20:27 06 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Vvod v ekspluatatsiyu TES

Navoy issiqlik elektr stantsiyasida birinchi zamonaviy bugʻ-gaz qurilmasi ishga tushirildi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov
Iqtisod
Havola olish
464 0 0

Bu obʼyekt Markaziy-Osiyodagi eng samarali elektrstantsiyalaridan biri boʻlishi kutilmoqda

TOSHKENT, 1 yanv - Sputnik. 29-dekabr kuni Navoiy IESni kengaytirish va umumiy quvvati 450 megavattni tashkil etuvchi ikkinchi gaz-bugʻ qurilmasini qurish loyihasida BGQ-2 Gaz Turbinasida "birinchi olov oldirish" jarayoni oʻtkazildi, deb xabar qildi "Oʻzbekenergo" matbuot-xizmati.

Qurilma foydalanishga kiritilgandan keyin har yili qoʻshimcha 312,1 mlrd kVt-soat elektr energiya ishlab chiqariladi. 

450 MVt quvvatga ega elektrenergiyasini ishlab chiqaradigan bugʻ-gaz qurilmasini qurilish ishlarini 2020 yil yanvar oyida yakunlash rejalashtirilgan.

Bu obʼyekt Markaziy-Osiyodagi eng samarali elektrstantsiyalaridan biri boʻlishi kutilmoqda.

"Oʻzbekenergo" AJning loyihani qurish buyurtmasini Yaponiyaning Mitsubishi Corporation va Mitsubishi Hitachi Power Systems kompaniyalari bajarmoqda.

Loyihani moliyalashtirish Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA), Oʻzbekiston rekonstruktsiya va taraqqiyot jamgʻarmasi kredit mablagʻlari va "Oʻzbekenergo"ning shaxsiy mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, stantsiyadagi 478 MVtli birinchi bugʻ-gaz qurilmasi 2012 yil oxirida ishga tushirilgandi. Bu Oʻzbekiston energetika tizimida amalga oshirilgan birinchi yirik xalqaro loyiha boʻlgan. Stantsiya modernizatsiyalanguncha 1 kVt elektr energiya ishlab chiqarish uchun 400 gramm gaz sarflagan, hozirda bu koʻrsatkich 220-235 grammni tashkil qiladi. Buning evaziga 2014-2015 yillarda 700 mln kub metr gaz tejab qolingan.

Asosiy mavzular