21:17 10 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Iqtisod
Havola olish
430 0 0

Joriy yilning yanvar-fevral oyida 90,5 mln dollarlik yengil avtomobillar import qilindi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan deyarli 4 baravarga koʻpdir.

TOSHKENT, 18 mar – Sputnik. 2019 yilning yanvar-fevral oyida import hajmi 3,3 mlrd dollarga (oʻsish surʼati 30,3%) teng boʻldi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlari darak beradi.

Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari (42,0%), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (12,9%) hamda qora va rangli metallar (7,9%) guruhlari hisobiga toʻgʻri keldi.
Joriy yilning yanvar-fevral oyida 90,5 mln dollarlik yengil avtomobillar import qilindi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan deyarli 4 baravarga ziyoddir.

Maʼlumotlarga koʻra, yuk avtomobillari va maxsus avtomobillar import hajmi ham ortib, 98,7 mln dollarni tashkil etdi.
Mashina va asbob-uskunalar asosan Xitoy (416,2 mln dolllar), Koreya (333,1 mln dollar), Rossiya (122,9 mln dollar), Turkiya (101,8 mln dollar) va Hindistondan (69,4 mln dolllar) import qilingan.

Asosiy mavzular