09:34 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Kupyurы nominalom pyatdesyat tыsyach sumov

Mirziyoyev ish haqi va pensiya miqdorini aniqlash tartibiga doir hujjatni imzoladi

Sputnik
Iqtisod
Havola olish
118810

Prezident farmoniga asosan, 1 sentyabrdan ish haqining eng kam miqdori oʻrniga yangi miqdorlar belgilandi.

TOSHKENT, 21 may – Sputnik. Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2019 yil 1 sentyabrdan boshlab ish haqining eng kam miqdori oʻrniga quyidagi miqdorlar belgilandi:

- Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 577 170 soʻm;

- Bazaviy hisoblash – 202 730 soʻm;

- Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 202 730 soʻm.

Bunda:

Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori maosh, ustamalar, qoʻshimcha haq, gonorar, qoʻshimcha ish uchun kompensatsiya toʻlovlari va ragʻbatlantiruvchi tusdagi toʻlovlarning boshqa turlari, shuningdek, qonunchilikda belgilangan ushlanmalar, ilgari eng kam ish haqiga nisbatan belgilab qoʻyilgan boshqa toʻlovlar miqdorini aniqlashda hamda oilalarning ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtojligi va ishsizlik boʻyicha nafaqalar miqdorini aniqlashda qoʻllaniladi.

Bazaviy hisoblash miqdori esa quyidagilarni aniqlashda qoʻllaniladi:

- soliqlar, yigʻimlar, jarimalar, davlat bojlari va koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari uchun boshqa toʻlovlarning miqdorlarini;

- tadbirkorlik bilan shugʻullanish uchun patent, litsenziya va boshqa toʻlovlarning qiymati, tashkilotlarning ustav va boshqa fondlari (kapitali) miqdori, pulsiz shaklda toʻlanadigan aktsiyalar, boshqa qimmatli qogʻozlarning qiymati, yuridik shaxslar aktivlarining balans qiymati, mikrokreditlar va lizing, shuningdek boshqa moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlarning cheklangan miqdorini.

Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori pensiyalar, ustamalar, qoʻshimcha haq va kompensatsiya toʻlovlari, shuningdek, xodimlar sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplashda qoʻllaniladi.

Eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan ustamalar, qoʻshimcha haq, mukofotlar hamda boshqa kompensatsiya va ragʻbatlantiruvchi tusdagi toʻlovlarning barcha turlari mazkur toʻlovlarning soʻmda ifodalangan amaldagi miqdorlarini saqlab qolgan holda qayta hisob-kitob qilinadi.

Asosiy mavzular