17:00 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
297 0 0

Oʻzbekiston Germaniya biznesi uchun alohida imtiyozlar berishga tayyor - Shavkat Mirziyoyev.

TOSHKENT, 28 may - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyor bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv batafsil va oʻzaro ishonch ruhida boʻlib oʻtganidan mamnunligini maʼlum qildi, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

Shavkat Mirziyoyev aytishiga qaraganda, yaqinda tashkil qilish rejalashtirilayotgan davra suhbati nemis biznesi uchun eshiklarni katta ochadi.

"Men bilishimcha, koʻp nemis biznesmenlari biz bilan hamkorlik qilishni istaydi, lekin hozircha ular biroz ikkilanib turishibdi. Men prezident sifatida shuni aytmoqchimanki – ikkilanish kerak emas! Ortga yoʻl yoʻq. Biz faqat oldinga yuramiz va boshlagan islohotlarimizni amalga oshiramiz", - dedi Oʻzbekiston prezidenti. 

Oʻzbekiston prezidenti fikriga koʻra, iqtisodiy hamkorlik qilishga tayyor boʻlgan yirik Germaniya kompaniyalarini qoʻllab-quvvatlash, albatta oʻz natijalarini beradi. Ikki tomondan bildirilgan siyosiy iroda barcha sohalarda hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga imkon yaratadi.

"Biz nemis biznesiga, nemis xalqiga va Germaniyaga – alohida imtiyozlar berishga tayyormiz. Biz har bir uchrashuv, har bir tadbir bilan oʻzaro ishonchimizni mustahkamlab boramiz. Germaniya bilan amalga oshirilayotgan har bir loyihani diqqat bilan bajaramiz. Bunga sizning oʻzingiz ham aman boʻlishingiz mumkin", - dedi Mirziyoyev.

Prezident aytishiga koʻra, albatta, ushbu islohotlarni amalga oshirish oson emas. Ularning koʻlami juda katta, ular barcha tomonidan qoʻllab-quvvatlanmayapti, lekin oʻzbek xalqi ushbu islohotlar muqarrar ekanini tushunib yetgan. "Va men ushbu xalq rahbari sifatida belgilangan islohotlarni yakuni yetkazaman", - dedi Mirziyoyev. 

Asosiy mavzular