23:14 18 Fevral 2019
Efir
  • RUB127.67
  • EUR9510.03
  • USD8395.15
Gostinitsa Uzbekistan v tsentre Tashkenta

Afsonaviy “Oʻzbekiston” mehmonxonasi sotuvga qoʻyildi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Iqtisod
Havola olish
320 0 0

Davlat “Oʻzbekiston” mehmonxonasidagi oʻz ulushini sotish boʻyicha tanlovni eʼlon qildi.

TOSHKENT, 12 fev – Sputnik. Davlat “Oʻzbekiston” mehmonxonasidagi oʻz ulushini sotuvga qoʻydi. Bu haqda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasida eʼlon berilgan.

Hozir mehmonxona binosini boshqaruvchi “Otel O’zbekiston” MCHJ qoʻshma korxonasida 80,13% davlatga tegishli.

Boshlangʻich narx - 33 million dollar. Maksimal toʻlov muddati - 3 yil. Xaridor ikki yil mobaynida 100 milliard soʻm mablagʻ kiritish boʻyicha investitsiya majburiyatlarini oʻziga olishi kerak. Bu mablagʻ mehmonxonani modernizatsiya va, agar zarurat tugʻilsa, rekonstruktsiya qilish uchun kerak.

Yangi mulkdor 10 yil davomida faoliyatning asosiy turini saqlab qolishi, bino tashqi koʻrinishini oʻzgartirmasligi va mehmonxonani boshqarish uchun eng yaxshi menejerlarni jalb qilishi shart.

Tanlovda ishtirok etish uchun dastlabki narxning kamida 15 foizi miqdorida garov puli kiritish lozim.

Asosiy mavzular