01:49 24 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51
Selxozugodya v Uzbekistane

Oʻzbekistonliklar yerlari olib qoʻyilishi mumkin boʻlgan sabablar sanab oʻtildi

© Flickr / Stanislav Magay
Iqtisod
Havola olish
4212 0 0

Aholidan yer uchastkalari uch holatda olib qoʻyilishi mumkin

TOSHKENT, 12 dek - Sputnik. Oʻzbekistonda investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorda shu vaqtgacha dolzarb masala boʻlgan investorlarga yer ajratish va yer uchastkalarini olib qoʻyish mezonlari aniq belgilab berilgan, dedi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya boʻyicha davlat qoʻmitasining yillik faoliyati hisobotiga bagʻishlangan tadbirda qoʻmita vakili Oybek Hamrayev.

Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabariga asosan.

"Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yerlarni olib qoʻyish - yerlari olib qoʻyilishi rejalashtirilayotgan  shaxslar bilan ochiq muhokama oʻtkazilib, foyda-harajatlar baholangandan keyingina yoʻl qoʻyiladi. Bundan tashqari, olib qoʻyilayotgan yer uchastkalardagi imorat va inshootlar buzilishiga - koʻchmas mulkning bozor qiymatini va olib qoʻyish oqibatida mulkdorlarga yetkazilgan zararlarning oʻrni toʻliq qoplangandan keyingina yoʻl qoʻyiladi", - dedi Hamrayev. 

U shuningdek, shu vaqtgacha yer istalgan sabablar bilan olib qoʻyilganligini, ammo endilikda yer uchastkalarini olib qoʻyish mezonlari aniq belgilanganligini qayd etdi.

Hujjatga koʻra, endilikda yerlar Mudofaa va davlat xavfsizligi muhofaza etiladigan hududlar ehtiyojlari uchun, yoki erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va faoliyat koʻrsatishi uchun kerak boʻlsa, olib qoʻyilishi mumkin.

Undan tashqari, infrastruktura obʼyektlari: avtomobil va temir yoʻllari, aeroportlar, temiryoʻl transportlari obʼyektlari, koʻpriklar, metropoliten va boshqa shu kabi infrastruktura obʼyektlari qurish maqsadida ham yer uchastkalari olib qoʻyilishi mumkin. 

Aholi puntklarining bosh rejalarida nazarda tutilgan byudjet mablagʻlari hisobidan quriladigan obʼyektlarga, shuningdek, qonunlar va prezident qarorlarida toʻgʻridan toʻgʻri koʻrsatilgan boshqa hollarda ham yerlar olib qoʻyilishi mumkin.

Asosiy mavzular