14:58 22 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Arxeologicheskiye raskopki

Oks Iskandariyasi haqidagi olamshumul kashfiyot qachon eʼlon qilinishi maʼlum boʻldi

© Sputnik / Emma Zilivinskaya
Madaniyat
Havola olish
81610

Koʻp yillar davomida ilmiy jamoatchilik vakillari “Oks Iskandariyasi qayerda - Eski Termizdami, Oy-xonumdami yoki Kampirtepada?” degan savol trofida munozara olib borishgan.

TOSHKENT, 24 avg – Sputnik. Termizda “Oʻzbekiston – tsivilizatsiyalar chorrahasi“ nomli xalqaro arxeologik forum doirasida ertaga Oks Iskandariyasi Kampirtepada joylashgani butun jahonga eʼlon qilinishi maʼlum qilindi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.

Forum doirasidagi eng muhim tadbirlardan biri Kampirtepa shahriga rasman port shahar maqomi berilishi boʻladi.

“Ertaga butun dunyoga Kampirtepa Oks Iskandariyasi ekanligini rasman eʼlon qilamiz”, - dedi bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov

Bosh vazir oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, Kampirtepaga olib boruvchi yoʻllarda bu yer Oks Iskandariyasi ekanligini bildiruvchi belgilar oʻrnatib chiqilgan. Ushbu kashfiyot Surxondaryoda turizmni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Akademik Edvard Rtveladze boshchiligidagi bir guruh olimlar qadimiy grek tarixchisi va geografi Ptolemey asarlarida yodga olingan va ellinistik madaniyatning Markaziy Osiyodagi gʻaroyib yodgorligi sanalgan afsonaviy Oks Iskandariyasi Oʻzbekistonning Surxondaryo viloyatida joylashganligini isbotladilar.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Edvar Rtveladze rahbarligida Kampirtepada olib borilgan tadqiqotlar natijasi ─ Oks Iskandariyasi haqida hali hech kimga maʼlum boʻlmagan maʼlumotlar bayon qilinishi haqida xabar qilgan edik.

Asosiy mavzular