22:03 05 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Vizit Shavkat Mirziyoyeva v OAE

Mirziyoyev Oʻzbekiston-BAA kelishuvlarini amalga oshirish boʻyicha topshiriqlar berdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana.
Iqtisod
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi (9)
418 0 0

Prezident Oʻzbekiston-BAA kelishuvlarining soʻzsiz ijrosini taʼminlash boʻyicha samarali mexanizmlarni joriy etish vazifasini qoʻydi.

TOSHKENT, 1 apr – Sputnik. Bugun, 1 aprel kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻtgan hafta boʻlib oʻtgan Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrif doirasida erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni amalga oshirishni tashkil etish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Prezident erishilgan kelishuvlarning oʻz vaqtida va soʻzsiz ijrosini taʼminlash lozimligini qayd etib, samarali usul va mexanizmlarni joriy etgan holda qabul qilingan “yoʻl xaritasi”ni amalga oshirishni darhol boshlash muhim ekanini taʼkidladi.

BAAning yetakchi kompaniya va tashkilotlari bilan birgalikda amalga oshiriladigan ustuvor qoʻshma loyihalar sifatida “Navoiy” quruqlik porti va erkin iqtisodiy zonasini rivojlantirish, mamlakatimizda uglevodorodlar qazib olishni koʻpaytirish va ularni chuqur qayta ishlash, Tallimarjon issiqlik elektr stantsiyasi va boshqa mavjud IESlarni modernizatsiya qilish va kengaytirish, quyosh va shamol elektr stantsiyalarini, Sirdaryo viloyatida ammiak va karbamid ishlab chiqarish zavodini barpo etish va boshqalar belgilandi.

Bundan tashqari, agrosanoat klasterlarini tashkil etish va mamlakatimiz qishloq xoʻjaligining eksport salohiyatini yuksaltirish, Samarqand shahrida turizm va kommunal infratuzilmani, ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini, jumladan, Abu-Dabi taraqqiyot fondi ishtirokida taʼsis etilayotgan nizom jamgʻarmasi 1 milliard dollar boʻlgan investitsiya kompaniyasi mablagʻlarini jalb etgan holda qoʻllab-quvvatlash masalalari koʻrib chiqildi.

Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sohasidagi sheriklikni kengaytirish, “Masdar” kompaniyasi va Al Xalifa universiteti bilan koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish va loyihalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida BAAda oʻz vakolatxonasini ochadi.

Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, tarmoq kompaniyalari rahbarlariga eng qisqa muddatda investitsiya loyihalarining tarmoq jadvalini tasdiqlash va loyihalarni amalga oshirishni boshlash, oliy darajada erishilgan Oʻzbekiston-BAA kelishuvlarining soʻzsiz ijrosini taʼminlash boʻyicha samarali mexanizmlarni joriy etish vazifasi qoʻyildi.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi (9)

Asosiy mavzular