Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Analitika

Yevropa Rossiya bilan aloqalarni boshi berk koʻchaga olib kirdi. Ammo oʻzi ham bundan xursandmas

© REUTERS/ Francois LenoirJenщina pod zontom ryadom s flagom YES
Jenщina pod zontom ryadom s flagom YES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.02.2021
Kecha Yevroparlamentda Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar muhokamasi boshlandi. Rejaga koʻra, sanktsiyalar masalasi 22 fevral kuni YEI kengashining tashki ishlar boʻyicha yigʻilishida koʻrib chiqiladi.
Kiritilishi rejalashtirilayotgan cheklovlar soʻnggi bir necha yillar davomida allaqachon odatiyga aylangan - shu bilan birga oʻzining oʻta past samaradorligini isbotlagan - personal va korporativ sanktsiyalarga nisbatan kengroq va keskinroq boʻlishi kutilmoqda.
Vaktsina Pfizer-BioNTech - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.01.2021
Dunyoda
Le Monde: YEI Pfizer vaktsinasini bosim ostida maʼqulladi, buning dalili bor
Rossiya va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi munosabatlar tarixdagi eng murakkab inqirozni boshdan kechirmoqda. Ekspertlar hozirgi holatni 2010 yilning oʻrtalaridagi holatdan ham yomonroq, deya baholashmoqda. Aytishlaricha, bundan yomoni boʻlishi mumkin emas.
Yevrodiplomatiya rahbari Jozep Borrelning oʻtgan hafta oxirida Moskvaga uyushtirilgan tashrifi Gʻarbda oʻtaketgan muvaffaqiyatsizlik deya tan olindi. Yevropa OAVlari u Sergey Lavrov oldida qanchalar ayanchli koʻringanini, va jurnalistlar fikriga koʻra, Rossiya rahbariyati Yevropani va uning vakilini haqorat qilish uchun qoʻldan kelgan harakatni qilishgani haqidagi gaplarni hali-hamon ezgʻilab yozishda davom etishmoqda.
Zdaniye MID Rossii. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.12.2020
Rossiya
Rossiya Navalnыy bilan bogʻliq vaziyat tufayli YEI sanktsiyalariga javob qaytaradi
Yevropaliklar tomonidan qoldirilayotgan izohlarda sarosimani ilgʻash mumkin va buning oʻziga yarasha sabablari bor. Moskva chindan ham oʻzni tutishning odatiy modelidan voz kechdi - va shu vaqtgacha gʻarblik sheriklar tomonidan yulib olingan rolni tortib oldi.
2014 yildan tomonlar oʻrtasidagi ziddiyatlar bitta sxema asosida qurilgan: Gʻarb Rossiyani dahshatli gunohlarda ayblagan - Rossiya bosiqlikni saqlagan holda hujumlarga qarshilik koʻrsatgan; soʻngra Moskvaga qarshi "jazo" tariqasida navbatdagi sanktsiyalar kiritgan - bunga javoban simmetrik va asimmetrik choralar koʻrilgan. AQSH va YEI shu tariqa konfrontatsiya richagini nazorat qilib borib, undan oʻzlari uchun kerakli vaqtda Rossiyaga qarshi qoʻllaganlar, Moskva esa bu konstruktsiyada faqatgina chaqiriqlarga munosabat bildirib kelgan, xolos.
Kandidat v prezidentы Belarusi Svetlana Tixanovskaya vo vremya predvыbornogo mitinga v parke Drujbы Narodov v Minske - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.10.2020
Analitika
YEI mamlakatlari Belarus muxolifatini qoʻllashdan nima manfaat koʻradi - ekspert fikri
Tabiiyki, ishlarning bunday holatini Moskvaning ojizligi sifatida qabul qilganlar yetarlicha edi. Ana shundaylarga koʻra, Moskva Gʻarb bilan munosabatlarga tobe, shu bois, oʻziga nisbatan bepisandlarcha munosabatlarga haqiqiy keskin javob qaytarish oʻrniga bundayin kamsitishlarga chidashga majbur edi.
Bu safar ham hammasi odatiy stsenariy boʻyicha boshlangan edi — Yevropa rossiyalik blogerning jangovar zaharli modda bilan zaharlangani haqidagi gʻaroyib hikoyani ishga solgandi. "Kremlning oldingi jinoyatlari" oʻz salohiyatini yoʻqotgani va oldinda qarama-qarshiliklar kalavasi kutayotgani darhol ayon boʻlgan edi.
Ammo, ochigʻini aytganda, bir vaqtning oʻzida Rossiya yuz bergan voqeaga noodatiy tarzda keskin javob qilgani uchun voqealar yangicha stsenariy boʻyicha borishi mumkinligiga shama qilingandi. Oʻtgan oylar davomida TIVning tekshirilgan formulirovkalari ochiqchasiga Moskva yevropa fitnasidan qattiq dargʻazab ekanligini anglatar edi. Ammo chegaraning u tomonidagilar diplomatik tilning nozik jihatlari haqida unutib qoʻyishganmi, yoki Moskva ohangi oʻz ortidan hech narsa olib kelmaydigan shunchaki puch soʻzlar, deya qabul qilindimi, ishqilib, Rossiya tomonining tashabbusni oʻz qoʻliga olgani va Rossiyaning oʻzi endilikda ziddiyatga borishga tayyorligi gʻarbliklar uchun katta syurpriz boʻldi.
