14:03 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00

Oʻzbekiston Qozogʻiston kompaniyasi bilan hamkorlikda elektromobillar ishlab chiqaradi

© Sputnik / Ilya Pitalev
Iqtisod
Havola olish
489 0 0

E-Line Kazakhstan kompaniyasi bilan elektromobillarni ishlab chiqarish borasida oʻzaro hamkorlikda ishlarni olib borishga kelishildi.

TOSHKENT, 12 avg — Sputnik. Innovatsion rivojlanish vazirligida E-Line Kazakhstan kompaniyasi bilan hamkorlikda elektromobillarni ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida vazir oʻrinbosari va kompaniya bosh direktori bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Vazirlik xabarida qayd etilishicha, uchrashuvda elektromobillarni ishlab chiqarish borasida oʻzaro hamkorlikda ishlarni olib borishga kelishib olindi.

Mazkur loyiha mamlakatda avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish bilan birga, atrof-muhit ifloslanishining oldini olishga hamda muqobil energiya manbalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qoʻqonda Hyundai bilan hamkorlikda elektromobillar ishlab chiqarilishi xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular