O‘zbekiston sovet davrining eski jangovar samolyotlarini sotapti

© Nuz.uzO‘zbekiston sovet davrining eski jangovar samolyotlarini sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston sovet davrining eski jangovar samolyotlarini sotuvga qo‘ydi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlari sovet davrida ishlab chiqarilgan eski jangovar samolyot va vertolotlarni sotuvga qo‘ymoqda

TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Amerikaning sovet davrida ishlab chiqarilgan harbiy texnikalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi Redfish Trading Company kompaniyasi qator samolyotlarni sotuvga qo‘ydi, deb xabar qilgan nuz.uz nashri topwar.ru portaliga tayangan holda.

Tank T-64BV. - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va O‘zbekiston harbiy-texnik hamkorlik shartnomasi imzolashdi
Xabarda aytilishicha, gap yetti dona MiG-29 qiruvchisi, besh dona Su-27 qiruvchisi, bir dona Su-25 hujumchi samolyoti va 22 dona Su-17 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlar xususida bormoqda.

Texnika haqidagi ma’lumotlarda ular O‘zbekiston HHKga tegishli ekanligi yozilgan.

Portalning yozishicha, bu ma’lumotni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ham tasdiqlagan.

Yangiliklar lentasi
0