18:28 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Kolumnistlar
Havola olish
129730

Hech kim jugʻrofiya va iqtisod qonunlarini bekor qila olmaydi: Rossiya va Yevropa har doim qoʻshni boʻladi va shu sababli ham iqtisodiy munosabatlarni osongina uzib tashlashning iloji yoʻq.

Yevropada fevral oyi qaynoq boshlandi, Bryussel Rossiyaga qanday munosabatda boʻlishi kerakligini hech hal qila olmayapti. Berlin esa, oʻzlari uchun nima qimmatroq: milliy gʻurur, Rossiya gazi, Navalniy arvohi yoki Amerika prezidenti oldida chiroyli boʻysunish. Ushbu ishlar fonida Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha vakili Jozep Borrelning Rossiyaga tashrifi - bir talay mojarolarga sabab boʻldi.

Yevropaning eng katta yoki eng ommaviy amaldori boʻlmagan Borrel Moskvaga uyushtirgan tashrifidan soʻng, bir necha baland ovozli va yoqimsiz bayonotlar bilan chiqdi. Uning aytishicha Rossiya "uning kutganidek boʻlib chiqmaganini" va "zamonaviy demokratik davlatga aylanmaganini" eʼlon qildi. Shu bilan birga YEI vakili 22 fevralda boʻlib oʻtadigan YEI TIV kengashida Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar joriy etishini maʼlum qildi.

Yevropalik amaldor xafa boʻlishining asosiy sababi - unga Navalniy bilan uchrashishga ruxsat berishmagani va uning talabiga koʻra muxolifatchini ozodlikka chiqarishmagani ekan.

Borrel xulosasiga koʻra, Rossiya YEI bilan munosabatlarni tiklashdan manfaatdor emas.

Kreml Yevropa amaldorining ushbu chiqishlariga tezkor va keskin javob qaytardi. "Bizdagi maʼlumotlarga koʻra, Moskvada boʻlib oʻtgan muzokaralar yuqorida qayd etilgan bitta mavzudan koʻra ancha boy boʻlgan", - dedi rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Borrelning bunday bayonot bilan chiqishi tushunarli, chunki uning Moskvaga tashrifini mutlaq muvaffaqiyatsiz, deb atash mumkin. Navalniydan foydalanib Moskvaga bosim oʻtkazishga boʻlgan urinish - natijasiz boʻldi.

Rossiya rahbariyati, yevropalik amaldor talablariga quloq ham tutib oʻtirmadi. Shu bian birga Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov YEI ishonchli hamkor emasligini ochiqchasiga Borrelning yuziga aytdi.

Bunga javoban YEI Navalniy jamoasini qoʻllab-quvvatlaydi va boshqa shu kabi quruq vahimali gaplan jarangladi.

Uyiga qaytgan Borrel qattiq iskanjaga olindi. Bir tomondan uni Yevroparlamentagi radikallar uni siquvga olgan boʻlsa, ikkinchi tomondan Rossiya bilan qarama-qarshilikdan charchagan jiddiy Yevropa siyosatchilari boʻldi. Shu oʻrinda Gerxard Shreder, Frank-Valter Shtaynmayer va Xayko Maasaning fikrini keltirib oʻtish kerak. Ularning barchasi Moskvaning jahlini chiqarish geosiyosiy katastrofaga olib kelishi mumkinligini taʼkidlashdi.

Maʼlumki, siyosat - bu iqtisodning davomi hisoblanadi. Borrelning Moskvaga tashrifini aynan ana shu nuqtai nazardan koʻrib chiqish maqsadga muvofiq boʻladi. Navalniy ishi kabi, yevropalik amaldorning tashrifining mazmuni ham "Shimoliy oqim-2" atrofidagi xalqaro mojaroning davomidir.

Eslatib oʻtamiz, "Shimoliy oqim-2" - bu Rossiyadan Germaniya tomonga Boltiq dengizi orqali qurilayotgan, uzunligi 1234 km boʻlgan (ikkita quvurning uzunligi 2468 km) gaz quvuri boʻlib, u "Shimoliy oqim"ning kengaytirilishi hisoblanadi. Yangi gaz quvuri Germaniya, Daniya, Rossiya, Finlyandiya va Shvetsiya hududiy suvlari orqali oʻtadi. "Shimoliy oqim-2"ning Rossiya hududiy suvlaridan oʻtgan qismi - 118, Finlyandiya — 374, Shvetsiya — 510 km, Daniya — 147 km va Germaniya — 85 kilometrni tashkil qiladi.

Ushbu loyihani toʻxtatishga bir necha bor urinishlar boʻlgan boʻlsada, hozir u yakuniy bosqichga kirgan. Bu esa okean ortiga judayam maʼqul kelmayapti. Ular shunchalik xavotirga tushgan-ki, hatto 2020 yilgi davlat byudjetiga Rossiya energetika sektorgi qarshi sanktsiyalar kiritish ham hisobga olingan. Asosiy zarba albatta - "Shimoliy oqim-2"ga qarshi qaratilgan edi. Sanktsiyalar ostiga SHO-2 bilan bogʻliq barcha qurilish kemalari va hatto sugʻurtalar va sertifikatlash kompaniyalari ham kiritilgan edi.

AQShning ushbu harakatlari Yevropada qoʻllab-quvvatlanmadi. Ayniqsa loyihaning asosiy benefitsiari - Germaniya tomonidan. 2020 yilning 11 yanvar kuni, AQSH sanktsiyalari kuchga kirishidan bir necha kun oldin, Moskvada Vladimir Putin bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvdan soʻng, Germaniya kantsleri Angela Merkel "Berlin Shimoly oqim-2ga qarshi sanktsiyalarni tan olmaydi va loyihani "toʻgʻri" va "tijorat maqsadida" qurilayotganini tan oladi va uni qurib bitkazish kerak deb hisoblaydi", - degan edi.

Nemislar AQSH tomonidan oʻtkazilayotgan bosim bu Yevroap gaz bozori uchun tashqi iqtisodiy vositalar bilan olib borilayotgan kurash ekanini yaxshi tushunishadi. AQSH Rossiyaning Yevropa ga bozoridan siqib chiqarib oʻrniga oʻzining suyultirilgan tabiiy gazini yetkazib berishni orzu qiladi. Bunday gaz Yevropa uchun qimmatroq boʻlishini hamma bilsa-da, lekin amerikaliklar shundan yoʻl bilan goʻyoki Yevropani "Kreml shantajidan" ozod qilishmoqchi. Shu bilan birga ular Rossiya ichida "demokratik qadriyatlarni himoya qilshmoqchi".

AQSH qanday shantaj haqida gapirayotgani tushunib boʻlmaydi, chunki "Gazprom" gʻarbdagi hamkorlari oldida oʻz majburiyatlarini aʼlo darajada bajarmoqda: hammasi oʻz vaqtida va bozor iqtisodining barcha qonunlariga asosan.

Okean ortidagi hamkorlarning Berlinga bosim oʻtkazishga harchand urinishiga qaramasdan oʻtgan yil davomida Germaniya nuqtai nazarida hech qanday oʻzgarishlar sodir boʻlmadi. Germaniyaning yuqori lavozimdagi amaldorlari ushbu loyihani iqtisodiy deb atashdi va ungi siyosatni bogʻlashdan voz kechishdi.
Lekin oʻtgan kuz mavsumidan boshlab Rossiyaga hujumlar yangi kuch bilan avj oldi. Sanktsiyalar ish bermagach, ogʻir artilleriya kuchga kirdi. Ana shu artilleriyaning snaryadlaridan biri - bu Navalniy ishi, ikkinchisi esa- Borrelning Moskvaga tashrifi boʻldi.

Ushbu tashrifni AQShning Rossiya imkoniyatlarini va rivojlanishini cheklab turishga qaratilgan harakatlari qatorida qabul qilish kerak. Yevropada Amerika manfaatlarining lobbistlari boʻlgan koʻp sonli yirik siyosatchilar bor.

Ular orasida Rossiyani majburlash va uni turli sohalarda har qanday yoʻl bilan boʻlsa ham boʻyin egdirishga majburlashga moyil boʻlgan amaldorlar ham bor. Aleksey Navalniy voqeasi yevropalik byurokratlar uchun Rossiya bilan savdolashish va bosim oʻtkazish qoʻl keluvchi "qulay vosita" boʻldi.

