koʻp imkoniyatlar beradi. NATOsiz Erdogʻanga Suriya yoik Liviya mojarosiga aralashishni asoslash qiyinroq boʻlgan boʻlardi”, - deya fikr bildirdi RIA Novosti bilan suhbatda Anqaradagi Siyosiy tadqiqotlar markazi eksperti Orxan Gafarli.

Ekspert yana bir ustunlikni alyans Turkiya va YEI mamlakatlariga oʻzaro ziddiyatni bartaraf etishga imkon berishida koʻradi. Anqaraning hech boʻlmaganda Gretsiya va Kipr yoki Frantsiya bilan janjallarini olsak. Bu mamlakatlar NATO aʼzoliga sabab keskinlikning oldi olinmoqda. Alyans moderator vazifasini bajaradi. Alyansga aʼzolik Anqaraga Gretsiya, Kipr yoki Frantsiya xatti-harakatlarini bloklashga koʻmaklashishi ham toʻgʻri”, - deya davom etadi u.

Shu bilan birga tahlilchining Erdogʻan NATOga aʼzolikni mustaqil siyosatga toʻsiq sifatini koʻrmasligiga ishonchi komil.

Turk-frantsuz populizmi

“Makron va Erdogʻan mojarosi parchalanishga olib kelmaydi. Turkiya va Gretsiya oʻrtasida hamisha keskinlik boʻlgan.  Har ikki mamlakat NATOga aʼzoligi uchun bu biror marta ham ochiq urushga aylanib ketmagan”, - deydi “Observo” franko-rus tahliliy markazi direktor oʻrinbosari Igor Delonoe.

RIA Novosti bilan suhbatda u 2016 yil yozida Turkiyada davlat toʻntarilishiga urinishdan keyin Erdogʻan alyansdan biroq uzoqlashdi. Shu bilan birga undan chiqish masalasi hozircha yoʻq. “AQSH Anqaraga alyanskni tark etishga imkon bermaydi. Amerikaliklar aynan Turkiya orqali Qora dengiz va Kavkaz mintaqasida oʻz taʼsirini kuchaytirmoqchi”, - deydi Delanoe.

Ekspertning fikricha, ertami kech turk-frantsuz munosabatlari iziga tushadi. Boz ustiga ikki mamlakat oʻrtasida jiddiy ziddiyat yoʻq.

“Erdogʻan va Makron bir necha marta tashqi siyosatda oʻzgaruvchanlikni namoyish etdi. Eslab koʻring, masalan, 2015 yil noyabri-2016 yil iyulida Turkiya va Rossiya oʻrtasidagi qarama-qarshilikni. U qulay sharoitlarda bir zumda yoʻq boʻldi. Makron bir necha bor qarashlarini oʻzgartirib, populizmga moyilligini namoyish etgan. Parij va Anqara oʻrtasidagi mojaro qanday boʻlmasin hal qilinadi”, - deya taxmin qiladi Delanoe.

Hozircha murosaga kelishga oʻzaro manfaatdorlik yoʻq, Turkiyaning Frantsiya bilan hamda umuman NATO bilan ixtilofi saqlanadi.

* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Teglar:
Yevropa Ittifoqi, Turkiya

Asosiy mavzular