09:51 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Kolumnistlar
Havola olish
1099 0 0

Soʻnggi paytlarda chuqurlashib borayotgan ichki sisyosiy inqiroz AQShni tashqi dunyo uchun yanada xavfliroq qiladi degan fikrlar yangramoqda.

Chuqurlashib borayotgan ichki sisyosiy inqiroz AQShni tashqi dunyo uchun yanada xavfliroq qiladi – millatchi Trampdan revansh olgan, ruhlangan siyosiy elita dunyo maydonida qoʻldan boy berilganlar oʻrnini toʻldiradi, amerikaliklarning diqqatini ichki muammolardan tashqilarga qaratishga urinadi, umuman olganda yaralangan yirtqich harakatlari oldindan kutilmagan boʻladi. Shunga oʻxshash prognozlarni soʻnggi paytlarda Rossiyada tez-tez eshitish mumkin. Ularning hammasi Shtatlar shunchaki superderjava emas, balki hozircha raqobatchisi boʻlmagan dunyo gegemoni degan fikrdan kelib chiqishmoqda. Shu bois, AQShdagi inqiroz bizga foydali boʻlsa-da, bu yerda xursand boʻlarli hech vaqo yoʻq, aksincha, yangi sinovlarga hozirlanmoq zarur – ular barcha frontlarda bizga qarshi hujumga oʻtishlarigacha.

Bu pozitsiya (qarama-qarshi belgi bilan boʻlsa ham) Tramp gʻalabasidan keyin, undan soʻngra esa “Kapitoliy shturmidan” keyin Gʻarb elitalarining bir qismi alanga oldirishni boshlagan vahimalarga yaqin: dahshat, Amerika avvaliga global yetakchilik yukidan va butun dunyoda demokratiya himoyachisi rolidan voz kechmoqda, soʻngra esa oʻzi xaosga choʻmadi! Endilikda kim butun dunyoda tinchlikni qoʻllab-quvvatlaydi va insoniyatni globalizatsiya yoʻlida tezlashtiradi? Kim Gʻarb tomonidan oʻrnatilgan tinchlik tartibiga va demokratik yutuqlariga tahdid solayotgan kuchga toʻlayotgan Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlarni toʻxtatadi?

Shubhasiz, AQSH haqiqatdan gegemonizmga daʼvogarlik qilgan dunyodagi eng kuchli davlat, faqat bu davlat oʻta bemor, ustiga ustak, hozirgi hodisalarga qadar ichidan darz ketgan. Uni aynan unga kuch bergan narsa nobud qildi: AQSH milliy davlati va globalizatsiyaning atlantik loyihasini olgʻa siljitish manfaatlari oʻrtasidagi munosabatlar buzilishi. Yaʼni Ikkinchi jahon urushidan keyin global tinchlik quruvchisi rolini oʻziga olgan Shtatlar ichidan darz ketdi. AQSH yemirilishi koʻz oʻngimizda roʻy bermoqda – biroq hozirgi zamon kishilariga boʻlib oʻtayotgan hodisalar tezligiga baho berish hamisha mushkul.

Amerika hamisha agar dunyo yetakchisi boʻlmasa, unda xaloskor va oʻta nufuzli davlat boʻlgani haqidagi tasavvurlar tarix tekshiruvlariga dosh bermaydi. Bu juda yosh davlat – besh yildan keyin 250 yoshga toʻladi. Oʻzining qisqa tarixining yarmida u oʻzining shaxsiy muammolari bilan shugʻullangan. Qoʻzgʻolon koʻtargan Yevropaning goʻdagi Shtatlar oʻzining Yangi Dunyosi bilan shugʻullandi. Faqat XIX asrning oxirida oʻsha paytlar eng zaif Yevropaning mustamlakachi davlatlari Ispaniyadan uning Karib va Osiyo mulklarini (Kuba va Filippin) tortib olishga jurʼat qildi.

XX asr boshida Amerika dunyo maydoniga chiqdi – ikki Yevropa va jahon urushlarida qatnashgani sabab avvaliga Gʻarb dunyosi gegemoniga aylandi, undan keyin global hukmronlikka bel bogʻladi. Soʻnggi yarim asr davomida AQShning milliy davlatdan atlantika elitasining global hukmronlik loyihasini amalga oshirish uchun bazasiga sekinlik bilan qayta tugʻilishi yuz berdi. Yangi Vavilon qurishdagi yoʻlda Shtatlar (aniqrogʻi, ularning shaklini olgani) dunyo maydoniga hayratlanarli muvaffaqiyatga erishdi. Lekin endi qanday tez erishgan boʻlsa xuddi shunday – yanada  tezroq - yoʻqotmoqda. Ha, hozir koʻpchilik uchun buni tasavvur qilish qiyin: hammasi qanchalik tez oʻzgarishini tushunish uchun rus yoki xitoylik boʻlish kerak.

