14:01 26 Avgust 2019
Efir
  • RUB138.47
  • EUR10092.14
  • USD9061.00
Shavkat Mirziyoyev predlojil usilit kontrol za investitsiyami

Eksport, investitsiya va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Iqtisod
Havola olish
187 0 0

Mirziyoyev eksportni oshirish va investitsiya jalb qilish boʻyicha topshiriqlar berdi

TOSHKENT, 12 avg – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 12 avgust kuni iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini oshirish va ulardan samarali foydalanish, investitsiyalarni, avvalo, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va oʻzlashtirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish koʻlamini kengaytirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. 

Yigʻilishda “Oʻztoʻqimachiliksanoati” uyushmasi, “Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi hamda Toshkent shahri, Fargʻona, Andijon va Toshkent viloyatlarida eksportni koʻpaytirish boʻyicha mavjud imkoniyatlardan toʻliq foydalanilmayotgani koʻrsatib oʻtildi. Mutasaddi rahbarlar eksportyorlarning muammolari bilan tizimli shugʻullanmayotgani, davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlarni tadbirkorlarga yetkazib, ularning tashqi bozorga chiqishiga koʻmaklashmayotgani tanqid qilindi. 

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri boshchiligida tashkil etilgan Hududlar va tarmoqlarning eksport salohiyatini oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi korxonalar vakillari va tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, ularni eksport faoliyatiga jalb etishi, bu boradagi muammolarini hal etish, xalqaro standartlarni joriy qilish va sertifikatsiyadan oʻtkazish boʻyicha yordam berishi zarurligi taʼkidlandi. 

“Eksport imkoniyatlarimiz koʻp. Xususan, paxta tolasi va meva-sabzavotni qayta ishlash mamlakatimizning rivojlanish nuqtalaridan biri boʻlishi kerak. Shu orqali eksportni koʻpaytiramiz va yangi ish oʻrinlariga ega boʻlamiz,” – dedi Shavkat Mirziyoyev.  

Belgilangan chora-tadbirlarni muddatida bajarish va buning hisobiga meva-sabzavot eksportini 2021 yilda 2 barobar oshirish zarurligi taʼkidlandi. Takroriy maydonlarga eksportbop ekinlar ekish, ayniqsa, dukkakli mahsulotlarni eksportga koʻproq chiqarish muhimligi qayd etildi. 

Xorijga tashriflar hamda xalqaro koʻrgazmalar doirasida imzolangan eksport shartnomalarining bajarilishi, oktyabr oyida “Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” nomli xalqaro koʻrgazma oʻtkazilishiga oid masalalarga ham eʼtibor qaratildi.    

Eksportyorlarning xorijdagi savdo uylari ustav kapitali miqdorini oshirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish sust kechayotgan tarmoqlar rahbarlari mavjud holat sabablari va bu boradagi ishlarni jadallashtirish rejalari toʻgʻrisida hisobot berdi. 

Tahlillarga koʻra, oxirgi 10 yilda ishga tushirilgan 40 taga yaqin yirik korxona quvvatlaridan toʻliq foydalanilmayapti. 

Vazirlar Mahkamasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga investitsiya dasturlari doirasida ishga tushirilgan korxona va obʼyektlar faoliyatini tahlil qilib, kam quvvatda ishlayotganlarini loyiha parametrlariga olib chiqish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. 

Yigʻilishda 2020-2022 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini shakllantirish masalasi ham muhokama qilindi. Dasturga, avvalo, oliy darajadagi tashriflar doirasida imzolangan 650 ga yaqin kelishuvlarga muvofiq ishlab chiqilgan aniq loyihalarni, shuningdek, neft-gaz xomashyosini chuqur qayta ishlash, muqobil energetika, mashinasozlik, elektr texnikasi, qurilish materiallari, agrosanoat kabi yuqori texnologiyali tarmoqlardagi loyihalarni  kiritish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Videoselektorda mahalliylashtirishni kengaytirish masalasi tahlil qilindi. Ayrim tarmoq va hududlarda mahalliylashtirish boʻyicha ishlar oʻz holiga tashlab qoʻyilgani tanqid qilindi. 

“Shuncha sharoit yaratyapmiz, texnologiyalar olib kelyapmiz. Joylardagi rahbarlar esa oʻzini qiynamay, mahalliylashtirish ustida ishlash oʻrniga osongina import qilishga oʻrgangan,” – dedi prezident.

Oʻzbekistonda molibdenning 1,1 foizi, tabiiy gazning 12 foizi, ruxning 21 foizi, misning 25 foizi, meva-sabzavotlarning 20 foizi, ip-kalavaning 46 foizi qayta ishlanmoqda, xolos. Agar bu xomashyolar chuqur qayta ishlansa, qoʻshilgan qiymatni 5 baravargacha oshirish mumkinligi taʼkidlandi. 

Vazirlar Mahkamasiga barcha tarmoq va hududlar korxonalarida mahalliylashtirilgan tovar ishlab chiqarish hajmini kelgusi ikki yilda kamida 20 foizga oshirish, import ulushi yuqori boʻlgan tovarlarni mahalliylashtirish boʻyicha dastur tayyorlash vazifasi qoʻyildi.

Hisob palatasi tarkibida mahalliylashtirishni kengaytirish masalalarini tahlil qiladigan boʻlinma tashkil etish zarurligi qayd etildi. 

Videoselektorda tarmoqlar hamda hududlar rahbarlarining hisobot va takliflari eshitildi.

Asosiy mavzular