02:17 25 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Vetochki xlopka

Paxta, subsidiya va tomchilab sugʻorish: Moliya vazirligi yangi qaror loyihasini tayyorladi

© Sputnik / A. Varfolomeyev
Iqtisod
Havola olish
40510

Paxta yetishtirishda suvni tejovchi texnologiyalarni keng joriy etilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida qaror loyihasi tayyorlandi.

TOSHKENT, 24 yanv – Sputnik. Moliya vazirligi “Paxta xom ashyosi ishlab chiqaruvchilarning tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini tayyorladi.

Hujjatga paxta xom ashyosini ishlab chiqaruvchilarning tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilova qilingan.

Qaror loyihasida quyidagilar nazarda tutilgan:

- Oʻzbekiston fermer, dehqon va tomorqa yer egalari kengashi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda har yili 1 mayga qadar kelgusi yilda gʻoʻza yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish boʻyicha loyihalar xarajatlari hisob-kitobi prognoz koʻrsatkichlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan qoplash boʻyicha asoslangan talabnomalarni Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim qilish;

- Qishloq xoʻjaligi vazirligi tegishli vazirliklar, idoralar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan gʻoʻza yetishtirishda tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etish boʻyicha hisob kitoblarning asoslanganligini oʻrganib chiqib kerakli mablagʻlar ajratish uchun Suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda asoslangan hisob kitoblarni 2019 yilning 1 apreligacha va keyingi yillarda kalendar yilning 1 iyunigacha Moliya vazirligiga taqdim etib borilishini taʼminlash;

- Moliya vazirligi 2019 yilda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarga asosan paxta xom ashyosini ishlab chiqaruvchilarning tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash uchun zarur mablagʻlarni hosildorligi past boʻlgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom ashyosi yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mablagʻlari hisobidan ajratilishini taʼminlash.

“Tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy etish bilan bogʻliq xarajatlarning umumiy summasidan qatiy nazar, texnologiyalar joriy etilgan maydonning har bir gektari uchun bir martalik 8 mln.soʻmdan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratiladi”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Shuningdek, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda har yili 1 martga qadar kelgusi yilda gʻoʻza yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish istagini bildirgan paxta xom ashyosi ishlab chiqaruvchilarning roʻyxatini shakllantiradi.

Asosiy mavzular