15:50 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Uzbekskiy pasport

Oʻzbekistonda kredit olishda propiska cheklovi bekor qilindi

© Galina Sapayeva / «Gazeta.uz»
Iqtisod
Havola olish
171 0 0

Endi kreditlarni yashash joyidan qatʼiy nazar istalgan hududda joylashgan bankdan olish mumkin – propiskaning ahamiyati yoʻq. Ushbu oʻzgarishlar 2019 yil 16 oktyabrdan kuchga kirgan.

TOSHKENT, 18 okt - Sputnik. Oʻzbekistonda kredit olishda propiska cheklovi bekor qilindi, deb xabar bermoqda "Bank va mijoz" kanali.

Taʼkidlanishicha, Markaziy bank qarori bilan Banklar isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda tijorat banklarining faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra, endi kreditlarni yashash joyidan qatʼiy nazar istalgan hududda joylashgan bankdan olish mumkin – propiskaning ahamiyati yoʻq.

Ushbu oʻzgarishlar 2019 yil 16 oktyabrdan kuchga kirgan.

Asosiy mavzular