O‘zbekistonda bioparchalanuvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Mediabankka o‘tishProdavshitsa slojila produkti v polietilenoviy paket
Prodavshitsa slojila produkti v polietilenoviy paket - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bioparchalanuvchi mahsulot tarkibining 40 foizini makkajo‘xori kraxmali yoki kartoshka kraxmali tashkil qilib, u tez parchalanuvchi material hisoblanadi.

TOShKENT, 3 okt – Sputnik. O‘zbekistonda bioparchalanuvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi.

O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida Janubiy Koreyaning “Seojin Industry” kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida “Seojin Industry” kompaniyasi O‘zbekistonda bioparchalanuvchi granulalar, paketlar va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha laboratoriya tashkil etish taklifini ilgari surdi. Bunda, ishlab chiqarish jarayonida 100 foiz milliy xom ashyodan foydalanishni yo‘lga qo‘yish e’tirof etildi.

Aksiya zelenix protiv ispolzovaniya plastikovix paketov - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreya yangi yildan plastik paketlardan voz kechadi

Xorijlik mehmonlar uchrashuv ishtirokchilariga “Seojin Industry” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlardan namunalar taqdim qilishdi.

Qayd etilishicha, taklif etilayotgan mazkur investitsiya loyihasining qiymati 18 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Shundan 3 mln. AQSh dollari  “Seojin Industry” kompaniyasi, qolgan mablag‘ esa O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan ajratilishi rejalashtirilgan.

Ta’kidlash joizki, bioparchalanuvchi mahsulot tarkibining 40 foizini makkajo‘xori kraxmali yoki kartoshka kraxmali tashkil qilib, u tez parchalanuvchi material hisoblanadi.

Bugungi kunda dunyo miqyosida plastik mahsulotlar va ularni qayta ishlash dolzarbligicha qolmoqda. Aynan, bioparchalanuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi mazkur texnologiya bir qator koreys kompaniyalari tomonidan yaratildi.

Eslatib o‘tamimz, O‘zbekistonda 2019-yil 1-yanvardan plonkali paketlarni bepul berish, ularning narxini tovarlar narxiga qo‘shish, shuningdek, ularni o‘z tan narxidan past narxlarda sotish taqiqlangan.

Yangiliklar lentasi
0