14:38 25 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Iqtisod
Havola olish
407 0 0

Oʻzbekiston Shoʻrton GTL zavodi qurilishi loyihasini hayotga tatbiq etish uchun 11 kreditorlardan 2,3 milliard dollar jalb qilmoqda. "Yevro-5" standartlari talablariga javob beradigan zavod 2020 yilda ishga tushirilishi kutilmoqda

TOSHKENT, 15 dek - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Toshkent shahrida Oʻzbekistonning eng muhim investitsion loyihalaridan biri boʻlgan "Uzbekistan GTL" loyihasini amalga oshirish doirasida umumiy qiymati 2,3 milliard AQSH dollari miqdoridagi moliyalashtirish hujjatlarini imzolash marosimi oʻtkazildi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Zavod GTL v Guzarskom rayone Kashkadarinskoy oblasti budet proizvodit boleye 1,5 mln. tonn vыsokokachestvennogo sinteticheskogo jidkogo topliva.

Ushbu marosimda Xitoy Taraqqiyot banki, Koreya Eksport-import banki, Koreya Savdo va Sugʻurtalash korporatsiyasi, "Gazprombank" aktsiyadorlik jamiyati, Eksport kreditlari va investitsiyalari sugʻurtasi boʻyicha Rossiya agentligi, Gredit Suisse" Shveytsariya banki, Yaponiyaning Mufc, Smbc va Mizuho banklari, Rossiya, Koreya elchixonalarining vakillari, "Oʻzbekneftegaz" AJ, Oʻzbekiston rekonstruktsiya va taraqqiyot fondi rahbariyati va boshqalar ishtirok etishdi.

2,3 milliard dollarning 1 milliardini Xitoy tomoni, 600 million dollardan ortigʻini Janubiy Koreya va 700 millionga yaqinini boshqa kreditorlar ajratishmoqda.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.
Predsedatel pravleniya AO "Uzbekneftegaz" Baxrom Ashrafxanov

"Hozirgi kunda Oʻzbekiston oʻz oldiga iqtisodiy rivojlanish boʻyicha yangi maqsad va vazifalarni qoʻyyapti. Uzbekistan GTL kabi zamonaviy korxonani qurilishi Oʻzbekistonning boshlangan iqtisodiy islohotlarni davom ettirishga boʻlgan qatʼiyatining yorqin tasdigʻidir", - deb taʼkidladi oʻz tabrik nutqida "Oʻzbekneftegaz" AJ Boshqaruv raisi Bahrom Ashrafxonov.

Loyihaning bosh pudratchisi Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering va Singapurning Hyundai Engineering and Construction va Enter Engineering kompaniyalari konsortsiumidir.

Tadbirda moliyalashtirish institutlari, Uzbekistan GTL loyiha korxonasi va "Oʻzbekneftegaz" AJ vakillari kredit va moliyaviy hujjatlarni imzolash marosimini oʻtkazdilar.

Imzolash marosimidan soʻng loyiha uchun shampan vinosi toʻldirilgan qadahlar koʻtarildi.

Bugunga kelib, zavodning "kaliti bilan topshirish" qurilish kontraktining umumiy amalga oshirish jarayoni 65%ni tashkil etadi. Zavodning Qashqadaryo viloyatidagi qurilish maydonida qurilish ishlari jadal davom etmoqda. Hozirda qurilish maydonida 5 mingdan ziyod ishchi va mutaxassislar, shu jumladan chet ellik mutaxassislar jalb qilingan hamda 500ga yaqin qurilish, maxsus va ogʻir yirik oʻlchamli texnika safarbar qilingan.

Gʻuzor tumanida qurilayotgan GTL zavodi "Yevro-5" standartlariga javob beradigan 1,5 mln. tonnadan ortiq yuqori sifatli sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqaradi.

Loyihani amalga oshirish tabiiy gazni chuqur qayta ishlash quvvatini kengaytirish, uglevodorod hom ashyosi importini qisqartirish, yuqori sifatli va ekologik toza yoqilgʻiga ichki ehtiyojni qoplash hamda bozorni mahalliy hom ashyodan ishlab chiqarilgan strategik mahsulotlar bilan taʼminlash imkonini beradi.

Asosiy mavzular