00:20 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Iqtisod
Havola olish
149501

Duma deputati Rossiya va Belarus orasida yagona valyuta necha yildan keyin joriy etilishiga oydinlik kiritdi.

TOSHKENT, 23 yanv – Sputnik. Rossiya va Belorussiyada yagona valyuta 2030 yildan keyin kiritiladi deb hisoblaydi, Rossiya Davlat dumasining MDH ishlari qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Viktor Vodolatskiy.

Rossiya va Belarusda yagona valyuta joriy etish bundan 20 yil oldin, 2000 yilning 26 yanvarida  imzolangan Ittifoqchilik shartnomasida aytib oʻtilgan. Bu masala uzoq vaqtdan beri muhokama qilib kelinmoqda. 2019 yil davomida Moskva ham Minsk ham yagona valyuta joriy etish tarafdori ekanliklarini bildirishdi.

“Ayni damda ushbu masalaga doir hujjatlarning 90 % imzolangan. Lekin ayrim masalalar haligacha muhokama qilinmoqda. Menimcha yagona valyuta 2030 yildan soʻng kiritilishi mumkin. kelishuvlar shunchalik sekin ketmoqda”, - dedi Vodolatskiy RIA Novostiga.

Rossiya Dumasining yana bir vakili, Xalqaro ishlar qoʻmitasi rahbari oʻrinbosari Andrey Klimov aytishiga qaraganda Rossiya va Belorussiya ittifoqi sobiq SSSR hududida tashkil etilgan eng muvaffaqiyatli uyushma. Oʻtgan yillar mobaynida ikki davlat barcha sohalarda imkon qadar yaqinlashishga muvaffaq boʻlishgan. 

"Rossiya va Belarus integratsiya jarayonini boshlagan birinchi  davlatlar boʻlgani tufayli turli qiyinchiliklarga duch kelayotgani tabiiy hol. Yagona valyuta yaratish - ana shunday qiyin masalalardan biridir. Asosiy muammo ikki davlat iqtisodining hajmi turlicha ekanligida", - deydi senator.

Klimov aytishiga qaraganda, agar Rossiya va Belarus yagona valyuta joriy etsa, ikki davlat iqtisodi masshtablarini hisobga olgan holda, ittifoq moliya tizimida Rossiyaning roli kuchayadi. Buni Minsk yaxshi tushunadi.

"Boshqa tomondan olganda, iqtisodimiz hajmi eng katta boʻla turib, rubldan boshqa yagona valyuta joriy etish - bu Rossiya moliya tizimini ushbu integratsion loyihaga "qaram" qilib qoʻyishi mumkin. Agar bizning iqtisodimiz teng hajmli boʻlganda - boshqa gap edi", - deydi senator. 

Shu bilan birga Xalqaro qoʻmita vakili, samarasiz integratsiya misoli sifatida Yevropaga qoʻshilgan ayrim sobiq SSSR respublikalarini keltirdi.

"Oʻz vaqtida Boltiqboʻyi davlatlarini Yevropaga shosha-pisha qoʻshilib oldi. Oqibatda esa, ushbu davlatlarda ishlab chiqarish kamayib ketdi, YEIdan moliyaviy yordam cheklangan miqdorda olinmoqda, ular aholisining uchdan biri ish izlab chet elga chiqib ketgan", - dedi Klimov.

Senator aytishiga qaraganda, umumiy hisobda Rossiya va Belarus integratsiyasida ijobiy tomonlar juda koʻp. Xususan, Rossiya va Belarus Ittifoqchilik shartnomasi asosida mudofaa, sanoat, tibbiyot va madaniyat va boshqa koʻplab sohalarida samarali hamkorlik qilishmoqda.

Asosiy mavzular