09:01 18 Noyabr 2019
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10455.03
  • USD9490.77
Bankovskaya karta

Yangi qonun: bank kartasi yoʻqolsa tunu kun xabar yuborish imkoniyati taʼminlanadi

JEAN-SEBASTIEN EVRARD / AFP
Iqtisod
Havola olish
26300

Toʻlov xizmati toʻlov xizmatlaridan foydalanuvchi va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma, shu jumladan ommaviy oferta tarzidagi shartnoma asosida koʻrsatiladi.

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi Qonun prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga muvofiq, toʻlov tizimi toʻlovlarni toʻlov tizimining operatori, toʻlov tizimi ishtirokchilari va (yoki) toʻlov tashkilotlarining toʻlov tizimi operatori tomonidan belgilangan toʻlov tizimining tartib-taomillarini, infratuzilmasini va qoidalarini qoʻllash vositasida hamkorlik qilish yoʻli bilan amalga oshirishni taʼminlaydigan munosabatlar majmuidir.

Toʻlov xizmati toʻlov xizmatlaridan foydalanuvchi va toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchi oʻrtasida tuzilgan shartnoma, shu jumladan ommaviy oferta tarzidagi shartnoma asosida koʻrsatiladi.

Oʻzbekiston hududida toʻlovlar quyidagilar orqali amalga oshiriladi:

- naqd pul mablagʻlarini oʻtkazish;

- elektron pullarni oʻtkazish;

- pul mablagʻlarini toʻlov vositalaridan foydalangan holda oʻtkazish;

- pul majburiyatini yoki pul mablagʻlarini toʻlash toʻgʻrisidagi farmoyishni oʻz ichiga olgan toʻlov hujjatini berish;

- elektron toʻlov vositalaridan foydalanish.

Shuningdek, Qonunga koʻra, bank kartasining emitenti bank kartasini saqlovchini bank kartasi yoʻqolganligi va (yoki) bank kartasidan ruxsatsiz foydalanilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani tunu kun yuborish imkoniyati bilan taʼminlashi shart.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

Asosiy mavzular