07:21 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
61110

Qaror loyihasida paxta, gʻalla, meva-sabzavot va boshqa yoʻnalishlardagi klasterlar faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishda oʻz yechimini kutayotgan tizimli muammolar sanab oʻtilgan.

TOSHKENT, 23 yanv – Sputnik. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi “Qishloq xoʻjaligi klasterlari hamda paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tayyorladi.

Yangi hujjat loyihasida birinchi navbatda paxta, gʻalla, meva-sabzavot va boshqa yoʻnalishlardagi klasterlar faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishda oʻz yechimini kutayotgan tizimli muammolar sanab oʻtilgan.

Shuningdek, paxta, gʻalla, meva-sabzavot va boshqa yoʻnalishlardagi klasterlar faoliyatini har tomonlama rivojlantirish boʻyicha ishchi guruhi tasdiqlash nazarda tutilgan.

Loyihada ishchi guruh 2019 yil 1 iyungacha klasterlar faoliyatini har tomonlama rivojlantirish va ular faoliyatini toʻgʻri tashkil etishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini tayyorlab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish haqida topshiriq bayon etilgan.

“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bir oy muddatda tijorat banklari tomonidan chet el liniyalari hisobidan ishlatilmay qolgan valyuta mablagʻlarini mineral oʻgʻitlar importi uchun klasterlarga vaqtincha (xorijiy valyutada qaytarish sharti bilan) ajratish choralarini koʻrsin”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Shuningdek, hujjatda Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2019 yil 1 martgacha paxta xomashyosini yetishtirish davrida suv bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida nasos stantsiyalari boshqarmalari va suv taʼminotchilari oʻrtasida suvni yetkazib berish grafiklarini tasdiqlash toʻgʻrisida topshiriq qayd etilgan.

Hujjat loyihasi 6 fevralgacha muhokama qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning dekabr oyi yakunida paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi prezident qarori qabul qilingandi.

Hujjat talablariga koʻra, byudjet mablagʻidan tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish uchun har bir gektar yerga 8 mln soʻm subsidiya beriladi.

Asosiy mavzular