14:14 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Iqtisod
Havola olish
157 0 0

Yalpi tushumning umumiy hajmida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarining eksporti 60 foizdan kam boʻlmagan eksport ulushiga ega boʻlgan korxonalar 2023 yil 1 yanvargacha mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod etiladi.

TOSHKENT, 18 sen – Sputnik. “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston prezidenti qarori qabul qilindi.

Qaror bilan xomashyoni qayta ishlash asosida bozor talablariga mos toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishning 2020–2025 yillarga moʻljallangan maqsadli parametrlari tasdiqlandi.

 Shuningdek, qarorga koʻra, 2021 yil 1 yanvardan:

- bojxona chegarasi orqali yarim tayyor charmni olib chiqishda eksport qilinadigan mahsulot qiymatining 10 foizi miqdorida;

- eksport qilinadigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSH dollari miqdorida yigʻim undiriladi.

2020 yil 1 yanvardan:

- yalpi tushumning umumiy hajmida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarining eksporti 60 foizdan kam boʻlmagan eksport ulushiga ega boʻlgan korxonalar 2023 yil 1 yanvargacha mol-mulk soligʻini toʻlashdan ozod etiladi;

- toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal, va moʻynachilik korxonalarining foyda soligʻi boʻyicha soliqqa tortiladigan bazasi yetti yil davomida teng ulushlarda zamonaviy tozalash va kanalizatsiya inshootlarini qurish boʻyicha xarajatlar summasiga kamaytiriladi;

- chorva mollarini soʻyish boʻyicha zamonaviy avtomatlashtirilgan majmualarni ishga tushirayotgan tashkilotlar va terini qayta ishlovchi korxonalar 2023 yil 1 yanvargacha yer soligʻi toʻlashdan ozod etiladi;

- “Oʻztoʻqimachiliksanoat” va “Oʻzcharmsanoat” uyushmalarining xorijiy konsultantlari Oʻzbekiston Respublikasidagi daromad manbalari boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini uning belgilangan stavkasidan 50 foiz miqdorida toʻlaydi.

Asosiy mavzular