Ana shunday ochiq va bezbetlik bilan qilingan sinov tashrifiga, Moskva loʻnda va keskin javob qaytardi. Navalniy bilan boʻlayotgan hamma voqea - bu Rossiyaning ichki ishidir va bo borada bosim oʻtkazishni Moskva qabul qilmaydi. Umuman olganda, bunga gaz shartnomalarining nima aloqasi bor? Aytmoqchi, sizning diplomatlaringiz biroz haddidan oshmoqda. Ulardan uch nafari "persona non-grata" deb eʼlon qilingan. Xoʻsh, oʻyinni yana davom ettiramizmi, yoki jiddiy suhbatga oʻtamizmi?

Yevropalik amaldor jiddiy suhbatga tayyor emas ekan.

Lekin ushbu tashrif yana bir bir "it huraveradi karvon oʻtaveradi" maqolini yana bir bor tasdiqladi. Yaqinda gaz quvurining Daniyadan oʻtgan qismi qachon yakunlanishi maʼlum boʻldi. Daniya dengizchilari boshqarmasi maʼlumotiga koʻra, Daniya suvlarida yanvarda qurilishi boshlangan "Shimoliy oqim-2" Aprel oyida yakunlanadi.

Bundestagda esa Germaniya TIV rahbari Hayko Maas, Rossiyadan norozi boʻlgan deputatlarga, ushbu loyihadan voz kechin Germaniya uchun geostrategik katastrofa boʻlishini tushuntirdi. "Shunday davlatlar borki, ular bizdan gaz quvuri qurilishini toʻxtatishni talab qilish bilan bir vaqtda, oʻzlari Rossiyadan neft importi hajmini oshirmoqda", - dedi u. Loyiha amalga oshishiga FRG vitse-kantsleri Olaf Sholts va Avstriya kantseri Sebastyan Kurts ishonch bildirishdi.
Shunday qilib, Borrelning Moskvaga tashrifi Yevropada rusofobiyaning yangi toʻlqinini boshlovchi "tepki"ga aylanmadi. Lekin erkin nafas olishga hali erta - bu bor-yoʻgʻi "jang bilan razvedka" qilish edi. Haqiqiy hujum endi boshlanishi mumkin.

22 fevral kuni boʻlib oʻtadigan YEI TIV rahbarlari uchrashuvida Moskvani hamma narsada ayblashga urinish boʻladi, va erishilgan kelishuvlar martda boʻlib oʻtadigan sammitda mustahkamlanadi. Bunday vaziyatda faqatgina Kremlning keskin pozitsiyasi gʻarblik "hamkorlarni" vaziyatga jiddiy qarashga majbur qilishi mumkin.

Gʻarb va Sharq orasida vaziyatnin yanada keskinlashtirishi, geosiyosiy landshaftni oʻzgartirib yuborishi va oxir oqibat Yevropa uchun ayanchli tugashi mumkin. Bu haqida oʻtgan haftada bir necha yetakchi nemis siyosatchilari ham ogohlantirishgan edi. Rossiya va Yevropa munosabatlari ancha vaqtdan buyon bunchalik past darajada boʻlmagan edi.

Muammoning negizi shundaki, hech qaysi oliy martabali amaldor jugʻrofiya va iqtisod qonunlarini bekor qila olmaydi. Rossiya va Yevropa har doim qoʻshni boʻladi va shu sababli ham iqtisodiy munosabatlarni osongina uzib tashlashning iloji yoʻq. Hatto eng ashaddiy "sovuq urush" yillarida ham bunday boʻlmagan. Albatta siyosat iqtisodga taʼsir qiladi, lekin yosh boladek "buvimga achchiq qilib qulogʻimni muzlatib olaman" deyish - jiddiy siyosatchilar va davlatlarga toʻgʻri kelmaydi. Navalnыy ishtirokidagi sirli spektaklga kelsak, Rossiyani bunday "arzon garovga" sotib olib boʻlmaydi. Moskva oʻz harakatlari bilan buni yaqqol namoyish qildi.

Asosiy mavzular