14:46 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
73411

Rossiya tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrov Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MGIMO) Toshkentdagi filiali talabalari bilan uchrashdi.

TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Rossiya oʻzbek iqtisodiyotiga 9 milliarddan ziyod sarmoya kiritdi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrov  Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MGIMO) Toshkentdagi filiali talabalari bilan uchrashuv chogʻida maʼlum qildi. Sputnik Oʻzbekiston xabariga asosan.

“Rossiya Federatsiyadan Oʻzbekistonga kelib tushgan sarmoyalar hajmi 9 milliard dollardan oshdi”, - dedi Lavrov.

Uning soʻzlariga koʻra, hozirda respublika hududida Rossiya kapitali ishtirokidagi 1,7 mingdan ziyod korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Rossiya tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrov 15-16 yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga kelgan. U avvalroq oʻzbekistonlik hamkasbi Abdulaziz Kamilov bilan muzokaralar oʻtkazdi. Shuningdek, Lavrov Oʻzbekiston przidenti Shavkat Mirziyoyev qabulida boʻldi.

Asosiy mavzular