09:57 20 Iyun 2019
Efir
  • RUB132.57
  • EUR9566.00
  • USD8535.74
Vecherniy Sankt-Peterburg

Toshkentda Sankt-Peterburg kunlari boʻlib oʻtadi

© Sputnik / Aleksandr Demyanchuk
Madaniyat
Havola olish
59 0 0

Sankt-Peterburg Tashqi aloqalar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sergey Markov Oʻzbekiston, xususan, toshkentliklarning mehmondoʻstligini eʼtirof etgan.

TOSHKENT, 22 apr - Sputnik. Toshkent shahar hokimligida Sankt-Peterburg Tashqi aloqalar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sergey Markov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston Respublikasi hududlari va Rossiya Federatsiyasi subʼyektlari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari ikki mamlakat mintaqalari oʻrtasida imzolangan hamkorlik toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim, Strategik sheriklik toʻgʻrisidagi hamda Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomalar va boshqa qator hujjatlar asosida rivojlanmoqda. 

Xabarda yozilishicha, Sankt-Peterburg Tashqi aloqalar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sergey Markov Oʻzbekiston, xususan, toshkentliklarning mehmondoʻstligini eʼtirof etib, poytaxtga amalga oshirayotgan safari davomida Toshkentning diqqatga sazovor joylarini koʻrish, tarixi ulugʻ qadim va navqiron shaharning hayoti bilan tanishish niyatida ekanligini aytib oʻtgan.

“Muloqot davomida tomonlar 2019 yilda Toshkentda oʻtkazilishi rejalashtirilgan Sankt-Peterburg kunlari tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish borasida  fikr almashishdi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, uchrashuvda Toshkent shahar hokimligi va Sankt-Peterburg oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamda madaniy hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid takliflar ham koʻrib chiqilgan.

Asosiy mavzular