01:14 24 Iyul 2019
Efir
  • RUB136.92
  • EUR9676.70
  • USD8624.51
Avtosalon GM Uzbekistan

“Oʻzavtosanoat” 32 ta dilerlik korxonasidagi oʻz ulushini sotadi

Press-slujba GM Uzbekistan
Iqtisod
Havola olish
220 0 0

Ushbu korxonalarning har biri tayyor, yuqori daromadli biznes boʻlib, yangi avtomobillar, ehtiyot qismlar sotuvining amaldagi tizimini, shuningdek avtoservis xizmatlari koʻrsatish tizimini oʻzida qamrab olgan.

TOSHKENT, 24 dek – Sputnik. “Oʻzavtosanoat” AJ xususiy dilerlik korxonalari sonini koʻpaytirish maqsadida, 32 ta dilerlik korxonalari ustav fondlaridagi oʻz ulushlarini auktsion savdolariga qoʻydi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu korxonalarning har biri tayyor, yuqori daromadli biznes boʻlib, yangi avtomobillar, ehtiyot qismlar sotuvining amaldagi tizimini, shuningdek avtoservis xizmatlari koʻrsatish tizimini oʻzida qamrab olgan.

Savdolarga avtomobillar sotuvining shaffof tizimlari rivojiga va ularga sotuvdan keyin xizmat koʻrsatishga investitsiya kiritish istagida boʻlgan xususiy investorlar (yuridik va jismoniy shaxslar) taklif etiladi.

Auktsion savdolari tashkilotchisi – “Respublika mulk markazi” AJ.

Savdolar 2019 yil 21 yanvarda oʻtkaziladi. Savdolarda qatnashish uchun dilerlik korxonasi ustav kapitalidagi ulush boshlangʻich qiymatining 15 foizini oʻtkazish talab etiladi.

Ulushlari sotuvga qoʻyilgan dilerlik korxonalari nomlari va ularning boshlangʻich narxlari kompaniya xabarida keltirilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq “Oʻzavtosanoat” AJ uchta dilerlik korxonalaridagi ulushlarni sotish uchun auktsionga qoʻyganligi haqida xabar qilgandik.

Asosiy mavzular