13:42 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Madaniyat
Havola olish
504 0 0

Toshkent shahrida "Yoshlar kuni" doirasida oʻtkaziladigan ommaviy-koʻngilochar tadbirlar, festival va marofonlar, turli yoshlar aktsiyalariga 300 000 dan ortiq yoshlar jalb qilinishi koʻzda tutilgan.

TOSHKENT, 22 iyun - Sputnik. Oʻzbekiston poytaxtida "Yoshlar kuni" doirasida, 20-30 iyun kunlari, Toshkent shahar hokimligi tomonidan 20 ga yaqin yirik ommaviy-koʻngilochar tadbirlar, festival va marofonlar, turli yoshlar aktsiyalari oʻtkaziladi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar qildi.

Jumladan, mehribonlik, muruvvat uylari hamda kam taʼminlangan oila farzandlari, imkoniyati cheklangan yoshlar uchun bayram dasturxoni yozilishi, mahallalardagi kam taʼminlangan oila farzandlariga oʻquv qurollari, kiyim-kechaklar, shirinliklar tarqatish aktsiyalari oʻtkazilishi, kam taʼminlangan yoshlarning nikoh toʻylarini oʻtkazish hamda "Yaxshilik albatta qaytadi" shiori ostida ommaviy qon topshirish aktsiyasini tashkil etish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, Toshkent shahrining barcha tumanlarida 29-30  iyun kunlari "Hokim va yoshlar" uchrashuvi tashkil etiladi, yoshlar muammolari boʻyicha hokim qabullari oʻtkaziladi.

30 iyun kuni Toshkent shahar hokimligida  "Mard oʻgʻlon" davlat mukofotini tantanali topshirish marosimi oʻtkaziladi.

Madaniy-koʻngilochar yoʻnalishda zamonaviy yosh musiqa ijrochilari ishtirokida "I love music" festivali, 27-30 iyun kunlari Toshkent shahrining barcha tumanlardagi madaniyat va istirohat bogʻlarida hamda  hiyobonlarda "Yoshlar sayllari", 29 iyun kuni "Youth Day" nomli ommaviy yugurish marafoni oʻtkaziladi.

29 iyun kuni Xalqlar doʻstligi maydonida "Musiqa - jangovar safda" shiori ostida Markaziy harbiy orkestr kontserti, 30 iyun kuni "Yoshlar-karting" ommaviy-sport musobaqalari, 29-30  iyun kunlari poytaxt yoshlariga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida "Toshkent seni sevadi" shiori ostida  Sayilgoh koʻchasi va Xalqlar doʻstligi maydonida "Youth Day" gala-kontsertlari, 30 iyun kuni "Humo" muz saroyida "Yoshlar simfonik orkestri"ning "Yoshlar kuni"ga bagʻishlangan kontserti oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, 30-iyunni "Yoshlar kuni" sifatida nishonlash taklifi Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yilda oʻtkazilgan "Kamolot" qurultoyi ilgari surilgan edi.

Asosiy mavzular