11:19 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
238 0 0

Dasturlar texnik imkoniyatlarni va inson resurslarini oshirish, yadroviy infratuzilmani rivojlantirish, Oʻzbekistonda atom energiyasidan tinch foydalanish sharoitida yadro/radiatsion xavfsizlikni kuchaytirishga yoʻnaltirilgan.

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) boshqaruv kengashi Oʻzbekiston uchun toʻrtta loyihani tasdiqladi. Bu haqda Energetka vazirligi xabar qildi.

Kelishuv Oʻzbekiston va MAGATE oʻrtasidagi Texnik hamkorlik dasturi doirasida amalga oshirilgan boʻlib, ular texnik imkoniyatlarni va inson resurslarini oshirish, yadroviy infratuzilmani rivojlantirish, Oʻzbekistonda atom energiyasidan tinch foydalanish sharoitida yadro/radiatsion xavfsizlikni kuchaytirishga yoʻnaltirilgan.

Oʻzbekistonda loyiha ijrochilari “Oʻzatom”, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi, Yadro fizikasi instituti, Oʻzbekiston milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti va Toshkent shahar onkologiya dispanseri hisoblanadi.

Dastur Oʻzbekistondagi yadroviy obʼyektlarni ekspluatatsiya qilishda yadroviy va radiatsion xavfsizlikni kuchaytirish, tibbiyotda va iqtisodiyotning boshqa sohalarida zamonaviy yadro texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, yadro energetikasi toʻgʻrisidagi bilimlarni tarqatishni oʻz ichiga oladi.

“Oʻzatom” meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish borasida MAGATE bilan yanada yaqin hamkorlik qilishga umid qilmoqda. “Oʻzatom” boshqaruv organi qanchalik kuchli boʻlsa, dastur shunchalik xavfsiz va muvaffaqiyatli boʻladi deb hisoblaydi.

Rossiya Oʻzbekistonga AES qurilishi uchun kredit berishi mumkin

“Biz oʻz yadro energetika dasturimizni amalga oshirish yoʻlida MAGATE bilan yonma-yon bormoqdamiz. Eng yuqori darajadagi xavfsizlikni taʼminlash bilan birga Oʻzbekistondagi yadro energetikasi va yadro texnologiyalari sohasidagi bilimlarni takomillashtirish bizning ustuvor vazifalarimizdir”, - dedi Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari va “Oʻzatom” agentligi bosh direktori Joʻrabek Mirzamahmudov.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq agentlikning yangi bosh direktori Rafael Grossi Oʻzbekistonga atom elektr stantsiyasini qurish jarayonida koʻmaklashishn davom ettirishga tayyorligini tasdiqlagani xabar qilingan edi.

Teglar:
XAEA, AES, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular