12:36 15 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB142.96
  • EUR10360.56
  • USD9395.63
Proizvodstvo termochuvstvitelnoy bumagi dlya izgotovleniya chekovoy lentы v Kaliningrade

"Nikol Pak" Angren Pakga $75 million investitsiya kiritadi

© Sputnik / Igor Zarembo
Iqtisod
Havola olish
168 0 0

Rossiyaning "Nikol Pak" korxonasi 25 % davlat ulushi aktsiyalarini "0 qiymatda" olish hisobidan Angren qogʻoz fabrikasiga 75 million dollarlik investitsiya kiritadi.

TOSHKENT, 11 iyul - Sputnik. Rossiyaning “Nikol Pak” kompaniyasi Toshkent viloyatida joylashgan "Angren Pack" AJda oʻz ulushini 53%dan 78 %shacha oshiradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, Oʻzbekiston hukumati imzolagan qarorga asosan.

Qarorda aytilishiga koʻra, Rossiya korxonasi 2019 – 2020 yillarda, Oʻzbekistonda eng yirik qogʻoz ishlab chiqaruvchi korxonasiga 75 millon dollarlik sarmoya kiritadi. Buning evaziga boʻlgan, "Angren Pack"ning davlatga tegishli boʻlgan 25 % aktsiyalari “Nikol Pak” ixtiyoriga nol qiymatida topshiriladi.

Xususan, ushbu mablagʻlar evaziga sarmoyador korxona uskunalarini yangilashi va umumiy hajmi 6 million tonna boʻlgan bitumli, gidroizolyatsiya va uy tomini yopishga moʻljallangan mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishi kerak boʻladi. Undan tashqari 300 ming metr kub ekstruzion penopolisterol ham ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi kerak, deyilgan hujjatda.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilda "Nikol Pak" Angrendagi korxonaning 53% aktsiyalarini Chexiyaning  Paper Mill Holding korxonasidan sotib olgan edi.

Angren Pak, sobiq "Promkartontorg" – Oʻzbekistonning eng yirik qogʻoz fabrikasi boʻlib, u yerda yilga 100 ming tonna tara kartoni, 120 million m2 gofrotara va 100 ming m2 tolali plitalar ishlab chiqariladi. Korxona shuningdek tualet qogʻozi, salfetka va sochiqlar ham ishlab chiqaradi.

Asosiy mavzular