Agar bundan bir yuz ellik yil ilgari biror kishiga 2021 yilda yagona Yevropa hukumatining rahbari nemis boʻladi, Kiyev Rossiyada boʻlmaydi deb hikoya qilib berilganda, xulosa bir xil boʻlgan boʻlardi – endigina tashkil etilgan Ikkinchi Germaniya reyxi (u 1871 yil 18 yanvar kuni eʼlon qilingan) shu qadar muvaffaqiyatli ediki, butun Yevropani birlashtiribgina qolmasdan, Rossiyani yakson qildi va undan Polsha va Malorossiyani ajratdi. Agar shunday kuzatuvchiga yana dunyoning siyosiy xaritasini koʻrsatishganda edi, uning xayoliga AQShni dunyo gegemoni deb atash kelmasdi – axir uning hududi oʻtgan bir yuz elik yil davomida deyarli kengaymadi, aniqku, natijada dunyoni kim boshqaradi. Nemislar! U Germaniya Yevropani boshqarishiga qaramasdan ikkita jahon urushida magʻlub boʻlgani va geosiyosiy va harbiy jihatdan AQShga qaramligini bilib, juda hayron qolgan boʻlardi.

Xitoy ham hududiy jihatdan kengaymadi – lekin ichidan boʻlingan va tobe mamlakatdan dunyoning eng kuchli iqtisodiyotiga aylandi. Yaʼni u ming yillarcha boʻlgan mavqeini oʻziga qaytardi. Ammo dunyoning globalizatsiyalashayotgan sharoitida u oʻz qobigʻiga oʻralmaydi – u dunyo maydoniga chiqdi va uni toʻxtatib boʻlmaydi.

AQSH nazariy jihatdan hozirgi inqirozdan keyin ham saqlanib qolishi mumkin edi. Shunchaki globalizatsiyani bir tomonlama boshqarishning imkoni yoʻqligini tan olish, gegemon rolidan voz kechish va dunyo davlatlari kontsertlariga oʻtishi kerak edi. Bir paytning oʻzida oʻzining infratuzilmalari va iqtisodiyotini tiklash, yaʼni milliy davlatini mustahkamlash bilan shugʻullanish kerak.

Tramp aynan shu yoʻldan olib borayotgandi – koʻpincha ichki his bilan sezib, biroq toʻgʻri. Ammo globalcha kayfiyatdagi Amerika elitasining AQShning davlat singari ishi bilan yoʻq. Aniqrogʻi, ular uni irqsiz va jinssiz yagona insoniyat timsoliga aylantirishga tayyorlar. Lekin bunday jamiyatni barpo qilish – xomxayol gʻoya. Xitoy, Rossiya, Germaniya va boshqa davlatlardan farqli oʻlaroq Shtatlarning nafaqat ildizi yoʻq, balki uni davlat sifatida shakllantiruvchi xalqi ham yoʻq. Oʻzaksiz hech qanday mustaham davlat boʻlishi mumkin emas, dunyo gegemoni haqida gapirish uyoqda tursin.

Gegemon, shunday boʻlsa ham, dunyo hukmroligini qoʻllashga boʻlgan kuch shundoq ham yoʻq. Vashingtonda hukumat tepasiga qaytgan globalchilar buni yaxshi tushunishadi. Obama davridayoq ular globalizatsiya uchun majburiyatlarni taqsimlashga urinishni boshlashgan – ittifoqchilar va hamkorlar bilan “liderlikni” boʻlib olishgan. Biroq banket uchun pul toʻlashni xohlovchilar topilmadi.

Hozir Bayden maʼmuriyati tashqi maydonda juda ehtiyotkor boʻladi – hech qanday keskinlashuv, hech qanday janjal, bu AQSH vaziyatini faqat yomonlashtirish uchungina emas, balki yangi hukumatning haqiqatdan ham keskinlashayotgan ichki muammolariga koʻp eʼtibor qaratib, sayʼ-harakatlarni amalga oshirishiga toʻri keladi. Buning ustiga yangi hukumat “telbanoma Tramp” hukumatidan tubdan farq qilishini koʻrsatishi kerak boʻladi – aynan oʻsha “aqldan oshgan” biror bir yangi urushni boshlamagani va hatto shu bahor oxiriga kelib Afgʻonistondan qoʻshinlarni toʻliq olib chiqish majburiyatini olganiga qaramasdan.

Ustiga ustak Bayden maʼmuriyati, albatta, ogʻizda optimizm va xaloskorlikni namoyish etadi. “Demokratiya sammitini” oʻtkazadi, “atlantika birdamligini” mustahkamlaydi, Xitoyga qarshi, Rossiyaga bosim oʻtkazish uchun yagona frontni toʻplaydi. Lekin bu choralarning natijalari juda past boʻladi, dunyoda AQShga boʻlgan munosabat yanada xotirjamroq boʻladi. Dunyo uzil-kesil “Amerika asri” bitib borayotganiga ishonch hosil qiladi, nafaqat xalqaro maydonda, balki AQShning oʻzida.

Asosiy mavzular