05:33 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Kolumnistlar
Havola olish
2005 0 0

Yevropa Ittifoqi 2014 yil yozida Ukrainadagi mojaro sabab Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanktsiya kiritgan. Rossiya esa munosib javob qaytardi. Sanktsiya urushida kim koʻproq jabr koʻrmoqda?

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. Siyosiy qarama-qarshilik yillari davomida Yevropa Ittifoqi oʻzaro cheklovlardan Rossiyaga qaragandan koʻproq narsa yoʻqotganiga qaramasdan, Bryussel Moskvaga qarshi yangi sanktsiyalar hozirlamoqda. Iqtisodiy zarar oʻnlab milliardlar yevroga baholanmoqda. Yevropa qanday zarar koʻrdi va kim koʻproq yoʻqotdi – RIA Novosti materialida.

Ehtimoliy yoʻqotishlar

Sanktsiyalar shunaqa – Yevroittifoqining maqsadi emas, bu Rossiyaga nisbatan samarali vosita, xolos, dedi Bryusseldagi brifingda YEIning tashqi siyosat xizmati vakili Piter Stano. Yevrodiplomatiya rahbari Jozep Borrel Aleksey Navalniy hibsga olingandan soʻng inson huquqlari buzilgani uchun jazo muqarrarligini qoʻshimcha qildi.

Yevropa Ittifoqi 2014 yil yozida Ukrainadagi mojaro sabab Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanktsiya kiritgan. Keyinchalik ularni kengaytirdi. YEI yetakchilari 2015 yilda bu choralarni Minsk kelishuvlariga bogʻlashdi. Moskva Rossiya ichki Ukraina mojarosining tarafi va Minsk kelishuvlari subʼyekti emasligini aytib, tartibga solish jarayonida faqat vositachi ekanini bayon qildi. Va sanktsiyalarga javob qaytardi.

Bir yil oʻtishi bilanoq, Yevropa koʻproq yoʻqotayotgani ayon boʻldi. 2014 yil martdan 2015 yil martiga qadar Moskva 55 milliard dollar kamomad aniqladi, YEI esa 110 milliard dollar. Ikki tomonlama cheklovlardan oyiga 700 million dollar yoʻqotayotgan Germaniya, ayniqsa jiddiy zarar koʻrdi.

Oʻshanda Yevropa parlamentida sektor sanktsiyalar Rossiya uchun ogʻriqli boʻlganini taʼkidlashdi.

Ammo 2018 yilda YEI qonunchilik organi tan oldiki, sanktsiyalar oʻta cheklangan samarani beryapti. “Gʻarbning Moskvani yakkalashga urinishlariga qaramasdan, Rossiya jahon maydonida yanada koʻzga koʻringan rolni oʻynamoqda. Sanktsiyalarga javoblar mamlakatning qishloq xoʻjaligiga yordam berdi”, - deyishdi deputatlar.

Doʻstona olov

2019 yilda “besh yillik sanktsiyalar” yakunlarini Gonkongdagi Linnan universtiteti iqtisodchisi Mattye Kroze va Jahon iqtisodiyoti Kil instituti iqtisodchisi Yulian Xints tahlil qilishdi. Ularning hisob-kitoblariga koʻra, Gʻarb sanktsiyalari ziyonining yarmidan sal koʻprogʻi – oyiga 2,2 milliard dollar Rossiyaga toʻgʻri keladi. Qolgan umuman qiymati 1,8 milliard boʻlgan 45 foizni cheklov tashabbuskorlari oʻzaro boʻlib olishadi. Ushbu maʼlumotlarda “Doʻstona olov: Rossiyaga qarshi sanktsiyalarning savdo-sotiqqa hamda javob sanktsiyalarining taʼsiri” tadqiqotida chop qilingan.

Kroze va Xints hisob-kitobi sxemasini “Economic Policy” nufuzli ilmiy jurnali tasvirlab berdi. Oʻzaro cheklovlarsiz xalqaro savdo-sotiq qanday rivojlangan boʻlardi bahosi asos boʻlgan.

Aniqlanishicha, bir oylik ziyon – toʻrt milliard dollar. Germaniya eng koʻp boshqalardan yoʻqotyapti – 38 foiz, 667 million dollar. Frantsuz kompaniyalari ham jiddiy zarar koʻrdi. Kroze va Xints tadqiqotida taʼkidlanishicha, boshqa mamlakatlarga qayta yoʻnaltirilgan eksport baribir ziyon oʻrnini qoplamagan.

Yaqinda Germaniya Iqtisod va energetika vazirligi qayd etdi: Yevropa biznesi 2014 yildan buyon Rossiyaga qarshi sanktsiyalar tufayli milliardlar yoʻqotdi, qora roʻyxatga tushgan Rossiya fuqarolari va kompaniyalarining muzlatilgan aktivlari va mablagʻlari – bu baʼzan bir necha yuz yevro.

2018 yilda Germaniya qariyb 485 ming, Irlandiya 25 ming, Italiya 94 ming, Niderlandiya 806 yevroni muzlatilgan aktiv va mablagʻlar bazasiga kiritdi. Faqat Kipr ajralib turibdi – uch million yevrodan ziyodroq.

2019 yilda bu koʻrsatgich Germaniyada 337 ming, Irlandiyada 77 ming, Italiyada 148 ming, Niderlandiyada 819 yevroni tashkil etdi. 2020 yilda Germaniyada 341 ming yevro, Niderlandiyada esa 761 yevro.

Germaniya 2014 yildan buyon jami taxminan 1,8 million yevroni muzlatdi. Germaniya va Rossiya oʻrtasidagi savdo aylanmasi esa 2014 yilda 67,7 milliard yevro, 2015 yilda 51,5 milliard, 2016 yilda 48 milliard yevro edi.

Berlin sanktsiya urushidan Germaniya koʻproq jabrlanishini bir necha marta aytgandi. Oʻtgan yil yozida bundestag deputati Markus Fronmayer Kroze va Xints natijalariga yaqin boʻlgan maʼlumotlarni keltirgandi: oyiga 618 million yevro (YEIning barcha ziyonlarining 40 foizi, yiliga 7,4 milliard).

Asosiy jabrlanganlar

Bryussel va Moskva oʻrtasidagi sanktsiya urushini Vena Xalqaro iqtisodiy tadqiqotlar instituti (Wiener Institut fur Internationale Wirtschaftsvergleiche — WIIW) ham atroflicha oʻrganib chiqdi.

WIIWning yaqindagi baholariga koʻra, Rossiyaga eksportning qisqarishi 2014-2018 yillarda Germaniyaga YAIMning 0,2 foizi, Avstriyaga 0,5 foizga tushgan. Iqtisodchilar Chexiya va Vengriya (har biri YAIMning 0,6 foizidan yoʻqotgan) va Slovakiyani (YAIM 1 foizi) eng koʻp jabr koʻrganlar qatoriga kiritgan. Ammo mutlaqo koʻrsatgichlarda eng katta ziyonni Germaniya koʻrgan – 14 milliard yevro sanktsiyalarning faqat ilk ikki yilida.

Iqtisodiyot sektorlariga toʻxtaladigan boʻlsak, bu yerda “antiyetakchilikda” toʻqima sanoati, farmatsevtika, elektr, mexanika va transport uskunalari.

Tadqiqot mualliflari oziq-ovqat mahsulotlari (Yevropadan goʻsht, sut, baliq, meva-sabzavotlarga Rossiya 2014 yil avgustidan embargo joriy etgan) “Yevropa eksportida muhim rol oʻynamaganini” (Boltiq mamlakatlari, Finlyandiya, Germaniya, Niderlandiya va Polshadan tashqari) qayd etishgan.

“Rossiyada oziq-ovqat inflyatsiyasi kuzatildi, xolos, biroq bir vaqtning oʻzida import oʻrnini bosish qishloq xoʻjaligining qayta tiklanishiga koʻmaklashdi, bu iqtisodiyotning koʻzga koʻringan muvaffaqiyatlaridan biri boʻldi”, - deya tan olgan WIIW.

YEIning Rossiyaga eksport ulushi ikki baravarga qisqardi. Lekin shu bilan birga Rossiya neft va gaziga boʻlgan qaramlik, ayniqsa energiya tashuvchilaga boʻlgan talabning oʻsishi va “Shimoliy oqim - 2” gaz quvurining tez orada yakunlanishini inobatga olib, kuchaydi.

Teglar:
sanktsiyalar, Rossiya, Yevropa

Asosiy mavzular