09:58 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (39)
195241

Oʻzbekiston YEOIIga kirsa ichki bozorda raqobat kuchayadi, monopoliyalar barham topadi -bundan qoʻrqish kerak emas. “Issiqxona” sharoitida hech kim yaxshi rivojlanmagan, aksincha, raqobatbardosh boʻlganlar kuchaygan.

TOSHKENT, 31 okt – Sputnik. “Oʻzbekiston 24” telekanalida 30 oktyabr kuni bir guruh ekspertlar ishtirokida Oʻzbekistonning YEOIIga kirish masalasiga bagʻishlangan bahs-munozaralar boʻlib oʻtdi.

“Qarama-qarshi” koʻrsatuvining ushbu sonida Oʻzbekistonning koʻzga koʻringan iqtisodchi-olimlari, vazirlik va davlat qoʻmitalarining yetkchi mutaxassislari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakili, “Milliy tiklanish” partiyasi aʼzolari va boshqa mutaxassislar ishtirok etishdi.

Munozaralarda ekspertlar YEOIIga kirishning afzallik tomonlari koʻp ekanini qayd etishdi:

  • Mehnat migrantlari ijtimoiy va huquqiy himoyasi yaxshilanadi;
  • Ularning har birida yiliga 1700 $ atrofida mablagʻ tejash imkoni paydo boʻladi;
  • Oʻzbekistonda berilgan diplom, sertifikatlar Rossiyada tan olinadi. Bu fuqarolarga Rossiyada yuqoriroq lavozimlarda ishlashi, balandroq maosh olishiga imkon yaratadi;
  • Oʻzbekiston mahsulotlari uchun 185 million kishili bozor ochiladi;
  • Oʻzbekiston ichki bozorida raqobat kuchayib mahsulotlar sifati yaxshilanadi;
  • Oʻzbekiston tashqi savdosining asosiy savdo hamkorlaridan  boʻlgan Rossiya va Qozogʻistonga eksport qilish yanada osonlashadi;

YEOIIga kirishga qarshi boʻlgan, ikkinchi guruh mutaxassislar YEOIIga kirishning salbiy tomonlarini ham topishga harakat qilishdi. Ular quyidagilarni sanab oʻtishdi:

  • Rossiyaga qoʻlladigan sanktsiyalar YEOII davlatlariga ham taʼsir koʻrsatishini;
  • Oʻzbekistonning YAIMi miqdori Rossiyaga nisbatan juda kamligini;
  • YEOII siyosiy  bosim oʻtkazish mukinligini;
  • Oʻzbekiston iqtisodi hali zaifligini;  

Qarshi guruh ekspertlari yuqoridagi omillar tufayli Oʻzbekiston YEOIIga kirshga shoshilmaslik kerakligini taʼkidlashdi.

Shundan soʻng zalda boʻlgan ishtirokchilar orasidan ham olimlar va mutaxasisilar oʻz fikrlarini bildirishdi. Ulardan eng qiziqlarini keltirib oʻtamiz:

* 1991 yildan beri NATO, YEI va SHHT va IHT bilan xamkorlik kilib kelayapmiz, lekin xech kimga bosh egib kolganimiz yuk. Xamma tashkilotlar bilan oʻz manfaatlarimiz yoʻlida hamkorlik qilib kelmoqdamiz. 

* Iqtisodiyot nazariyasiga koʻra, har bir mamlkat iqtisodiy jihatdan ixtisoslashishi kerak. Bugungi kunda Oʻzbekiston Rossiya va Qozogʻistonga asosan toʻqmiachilik va qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetkazib bermoqda. Demak biz shu sohalarda ixtisoslashsak muvaffaqiyatga erishamiz dedi ekspertlardan biri.

* Maʼlumki ikkita bir xil mahsulot sotadigan davlat hamkorilik qila olmaydi. Lekin YEOII davlatlari orasida bizning toʻgʻridan toʻgʻri raqibimiz yoʻq. Rosiyaning asosiy eksport mahsuloti energiya manbaalari boʻlsa, Oʻzbekistonniki -  toʻqmachilik va qishloq xoʻjaligi.

- * YEOIIdan SSSRning hidi kelmaydi. Bu boshqa xid. Bu jihatdan xavotir olish kerak emas, dedi Tohir Malikov Iqtisod fanlari doktori.  

* YEOII tarkibida raqobat kuchayadi, lekin bundan qoʻrqish kerak emas. Issiqxona sharoitida hech kim yaxshi rivojlanmagan. Raqobatbardosh boʻlganlar kuchaygan.

* Uzoq kelajak nima olib kelishini aytish qiyin lekin bugungi real vaziyat bizga  ushbu ittifoqqa kirish kerakligini koʻrsatayapti.

* Oʻzbekiston atrofidagi davlatlar YEOIIga aʼzo boʻlib boʻlgan. Bizning dengizga chiqish yoʻlimiz ham yoʻq, Rossiyaga bormoqchi boʻlsak ham Qozogʻistonni kesib oʻtishimiz kerak. Shuning uchun ham biz oʻrtada joylashgan boʻla turib atrofimizdagi integratsiyadan chetda qola olmaymiz.

* Oʻzbekiston manfaati albatta birinchi oʻrinda. Biz iqtisodimizni, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni 28 yil himoya qildik, lekin bu qanday natija berdi? Oʻzimiz ishlab chiqarayotgan avtomobillarni xalqimizga xorijdagidan qimmatga sotayapmiz.  Kiyib yurgan kiyim-boshining 50 % dan ortigʻi xorijda ishlab chiqilgan va ho kazo.

Xulosa qilib aytish mumkinki, 2 soatga yaqin davom etgan munozara yakunida tarozining YEOIIga qoʻshilish uchun kelitirilgan omillar solingan pallasi katta ustunlik bilan tosh bosdi desak xato boʻlmaydi. Buni ekspertlarning oʻzlari ham qayd etishdi.

Shuningdek teleekran ostida aks etib turgan sms ovoz  berishda ham 80% ovozlar YEOIIga qoʻshilish uchun 20 % esa qarshi berilgan ovozlar boʻldi.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (39)

Asosiy mavzular