11:59 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
253 0 0

Oʻzbekistonda AES qurilishi va loyihalashtirish ishlari boʻyicha maslahat xizmatlari koʻrsatish hamda yadro tibbiyotini rivojlantirish sohalarida hamkorlik qilish borasida takliflar bildirildi.

TOSHKENT, 18 fev — Sputnik. Hindiston Oʻzbekistonga yadro infratuzilmani rivojlantirish borasida yaqindan hamkorlik qilishga tayyorligini maʼlum qildi. Bu haqda “Oʻzatom” matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, “Oʻzatom” delegatsiyasi Hindistonga tashrif buyurgan. Tashrif bilan AES qurilishi va ekspluatatsiyasi tajribasini oʻrganish va tegishli vazirlik va idoralar bilan atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik oʻrnatish borasida muzokaralar olib borish koʻzda tutilgan.

Safar davomida Hindiston hukumati huzuridagi Atom energiyasini rivojlantirish departamenti tizimiga kiruvchi tizimlar rahbariyati va vakillari bilan atom energetikasi boʻyicha turli yoʻnalishlarda, jumladan, kadrlar tayyorlash, Oʻzbekistonda AES qurilishi va loyihalashtirish ishlari boʻyicha maslahat xizmatlari koʻrsatish hamda yadro tibbiyotini rivojlantirish sohalarida hamkorlik qilish borasida takliflar bildirildi.

“Hindiston tomoni Oʻzbekiston Respublikasida milliy yadro infratuzilmasini rivojlantirish borasida yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanini ham maʼlum qildi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston va Qozogʻiston aholisi orasida Oʻzbekistonda AES qurilishi munosabati bilan ommaviy eshituvlar tashkil qilinishi xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular