11:44 26 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Kolumnistlar
Havola olish
452 0 0

Oxirgi 100 yilda tovar-xom-ashyo bozorida toʻrtta oʻsish supertsikli boʻlib oʻtgan edi, hozir beshinchisi kutilmoqda. Sabab - pandemiyadan soʻng joriy etilayotgan iqtisodni qoʻllab-quvvatlash choralari.

TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Soʻnggi kunlarda neft narxi tezlik bilan oʻsib bormoqda. Dunyodagi eng yirik investitsion banklardan biri JP Morgan Chase ekspertlari xulosasiga koʻra – xom-ashyo bozorlarida oʻsish supertsikli boshlangan va bu soʻnggi 100 yil ichida beshinchi supertsikl boʻladi. Jahon iqtisodiyoti uchun bu nimani anglatishi haqida RIA Novosti eksperti xulosasi.

Qaltis tiklanish

2020 yilda neft sohasi  bir necha bor oʻsish va pasayish toʻlqinlarini his qildi. Bunga bir necha faktorlar sabab boʻlmoqda, ularning asosiysi – talab keskin kamaygan vaqtda ortiqcha xom-ashyo ishlab chiqarish hamda pandemiya va lokdaun.

© Sputnik / Maksim Bogodvid

Oʻtgan yilning mart oyida neft narxi 2 baravar kamaygan edi, lekin kuz oxirida neft bozoriga kuchli impuls berildi. Bunga gʻarbdagi vaktsinalarning muvaffaqiyatli sinov dan oʻtishi, AQShda prezident saylovida Bayden gʻalaba qozonishi sabab boʻldi. Bayden yashil texnologiyalar tarafdori boʻlgani sababli, u Tramp kabi amerika neftchilarini qoʻllab-quvvatlamasligini  hamma yaxshi bilardi.

Yanvar oyida kotirovkalar soʻnggi 8 oy boʻyicha maksimal natija namoyish qildi. OPEK+ neft qazib olishni cheklash haqidagi qarori ham bunga oʻz hissasini qoʻshdi.Natijala bugungi kunda nefi narxi barreliga 63 dollarga yetib keldi.

Bunday dinamika neft sohasi tiklanayotganini namoyish qiladi. Albatta birinchi navbatda Osiyo bozorlarida talab jonlanishi evaziga. Bu yerda hozircha yashil energetika manbaalariga oʻtishga shoshilishmayapti.

Lekin bundan bir oy oldin, bozorlardagi nostabil vaziyat tufayli, prognozlar ancha bosiq edi. Fitch xalqaro reyting agentligi ommaviy vaktsinatsiya tezkor amalga oshirilgandagina ijobiy oʻzgarishlarni kutayotganini xabar qilgan edi. Tahlilchilar hatto shunday vaziyatda ham yaxshi tomonga oʻzgarish sekin amalga oshishini maʼlum qilishgan edi.

Beshinchi toʻlqin

JP Morgan Chase tahlilchilari fevral boshida bayonot berganidek, xom-ashyo bozorida yangi oʻsish supertsikli boshlanganini bashorot qilishgan edi. Buning belgilari sifatida quyidagilar keltirilgan edi: qishloq xoʻjalik mahsulotlari, metallar va neft narxi 50 dollardan oshishi bunga dalil sifatida keltirilgan edi.

Oxirgi 100 yilda tovar-xom-ashyo bozorida toʻrtta oʻsish supertsikli boʻlib oʻtgan edi. Ulardan oxirgisi 1996 yilda boshlanib 12 yil davom etgan va 2008 yilda yakunlangan. Unga dunyodagi uglevodorodlarning asosiy isteʼmolchisi - Xitoyda sodir boʻlgan iqtisodiy oʻsish sabab boʻlgan edi. Bu safargi supertsiklga esa – pandemiyadan soʻng koʻplab mamlakatlarda joriy etilgan "oʻta yumshoq" pul-kredit va byudjet siyosati sabab boʻlmoqda: turli davlatlarda joriy etilgan oʻta past asosiy foiz stavkalari, byudjet tomonidan markaziy banklarni qoʻllab-quvvatlash, dollarning qiymati tushishi, inflyatsiya tezlashishi va agressiv ekologik siyosat va boshqalar.

Shu bilan birga, vaziyat 2000 yillar oʻrtasiga oʻxshab ketadi: xom-ashyo bozorlaridagi kotirovkalar – eng baland nuqtaga chiqqan. Masalan, Xitoy ulkan miqdorda makkajoʻxori va soya xarid qilmoqda, AQShda ushbu mahsulotlar narxi rekord darajaga koʻtarilgan ularning zahiralari esa – defitsit darajasigacha kamaygan.

Londondagi Comex birjasida platina va mis narxi ham oʻz choʻqqisiga chiqqan. RJO Futures aktivlarni boshqarish kompaniyasi katta boshqaruvchisi Jon Karuzo aytishiga koʻra, ushbu metallargan boʻlgan talab taklifdan oshib ketmoqda, mis zahiralari soʻnggi 10 yillikdagi minimal darajaga yetgan.

Neft narxi “pandemiya chuquridan” toʻliq qutulganini namoyish qilmoqda, uning ortiqcha zahiralari keskin kamaymoqda, - deydi Bloomberg.

JP Morgan xulosasiga koʻra, beshinchi supertoʻlqin boshlanishining yana bir muhim faktori — bu iqlim oʻzgarishi bilan kurash boʻlmoqda. Ushbu kurash - neft qazib olish hajmini cheklab qoʻyishi va metallarga boʻlgan talabni oshirishi mumkin. Chunki metallar qayta tiklanuvchi energiya manbaalari va akkumulyatorlar ishlab chiqarilda kerak boʻladi.

Doimiy trend

Xom-ashyo bozorida uzoq muddat davomida oʻsish kuzatilishi – bu juda muqarrar prognoz boʻlishi mumkin. Chunki Uoll-Strit ham pandemiyadan soʻng iqtisodning tezda qayta tiklanishini kutmoqda va inflyatsiyani kafolatlamoqda.

Tovarlar bozorida narxlar oʻsishini nafaqat JP Morgan Chase, balkim Goldman Sachs Group, Bank of America, Ospraie Management kabi moliya gigantlari ham bashorat qilishmoqda. Ularning ham dalillari bir xil – iqtisodni qoʻllab-quvvatlash uchun joriy etilgan keng koʻlamli loyihalar va ommaviy vaktsinatsiya – oʻsishga sabab boʻladi.

Xususan, Goldman Sachs neftning Brent navi boʻyicha yilning toʻrtinchi kvartalda barreliga 65 dollar narx belgilagan. Shu bilan birga ular qishda neft isteʼmoli sutkasiga 3 million barrelga kamayishini aytishmoqda. Ular xulosasiga koʻra, bu Xitoy talabini qisman qondiradi xolos. "Vaziyatni normal holatga keltirish yoʻlida - qishgi muammolar va koronavirusning ikkinchi toʻlqini ham unchalik katta muammo emas”, - deyishmoqda siyosatchilar.

Bank of America (BofA) aytishiga koʻra, yarim yillik oxirida neft narxi 60 dollar boʻladi  va sutkasiga 1,6 million barrellik talab defitsiti paydo boʻladi. OPEK va Xalqaro energetika agentligi ham yilning ikkinchi yarmida neftga boʻlgan talab keskin oshadi va pandemiya vaqtida toʻplanib qolgan zahiralarni sezilarli darajada qisqartiradi.

Citigroup yil oxirida Brent navining bir barreli uchun 70 dollarov za,  WTI uchun esa - 68 dollarni tashkil qiladi. Saudiya Arabistoni rahbarligida neft ishlab chiqarish hajmini qisqartirish ham zahiralar kamayishiga olib keladi. Xullas, bugungi kun istiqbolida neft bozorida talab oʻzini kutilganidan yaxshi koʻrsatmoqda.

Asosiy mavzular