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s uchaщimisya VUZov po sluchayu Dnya rossiyskogo studenchestva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.01.2021
Rossiya
Putin Navalniyning surishtiruvi haqida: qasr menga tegishli emas
Borrell Moskvadagi magʻlubiyatidan tashqari, mamlakat rahbarlarining keskin ohangini eshitgani kamlik qilgandek, Rossiyadan uch nafar yevropalik diplomatlarning chiqarib yuborilayotgani haqidagi xabarni oʻzi bilan olib ketdi. Va bu xabar kunduz kuni chaqnagan chaqmoqdek taʼsir koʻrsatgan edi. Natijada, Yevropa yoʻl-yoʻlakay butun boshli harakatlar strategiyasini zudlik bilan qayta koʻrib chiqishga majbur boʻldi - hozir koʻrinib turibdiki, uning bu harakatlari koʻpam muvaffaqiyatli boʻlgan emas.
Shu tariqa, Moskvaga javob tariqasida rus diplomatlarining chiqarib yuborilishi ham unchalik samara bergan emas, sababi, bu oʻzganing tashabbusiga reaktsiya hisoblanib, u ayni vaqtda shu vaqtgacha Rossiya gardaniga yuklab kelgan rolni ijro qilmoqda, xolos.
Gʻarb tomonidan ilgari surilayotgan "notoʻgʻri rejimlar"ni sanktsiyalar, son-sanoqsiz notatsiyalar oʻqish va boshqa metodlar, shu jumladan, gumanitar bombardimonlar yordamida ham "tarbiyalash" mavzusi si" oddiy farazga asoslangan: biz - ancha taraqqiy etgan, farovon va omadli boʻlganimiz uchun boshqalarga aql oʻrgatishga haqlimiz; bizning taraqqiy etishimiz boisi esa bizda demokratiya, inson huquqlari va soʻz erkinligi hukm surgani tufaylidir.
Glavnoye zdaniye Soveta Yevropы v Strasburge - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.01.2021
Siyosat
Yevroparlament Navalniy tufayli Rossiyaga qarshi rezolyutsiya qabul qildi
Ushbu taʼkidning ikkinchi qismi ochiqchasiga yolgʻon boʻlib, birinchisiga shubha bildirish, darhaqiqat, ancha qiyin. Bu esa, tabiiyki, xalqaro hamkorlikning oʻziga xos jihatlariga taʼsir koʻrsatadi. Chunki bunda Yevropa va AQSH deyarli hamisha ancha ustunlikka ega va kontragentlarga bosim oʻtkazish uchun ham imkoniyatlar ularda koʻproqdir.
Ammo ayni vaqtda Yevropa oʻta zaif holatda turibdi, buni natijasida Rossiyaga qarshi qaratilgan kampaniyaning yangi bosqichi kutilmaganda uning oʻzi uchun ochiqchasiga nomaqbul bir holatga aylandi.
Hozirda butun dunyo uchun shu narsa ayonki, YEIga Rossiyadan ikkita narsa nihoyatda zarur: "Shimoliy oqim - 2" va "Sputnik V".
Mamlakatdan vaktsina ishlab chiqarish kabi eng yuqori kompetentsiyani talab qiladigan bunday murakkab sohada, nodemokratik rejim demokratiya mashʼalasiga qaraganda ilmiy va texnologik jihatdan ancha rivojlangan boʻlib chiqqani haqidagi masalani qavsdan tashqarida qoldirish mumkin.
Sudno-truboukladchik Fortuna - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.01.2021
Dunyoda
AQSH “Shimoliy oqim-2”ga qarshi yangi sanktsiyalar joriy etdi
Bu yerda eng muhimi - Moskva emas, balki Yevropa Moskvaga tobeligi oydinlashdi va bu hammaga oshkor boʻldi, shu bois ham gʻarb bundan nihoyatda gʻazabga tushgan. Shu bilan birga Rossiya uchun — ikkala loyiha boʻyicha ham YEI bilan hamkorlik qanchalik muhim boʻlmasin, — bu hamkorlik hayotiy muhim ahamiyat kasb etmaydi: gazni ham yoʻnaltirish mumkin boʻlgan joylar topiladi, "Sputnik V" ga ham oʻzga xaridorlar yetarlicha.
Natijada, Bryussel boshqa gʻarbiy yevropalik poytaxtlar bilan (birinchi galda, albatta, Berlin bilan) juda murakkab boshqotirmani yechishga majbur.
Bir tomondan - Rossiyadagi ichki vaziyatni davlatga qarshi boʻlgan muxolifatdan foydalangan holda beqarorlashtirishda davom ettirish zarur - axir boshlab qoʻyildi, qolaversa, NATO boʻyicha ittifoqdoshlar ham bosim oʻtkazmoqda. Boshqa tomondan, Moskvadagi hozirgi demarshlardan soʻng ancha jabrlangan yuzni qanday boʻlsa ham saqlab qolmoq kerak - bu esa ruslar uchun haqiqatda juda ham qattiq taʼsirga ega boʻlgan choralarni qabul qilish zaruratini anglatadi.
Sudno-truboukladchik Solitaire i sudno snabjeniya Fortitude - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.01.2021
Analitika
AQSH yana "Shimoliy oqim - 2" masalasiga kirishdi
Uchinchi tomondan, oʻtkazib yubormaslik muhim, chunki gazquvuri qurilishini yoʻqqa chiqarib qoʻymaslik, "Sputnik V" boʻyicha hamkorlikni uzib qoʻymaslik muhim — bu yerda Vashington oʻta jiddiy manfaatni koʻzlamoqda, va Kreml sabri koʻrinib turibdiki, poyoniga yetmoqda.
Uzoq yillar davomida soyada va AQSH ga tobelikda boʻlib kelgan Yevropaning mustaqil geosiyosiy oʻyinga boʻlgan istaklarini tushunsa boʻladi. Faqat u teng huquqlar asosidagi oʻyin va stavkalarning keskin koʻtarilishiga tayyor emasligi ayon boʻlib qoldi - va endi uning oʻzining kelajagi jiddiy xavf ostida qoldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala